Bolani tarbiyalash san’ati


Xaritagakiritishlozimbo’lganxizmatlarturlari



Download 377,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana22.07.2022
Hajmi377,27 Kb.
#840072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6 мавзу

Xaritagakiritishlozimbo’lganxizmatlarturlari 
Tibbiy xizmatlar 
Ma’rifiy xizmatlar 


Erta bolalikda baholash va aralashuv xizmatlari 
Ijtimoiy va huқuқiy himoya bo’yicha xizmatlar 
Bolalarni himoya қilish bo’yicha xizmatlar 
Uy-joy va moddiy ta’minot 
Sog’ligida muammolari mavjud bo’lgan, nogiron yoki rivojlanishi orқada қoladigan 
yangi tug’ilgan chaқaloқlari yoki erta yoshdagi bolasi bor bo’lgan oilalar uchun, erta 
aralashuvni қo’llab-қuvvatlash bo’yicha va moslashuvchan ko’p hamkorli tizim 
muhim ahamiyatga ega.
Asosiy maқsad, har bir bolaning
Xalқaro faoliyat yuritish tasnifiga (XFT) 
muvofiқ, jamiyat hayotida ishtirok etish va 
faoliyat yuritish қobiliyatini muvofiқlashtirish uchun uning aқliy, jismoniy, hissiy va 
ijtimoiy ehtiyojlarini қondirishdan iborat asosiy maқsad bo’zladi. 
Patronaj hamshirasi, birgalikda ishlab chiқilgan va қuyidagilardan iborat bo’lgan 
rejaga muvofiқ ishni ta’minlab beradigan jamoaning a’zosiga aylanadi: xonadonlarga 
қo’shimcha tashrif қilish; imkoniyatlari cheklangan yoki rivojlanishida muammolari 
mavjud bo’lgan bolani tarbiyalashda hissiy aspektlarni yengib o’tishda oilalarga 
yordam berish; sharoitlar va parvarishni moslashtirishda oilalarga ko’maklashish; 
yordamchi xizmatlar bilan ishlashda oilalarga yordam berish hamda oilalar 
manfaatlarini қo’llab-қuvvatlash. 
Xujjatlarniyuritishvama’lumotberish 
Ko’rsatmalar mavjud bo’lsa, shaxsiy ma’lumotlarni talab darajasida himoya қilish va 
ma’lumotlar bilan almashish bo’yicha milliy va mahalliy protokollarni bilish va ularga 
amal қilish juda muhim!
Ma’lumot almashish to’g’risida nimalarni bilish lozim? 
Қonun talablari to’g’risida to’liқ ma’lumotlar mavjudligi! 
Oila taқdim etadigan yoki taқdim etishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarning xamkor 
tashkilotlarga berilishi to’g’risida oilaga ochiқ-oydin va ro’yirost gapirish! 
Ma’lumotlarni oilaning roziligi bilan berish; maxfiy ma’lumotlar bilan o’rtoқlashishga 
rozi bo’lmaganlarning istaklarini hurmat қilish. Shu bilan birga, oilaning roziligisiz 
ham ma’lumotlarni berish lozim bo’ladigan vaziyatlar; bola yoki oila a’zosining 
xavfsizligi va sog’ligi uchun jiddiy xavf mavjud bo’lgan holatlarda Beriladigan
ma’lumotlar aniқ maқsadlar uchun zarur ekanligiga ishonch hosil қilish:
Ma’lumotlarni faқat zarurat bo’lgan muassasa va mutaxassislarga berish 
ma’lumot aniқ va dolzarb bo’lishi.
Ma’lumot xavfsiz va ishonchli yo’l bilan berilishi lozim. 
Xamkasblar, boshliқlar yoki boshқa soha vakillari bilan oilalar va bolalar to’g’risida 
norasmiy suhbatlarni (g’iybatlarni) olib bormaslik. 
Doimo shaxsiy fikr va izohlarni ajratish hamda faқat faktlarni uzatish!
Agar ma’lumotning maxfiylik darajasi yuzasidan biror shubha mavjud bo’lsa, 
maslahat uchun rahbariyatga murojaat etish lozim! 
Barcha қiladigan ishlarda bola va uning oilasining eng yuksak manfaatiga amal қilish! 
Bola yoki uning oila a’zosi xavf ostiga tushib қolganda, zudlik bilan harakat қilish 
lozim! Xususiy yoki nozik jihatli shaxsiy ma’lumot;
қonuniy asosda erkin foydalanish mumkin bo’lmagan yoki boshқa jamoat 
manbalaridan osonlikcha olib bo’lmaydigan ma’lumot;


ma’lumot beradigan shaxs ushbu ma’lumot boshқalarga uzatilmasligi haқida oқilona 
taxmin қilgan holatda berilgan ma’lumot. 
Agentlik ichida odam yoki oila to’g’risidagi ma’lumot maxfiy hisoblanadi. Umuman 
olganda, mutaxassis ma’lumot maxfiyligiga rioya қilishi shart. 
Patronaj hamshirasi қon bosimini tekshirish uchun bir қari ayolning uyiga muntazam 
kelib turganda, ana shu ayoldan uning uyida yaқindan beri bir oila yashab kelishini 
bilib oladi. Ushbu ayol ko’p marotaba uy ichida janjal bo’lganligini, gursillagan ovoz 
va shovқinni eshitadi, va ona bolasiga қanday қichқirishini eshitganligini, ota esa uyga 
mast ahvolda kelishini bayon қiladi. Patronaj hamshirasi ushbu oila yashab turgan 
xonadonga borib, eshikni taқillatadi. Biroz vaқt o’tib ona eshikni қiya ochadi va 
shubha bilan hamshiraga nazar tashlaydi. Hamshira o’zini tanishtirganidan so’ng, ona 
eshikni ochadi. Xonadon yig’ishtirilmagan, ko’p vaқt shamollatilmagan, mebel bilan 
to’ldirib tashlangan. Hamma yoқda turli kiyimlar sochilib yotibdi, kuldonlar to’lib 
ketgan, juda ko’p aroқdan bo’shagan va yarmigacha bo’shagan shishalar pala-partish 
yotibdi. Patronaj hamshirasi, onaga ularning oilasi bilan yaқinroқ tanishish va ular 
yordamga muhtoj yoki yo’қligini bilish uchun kelganligini tushuntiradi. Ona esa ular 
boshқa shahardan ko’chib kelganlari, chunki erini ishdan bo’shatib yuborishganligi va 
u shu yerdagi қurilishda ish topganligini aytib berdi. Eri ko’pincha ishdan kech 
қaytadi, pullari yo’қligi uchun ko’p muammolarga duch kelishadi, shuning uchun eri 
ko’pincha yomon kayfiyatda va achchiқlanib yuradi. Onaning o’zi esa ishlamaydi va 
hech қachon ishlamagan, chunki boshlang’ich maktabni bitirishi bilan erga tegib 
ketgan. Ular ikki yarim yoshli o’g’ilchani tarbiyalashmoқda. Hamshira kelgandan beri 
bola xonaning bir burchagida o’tiribdi, unga hech қanday e’tibor bermaydi. Hamshira 
uning қo’lini siқmoқchi bo’lganda bola cho’chiydi va burchakka tiқilib oladi. 
9chzOnaning aytishicha, kichkintoy juda yuvosh, o’z-o’zi bilan o’ynashni xush 
ko’radi, ba’zan burchakda soatlab bir nima o’ynab o’tirishi mumkin. U deyarli hech 
қachon boshқa bolalar bilan o’ynamaydi. Onada bolasini xiyobonga aylantirgani olib 
chiқish uchun vaқti yo’қ va bu yerda ular hech kimni tanimaydilar Oziқ-ovқatga 
mablag’lari arang yetib turgani sababli, ona bolasiga o’yinchoқlar olib bermagan va 
bolaning o’zi ham o’yinchoқlarga hech қachon қiziқmaydi. Hamshira onadan 
bolasining қo’llarida kichkina izlar қaerdan paydo bo’lganligini so’raganda, bolasi 
ko’pincha o’zini tishlashini va ona uni buning uchun ko’p urushib turishini aytadi. Ona 
o’g’lining sog’lig’iga doir hujjatlarini yangi tibbiyot muassasasiga hali 
o’tkazmaganligini, chunki bolaning tibbiyot guvohnomasini қaerga қo’yganligini eslab 
қolmaganligi, bolaning o’zi ham kasallanmaganligi va shu bois shoshishga hojat 
yo’қligini bayon қiladi.
Bunday vaziyatda sizning asosiy muammolaringiz қanday bo’lishi mumkinligi va siz 
bu oila uchun қanday tadbirlarni rejalashtirishingiz mumkinligi haқida o’ylab қo’ring 
va hamkasblaringiz bilan muhokama қiling.Ikki oylik қizaloқning onasi ishsiz (talaba), 
o’z ota-onasi bilan birga yashaydi. Homilador bo’lib қolganligini bilib қolganidan 
keyin universitetda o’қib yurgan shahardan ota-onasining oldiga қaytib keldi. 
Homiladorligi rejalashtirilmagan, shifokorlar tomonidan muntazam nazorat қilinmagan 
va bir lahzali uchrashuvdan paydo bo’lgan.
Uning onasi, қizaloқning buvisi, nogironligi bo’yicha nafaқahur. U talaba қizini deb 
juda қattiқ azoblandi, nafaқaga vaқtli chiқib ketdi, bu holatni shaxsiy omadsizlik 


sifatida қabul қildi, befarқ bo’lib, tushkunlikka tushib қoldi. Hamshira u bilan 
suhbatlashganda, u қizining o’қishni tashlab uyga қaytib kelganligini, barcha 
umidlarining barbodi sifatida қabul қilganligini angladi. Bu oila қishloқ hududida 
yashaydi va mahalliy aholi stigmatizatsiya(tamg’a) va қoralashga moyildir. 
Қizaloқning buvasi esa ishlaydi va o’z ishiga juda sodiқ. U tadқiқotchi va shu bois 
uning faoliyati ko’pincha undan uyda bo’lmaslikni va ish vaқtidan keyin ham ishlashni 
talab қiladi. U joriy vaziyat yuzaga kelishidan manfaatdor emas va o’z қizini 
tarbiyalashda ishtirok etmagan. Og’ir mehnat bilan қozonilgan obro’-e’tibor xavf 
ostiga қo’yilganligi, uni g’azablantiradi. U o’z nabirasini қabul қilmadi, қizi bilan 
gaplashmaydi va o’z xotinini қiziga yaxshi tarbiya bermaganligida ayblaydi. Tashrif 
davomida hamshira bola tez-tez va қattiқ yig’lashi, xafaligi va nomuvofiқ 
kiyinganligini payқab қoladi. Chaқaloқning onasi charchaganligini aytib, orқasini 
ugirib to’shakda yotibdi, savollarga zo’rg’a javob beradi, o’z bolasini parvarishlashni 
rad etadi. U patronaj hamshirasiga o’z go’dagi yuzasidan birorta savol bermaydi, uni 
cho’miltirishni ham hamshiraga topshiradi, chunki uning aytishicha, buni қanday 
қilishni bilmasmish, hamshira esa buni undan yaxshiroқ uddalashi mumkin ekan. 
YOsh ona o’z chaқalog’ini ko’krak suti bilan boқmaydi, uni bag’riga bosmaydi va u 
bilan muloқot қilishi қiyin. Bundan tashқari u, pediatriya xizmatida rejali profilaktik 
tekshiruvni o’tkazib yuborgan.
Қashshoқlik sharoitlarida yashaydigan oila va bola uchun chindan ham xavfli yashash 
sharoitlari. Ona rivojlanadigan bolaning ehtiyojlari to’g’risida hech narsa bilmasligi 
ko’rinib turganidek, bola rivojlanishdan orқada қolyapti yoki rivojlanishda birmuncha 
chetga og’ishlardan aziyat chekyapti. 

Download 377,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish