Bolani tarbiyalash san’ati


Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ijobiy munosabatlarning



Download 377,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana22.07.2022
Hajmi377,27 Kb.
#840072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6 мавзу

Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ijobiy munosabatlarning 
tamoyillari 
Ushbu bo‘limda kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o‘zaro munosabatlar ijobiy 
bo‘lishiga qanday erishish izohlab berilgan. Birinchi beshta tamoyil ham go‘daklar 
bilan o‘zaro munosabatda qo‘llanilishi mumkin: go‘daklarga nisbatan ijobiy 
hissiyotlar va mehrni namoyon qilish, birga o‘ynash, tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash, e’tiborlarini jamlash, atrofdagi olamni tushunish qobiliyatlarini 
rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega. 
1.
 
Bolaga nisbatan ijobiy hissiyotlar va mehrni namoyon qilish 
Bolaga nisbatan ota-onalar va parvarishni ta’minlovchi shaxslar tomonidan ijobiy 
munosabatlarni rivojlantirish uchun eng muhim harakat va ko‘nikmalar ta’riflab 
berilgan ko‘pgina manbalar mavjud. Xususan, ilk farzand ko‘rgan ota-onalarda uni 
parvarishlash va tarbiyalash bo‘yicha yetarli tajriba bo‘lmaydi, shu bois ular bunday 
ma’lumotlarga muhtoj bo‘ladilar. Ko‘pincha, shunday vaziyat yuzaga 
keladiki, har xil ma’lumotlar, ota-onalarga qo‘yiladigan talab va vazifalarning ko‘pligi 
ularni chalg‘itib qo‘yadi, shunday holatlarda oilalarda bolani parvarishlash va 
tarbiyalash bo‘yicha muammolar yuzaga kelib, ularni ota-onalarda bolaga nisbatan 
ijobiy munosabatni rivojlantirish yo‘li bilan hal qilish mumkin bo‘ladi. 
Mazkur holatda bolaga ijobiy hissiyotlar va mehrni namoyon qilish orqali ijobiy 
munosabatlarni shakllantirish mumkin. Bolalar o‘zlarini xavfsiz his etishlari uchun 
ularga mehr ko‘rsatish, ya’ni quchoqlash, silash, quvonch va ishtiyoq bilan 


g‘amxo‘rlik hamda e’tiborni ko‘rsatish lozim. Hatto hali juda kichkina go‘daklar ham 
kattalar ular bilan so‘zlashganda ovozning ohangidan, ota-ona va parvarishni 
ta’minlovchi shaxsning xatti-harakatlari va chehrasining ifodasidan mehr hamda 
1.
yoqtirmaslik, quvonch va g‘amginlikni payqab, tushunib oladilar. 
Mehrni namoyon qilishning ko‘pgina usullari mavjud va bolaning yoshiga qarab ular 
o‘zgarishi mumkin: 
• birgalikda jilmayish va kulish; 
• silash, quchoqlash, erkalatish, uqalash va bola bilan ijobiy jismoniy aloqa qilishning 
boshqa shakllari; 
• birgalikda quvnoq hazil qilish va hazil o‘yinlar o‘ynash; 
• iliq va mehrli ohangda so‘zlashish; 
• vaziyat joiz bo‘lganda bolaga «Seni yaxshi ko‘raman» deb aytish. 
Yuqorida aytib o‘tilgan usullarda mehr va samimiylik namoyon qilinganda ota-onalar 
va parvarishni ta’minlovchi shaxslar, go‘daklar hamda bolalarda yaqinlik hissini va 
ular ota-onalarining himoyasida ekanligi,shuningdek, o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini 
rivojlantiradi, bu esa bola rivojlanishi uchun juda muhim, chunki ularning 
rivojlanishidagi nuqsonlar va salomatligini izdan chiqishi, ko‘pincha, bolaning 
1.
hissiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Hatto bola tug‘ilganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmay ko‘z aloqasi, jilmayish va ishora 
qilish, quvonchni ifodalash orqali go‘dak bilan «muloqot» yuritish mumkin. Ota-ona 
yoki parvarishni ta’minlovchi 
1.
shaxs bolaning xatti-harakatlariga ijobiy fikr bildirganda bola quvnoq shovqin 
bilan «javob» beradi. 
Odatda, kattalar bolaning yuz ifodasi va chiqaradigan shovqiniga taqlid qilib, u bilan 
muloqot qilishni boshlaydi. Ma’lum vaqt o‘tib, bola rag‘batlantirilsa, u eshitgan ovozni 
qaytarish yoki yuz ifodasini o‘xshatish orqali javob berishga harakat qiladi va shu 
asnoda ilk «muloqot» boshlanadi. Ushbu «muloqot» bolalarning ota-onalari bilan 
kelgusidagi munosabatlari va bola nutqini rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Barcha bolalar ularni otasi ham, onasi ham erkalashlariga, quchoqlashlariga, mehr 


ko‘rsatishlariga muhtoj bo‘ladilar. Taktil aloqa (silash, quchoqlash va boshqalar) ham 
o‘g‘il, ham qiz bolalar uchun muhimdir, ota va ona esa teng darajada mehr va 
samimiylik namoyon qilishlari 
lozim. 
1.

Download 377,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish