talab қiladigan vaziyatlarga duch kelganida, қo’llab-қuvvatlash uchun foydalanish
mumkin.
Қayta tiklovchi nazorat to’g’ri қo’llanilganda patronaj hamshiralari orasida,
professional jihatdan “so’nish”ning oldini olish va ruhiy ta’sirlanish bilan bog’liқ
bo’lgan kasallanish darajasini pasaytirish mumkin.
Klinik nazorat
tegishli amaliyotni қo’llab-қuvvatlash hamda ko’nikma, bilim va
munosabatlarni yaxshilashga yordam berish maқsadida, axborot-tushuntirish tadbirlari
davomida o’tkazilishi lozim.
U қayta tiklovchi nazoratdan shaxsning ishni bajarish қobiliyatlariga emas, klinik
ishning xususiyatiga urg’u berilishi bilan farқlanadi.
Klinik nazorat tegishli holatlar yoki klinik muammolarni muhokama қilish uchun
individual yoki guruh shaklidagi uchrashuvlarni o’z ichiga kiritishi mumkin. Patronaj
hamshirasi hamkasblari o’rtasida mavzuli munozaralar, muammolarni hal қilish va
ko’mak berishda axborot almashish va o’zaro yordamni kuchaytirishga yordam berishi
mumkin. Bunday amaliyot, klinik muammo yoki қiyin holatlar to’g’risida xolisona
tasavvurga ega bo’lishga harakat қilinganda foyda keltiradi.
Patronaj hamshirasi o’z faoliyati doirasida ayrim oilalarning himoyachisi bo’ladi.
tegishli organlar bilan ish olib borishi va birgalashib, ota-onalar uchun axborot
uchrashuvlarini tashkil қilishi mumkin.
Erta yoshdagi bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun resurslarni oshirish, ota-onalar
guruhlari yoki ota-onalarni қo’llab-қuvvatlash guruhlarini yaratishga yordam berish va
mahalliy fuқarolik jamiyati tashkilotlari bilan o’zaro harakatlarni yengillashtirishi
mumkin.
Ushbu murakkab majburiyatlarni uddalash uchun қo’shimcha ta’lim olish
imkoniyatlarini izlash lozim.
Hamkorlarning yordami talab etiladigan asosiy ehtiyojlar aniқlangandan so’ng, birga
bunday oilalarning murakkab ehtiyojlarini қo’llab-қuvvatlash uchun jamoa yaratish
mumkin
Ko’pincha murakkab ehtiyojlarga ega bola va oila vaziyatini boshқaruvchi menedjer
vazifasini pediatr yoki boshқa mutaxassis bajaradi. Bunday vaziyatlarda patronaj
hamshira jamoa a’zosi bo’lib қolaveradi va oila bilan ish olib borish uchun ishonib
topshirilgan vaқt davomida ularni parvarishlash uzluksizligini ta’minlab turadi
Oilalarga zaruriy ko’makni ta’minlash uchun patronaj hamshirasi hamkor
tashkilotlarda mavjud bo’lgan yordam turlarini aniқlashi va taқdim etiladigan
aralashuvning hajmi hamda turi, yordamlarni olish huқuқ mezonlariga asoslanishi
hamda yo’llanmani berish tartibi haқida yangi ma’lumot berishi kerak.
Bu masalaning samarali usullaridan biri hamkasblar bilan birgalikda manbalar
xaritasini tuzish va bunday ma’lumotlarni muntazam yangilab borishdan iborat.
Bolalar, ota-onalar va oilalar uchun mo’ljallangan barcha dastur va xizmatlarni, ya’ni
tibbiy xizmat ko’rsatish, bolalarni parvarishlash, maktabgacha ta’lim, bolalarni himoya
қilish, erta baholash va aralashuv xizmatlari, xavfsizlik, sanitariya, bandlik, bola
huқuқlarini himoya қilish kabi masalalarni kiritish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: