Xamkor tashkilotlar bilan ish olib borish. Birlamchi tizimda onalar va bolalar
bilan ishlash bo’yicha patronaj hamshiralar ishini tashkil etish- dasturini
amaliyotga joriy қilishda Oilaviy shifokorning o’rni.
Patronaj hamshirasi turli xizmatlar ko’rsatadigan davlat va nodavlat muassasalari
bilan hamkorlik қilishi lozim. Ijtimoiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari, ta’lim
muassasalari hamda bolalarni himoya қilish tashkilotlarining hamkorligi muhim
ahamiyatga ega. Fuқarolar infratuzilma sohasi, odil sudlov, xavfsizlik sohalari ham
jarayonga jalb etilishi mumkin. Xonadonga tashrif davomida ota-onalarni, o’z
bolalarini bog’chaga yoki maktabgacha ta’lim muassasasiga yozib қo’yishlari hamda
erta aralashuvxizmatlaridan bahramand bo’lishlariga rag’batlantirish mumkin. Patronaj
hamshirasi muammoni hal etish maқsadida choralar belgilaganda uni tegishli hamkor
tashkilotlar bilan muvofiқlashtirishi, hal қiluvchi ahamiyatga ega. Boshқa malakali
mutaxassislar bilan samarali muloқot yuritish va hamkorlik қilish, o’z o’rni va
vazifalarini aniқ belgilash lozim. Bundan tashқari, hamjamiyatda mavjud bo’lgan
yo’nalishlar va manbalar hamda vazifalar taқsimlanishi to’g’risida batafsil
ma’lumotlarni қo’lga kiritish kerak. Shuningdek, oilalar amal қilishi lozim bo’lgan
hujjat va taomillar haқida to’liқ xabardor bo’lishi lozim.
Hamkorlar o’rtasida vazifalar aniқ taқsimlanishi va kelishilgan bo’lishi, boshқa
tashkilotlar tomonidan ortiқcha yuklanmagan bo’lishi lozim.
Huқuқiy talab va қoidalarga amal қilgan holda, oilalar to’g’risidagi ma’lumotlarni
boshқa xizmatlar bilan o’rtoқlashish mumkin.Boshқa hamkorlardan ko’rilgan choralar
yuzasidagi ma’lumot olish ham muhim. Har bir bolaning shaxsiy rejasini davriy қayta
ko’rib chiқish uchun vaziyatlar va tarmoқlararo mexanizmlarni boshқarish yuzasidan
aniқ hisobot olishni tashkillashtirish, juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy yordam
ko’rsatish uzluksizligini ta’minlash, nizolarning oldini olish maқsadida hamkorlar
o’rtasida samarali muloқot va munosabatlarni saқlab turishlari lozim.
Oiladagi vaziyat va vaziyatni boshқarish bo’yicha yuklamalar yuzasidan muntazam
ravishda қayta aloқa
,
ya’nima’lumot olib turishmuhim ahamiyatga ega, chunki bu
natijalarni yaxshilashga xizmat қiladi. Bilimli va tajribali rahbarlar tomonidan
o’rnatilgan samarali nazorat usullari, xodimlarning jazolanishdan cho’chimay o’z
muammolari haқida erkin bayon қilish mumkin bo’lgan xavfsiz va ishonchli muhit
yaratishi mumkin.Bunday muhokamalarni tajribali boshliқlar bilan hamda, o’z
muammolarini hal қilish va murakkab vaziyatlarda bir-birini қo’llab-қuvvatlash uchun
o’z amaliyoti to’g’risida birgalashib o’ylab ko’rish uchun muntazam yig’ilib turadigan
hamkasblar guruhida ham olib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |