Bolani tarbiyalash san’ati


BIRLAMCHI TIZIMDA ONALAR VA BOLALAR BILAN ISHLASH



Download 377,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana22.07.2022
Hajmi377,27 Kb.
#840072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6 мавзу

BIRLAMCHI TIZIMDA ONALAR VA BOLALAR BILAN ISHLASH 
BO‘YICHA PATRONAJ HAMSHIRALAR ISHINI TASHKIL ETISH 
O‘QITISH NATIJA LARI 
Ushbu modul yakunlanganda quyidagilarga ega bo‘linadi: 
• ijobiy tarbiyaning asosiy jihatlarini ta’riflash; 
• mehr ko‘rsatish, so‘zlashish, kitob o‘qib berish va bolalar bilan o‘ynash bolalar 
rivojlanishi 
uchun naqadar muhimligini oilalarga tushuntirish; 
• ota-onalar bola rivojlanishining turli bosqichlarida nima qilishlari mumkinligi 
to‘g‘risida ularga muayyan takliflar berish. 
Butun dunyoda go‘daklar hamda kichik yoshdagi bolalarga mehr ko‘rsatish va 
so‘zlashish, kitob o‘qib berish, ular bilan o‘ynash, bolalarning boshqa insonlar bilan 
ijobiy munosabatlarini o‘rnatish, nutq rivojini yaxshilash, kognitiv, ijtimoiy 
ko‘nikmalarini (jamiyatdagi boshqa insonlar bilan munosabat o‘rnatish) shakllantirish 
hamda bolalarning maktabga borishga tayyor bo‘lishi va yaxshi o‘qishiga yordam 


beradigan ijrochilik funksiyalarini (o‘z-o‘zini nazorat qilish, e’tiborini jamlash 
qobiliyati va boshqalar) shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini 
tasdiqlaydigan katta hajmdagi asos va isbotlar to‘plangan. Masalan: 
• kichik yoshdagi bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradilar. Bunday ishonch 
ularga (ota-ona, parvarishni ta’minlaydigan shaxs hisoblanib, kichik yoshdagi bolalar 
o‘rtasida mehr tuyg‘ulari va ishonchli bog‘liqlik mavjud bo‘lganda) atrofdagi olamni 
o‘rganish va ta’lim olish uchun kerak; 
• ota-ona va parvarishni ta’minlovchi shaxs tomonidan og‘zaki nutq ko‘p 
yangraganida, ya’ni kattalar o‘z farzandlariga mehr bilan ularning muhitida nimalar 
bo‘layotganligini ta’riflaydigan, kitob o‘qib beradigan holatlarni yuzaga 
keltirganlarida ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar ancha ko‘proq retseptiv (nutqni 
tushunish) va ekspressiv (nutq ohangini anglash) so‘zlarni biladigan bo‘ladilar. Ikki 
yoshdagi bola nutqining yaxshi rivojlanishi, uning maktabga borishga ancha 
tez tayyor bo‘lishidan dalolat beradi; 
• ota-onalar o‘z bolalari bilan so‘zlashish va mashq qilish orqali maktabgacha yoshdagi 
bolalarining ijtimoiy xulqi yanada yaxshi rivojlanishi va ulardagi tajovuzkorlikning 
kamayishiga yordam beradilar; 
• ma’lumki, otaning o‘ta ziyrakligi, ilk yoshdanoq bola parvarishida ishtirok etishi, 
bola bilan birga o‘ynashi va savodxonlikni (matn o‘qishni) rivojlantirish bilan bog‘liq 
mashqlarni o‘tkazishi, ota va bola o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik shakllanishiga va u 
maktabda yaxshi o‘qishiga (bola matn o‘qish ko‘nikmalari, matematikani erta yoshdan 
o‘rganishi, oladigan baholari nuqtayi nazaridan) 
hamda ijrochilik funksiyalari va ijtimoiy ko‘nikmalari yaxshilanishiga yordam beradi; 
• ko‘pgina insonlarning fikricha, oiladagi kam ta’minlanganlik bolalarning rivojlanishi 
va hayotda muvaffaqiyat qozonishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim tadqiqot 
natijalariga ko‘ra, bolaning ijobiy tarbiyasi kam ta’minlanganlikning ta’siridan 
himoyalovchi to‘siqqa aylanishi mumkin. Bu ayniqsa, oilalar mavjud xizmatlar orqali, 
shu jumladan, patronaj hamshirasining xonadonga tashrif buyurishi natijasida kerakli 
ko‘mak olganlarida o‘z aksini topadi. 


O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ni (BHK) 
ratifikatsiya qilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi, bu esa 2008-yil 7-yanvardagi 139-
sonli «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda tasdiqlangan. “Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi konvensiya” (BHK) va 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ota-onalar o‘zlari qodir bo‘lgan eng 
maqbul rivojlanish negizini ta’minlash huquqi va majburiyatiga ega, ya’ni farzandiga 
mehr ko‘rsatish, u bilan so‘zlashish, birga o‘ynash va ovoz chiqarib kitob o‘qishidir. 
BHK davlatdan «bolalarni tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun 
ota-onalarga zaruriy yordam ko‘rsatish» (modda-18.2) va «ota-onalar bolalarga ilk 
yoshda ta’lim berish bo‘yicha o‘z rolini yanada chuqur anglashlari uchun barcha 
zaruriy choralarni ko‘rish, bolaga yo‘naltirilgan tarbiyalash uslublarini uning qadr-
qimmatini hurmat qilinishini rag‘batlantirish va bolaning anglash qobiliyati, o‘zini-o‘zi 
hurmat qilishi hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirishi uchun imkon 
yaratishi»ni talab qiladi. Shuningdek, 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi Qonunda yuqorida aytib o‘tilgan qoida va me’yorlar mamlakat 
qonunlarining mohiyat va me’yorlarini hisobga olgan holda ifodalanadi. Davlat 
tomonidan ota-onalar va bolalarni parvarishlashda qatnashadigan shaxslarning ularni 
tarbiyalashda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli xizmatlar tarmog‘i 
shakllantirilgan (uydagi patronaj xizmati, maktabgacha ta’lim muassasalari, xususiy 
bolalar bog‘chalari va boshqalar). 
Konvensiya hamda 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun 
«kichik yoshdagi bolalarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlardan ota-onalar rolini 
kuchaytirish va ular bilan hamkorlikda bolaning shaxsiyati, iqtidori, aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarini to‘liq hajmda rivojlantirishda otaonalar, mutaxassislar va boshqa 
tegishli shaxslar o‘rtasida faol hamkorlik yo‘li bilan yordamlarni 
rivojlantirishni talab qiladi», 29.1(a)-modda. 
Ushbu modulda shunday muayyan yordamga e’tibor qaratilganki, ularga amal qilingan 
holda xonadonlarga tashrif buyurgan vaqtda ota-onalar va bola parvarishini 
ta’minlaydigan boshqa shaxslarga tegishli yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. 


Oilalarga bolalar bilan birga o‘ynash, ular uchun eshittirib o‘qish kabi bolalar bilan 
birgalikdagi faoliyat va ular bilan muloqot qilishga asoslangan 
ijobiy o‘rgatish muhitini yaratishga yordam berish mumkin. Buning yordamida bola va 
ota-ona yoki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
mustahkamlash mumkin. 
Xonadonga borilganda ota-onalar va bolani parvarishlaydigan boshqa shaxslarga bola 
bilan o‘zaro munosabatlar sezgirlik, hurmat va bolaning muloqot qilishga intilishini 
ma’qullashga asoslanganda, bolaning o‘qishi va rivojlanishi uchun poydevor 
shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi. 
Shuningdek, xonadonlarga kirganda kun davomida bolani parvarishlashi mumkin 
bo‘lgan boshqa oila a’zolarini, masalan, buvi va bobolar, katta aka hamda opalar 
aniqlanadi. Ularning barchasi bola bilan so‘zlashib, u bilan o‘ynab va kitob o‘qib berib 
bolaning samarali rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ota-onalar bu insonlar 
bolaning rivojiga ijobiy hissa qo‘shishlari mumkinligidan xabardor 
bo‘ladilar va ularga taqdim etilgan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar. 
Ushbu mavzu patronaj hamshiralarga oilalar bilan ish olib borishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Xususan, patronaj hamshira xonadonlarga borganda ota-onalar va bola parvarishini 
ta’minlaydigan shaxslarning kichik yoshdagi bolalar harakatlariga qanchalik sezgirligi 
va bunga xayrixohligi yoki ularga yordam berish talab etilishi ehtimolini kuzatadilar. 
Ayni paytda patronaj hamshira go‘daklari bor xonadonlarga ilk marta tashrifi chog‘ida 
bolalar naqadar dilkashligi va hozirjavobligini otaonalar 
va bolani parvarishlaydigan shaxslarga namoyish qilishi mumkin. Shuningdek, ota-
onalar va parvarishni ta’minlaydigan shaxslar go‘dak bilan muloqot qilishi, uni 
tarbiyalashi va u bilan birga o‘ynashiga boshidanoq yordam berishi ham muhimdir. 
Modulda ifodalangani kabi, ijobiy o‘zaro munosabatlarda qatnashish mehribonlik 
munosabatlarini rivojlantirish uchun asos bo‘ladi hamda kognitiv va ijtimoiy-hissiy 
rivojlanish uchun zamin yaratadi. 


Patronaj hamshiraning vazifasi ota-onalar va parvarishni ta’minlaydigan shaxslarning 
ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning madaniy qadriyatlarini hurmat qilishdan 
iborat. 
Ota-onalar va parvarishni ta’minlovchi shaxslar o‘zaro muloqot va birgalikda o‘ynash 
borasidagi ijobiy ko‘nikmalarini yanada oshirib, o‘z bolalarini parvarishlash 
qobiliyatlariga ishonadilar, shu yo‘sinda ijobiy munosabatlarni rivojlantirib, bola 
tarbiyasiga daxldorlikni sezadilar, ayni paytda, 
bolalar rivojlanishi va o‘rganishiga yordam beradilar. 

Download 377,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish