Bolani tarbiyalash san’ati


OTALARNING FARZANDLARGA TA’SIRI



Download 377,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana22.07.2022
Hajmi377,27 Kb.
#840072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6 мавзу

OTALARNING FARZANDLARGA TA’SIRI 
Va aksincha, farzandlari bilan unchalik qiziqmaydigan otalar, ularga salbiy ta’sir 
ko’rsatadilar: 
bolalar maktabda yomon o’qishlari ehtimoli yuqoriroq bo’ladi. 
Badjahl yoki qattiqqo’l bo’lgan va yoki ularga yo onalariga shafqatsiz munosabatda 
bo’luvchi otalar farzandlariga katta zarar yetkazadilar. 
Patronaj xodimida badjahl yoki qattiqqo’l otalarga e’tibor bermaslik ishtiyoqi kuchli 
bo’lishi mumkin. Ammo, masalaga bu tarzda yondoshish xatodir. Bunday erkaklarni 
bolalar bilan ishlashga ayniqsa ko’p jalb qilish va ularning oldilariga turli vazifalar 
qo’yish lozimdir. 
bolalar maktabda yomon o’qishlari ehtimoli yuqoriroq bo’ladi. 
Badjahl yoki qattiqqo’l bo’lgan va yoki ularga yo onalariga shafqatsiz munosabatda 
bo’luvchi otalar farzandlariga katta zarar yetkazadilar. 
Patronaj xodimida badjahl yoki qattiqqo’l otalarga e’tibor bermaslik ishtiyoqi kuchli 
bo’lishi mumkin. Ammo, masalaga bu tarzda yondoshish xatodir. Bunday erkaklarni 
bolalar bilan ishlashga ayniqsa ko’p jalb qilish va ularning oldilariga turli vazifalar 
qo’yish lozimdir. 
Otani bola bir oylik bo’lganidan boshlab va undan keyin yuqori sifatli 
(xushyorG’qo’llab-quvvatlovchi) va salmoqli darajada jalb qilish chaqaloqlar va 
kichik yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida keng ko’lamli ijobiy natijalarga, shu 
jumladan, 12 oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan davrda aqliy rivojlanish koeffitsientining 
nisbatan yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. 


Farzandlarning muvaffaqqiyati otalar va onalarning bolani rivojlantirish bo’yicha uyda 
mashg’ulotlar o’tkazishiga bog’liq. 
Xuddi onalarda bo’lgani kabi otalar ham agar qonaqarsiz nutqiy ko’nikmalarga ega 
bo’lsalar yoki savodxonlik darajalari past bo’lsa, o’z farzandlari savodxon bo’lishiga 
intilishlari barobarida o’zlari ham bilimlarini oshirish uchun qo’shimcha turtkiga ega 
bo’ladilar. 
Ota-onalarning o’z ota-onalik majburiyatlarini bajarish usullari nafaqat chaqaloq va 
kichik yoshdagi bolalarning ravnaqi, balki uning aqliy rivojlanishiga ham ta’sir 
ko’rsatadi. 
Ota va ona tomonidan bolaga nisbatan yuqori darajada hushyorlik (g’amxo’rlik) kichik 
yoshdagi bolalarning “bolalar muassasasiga tayyorligi” darajasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Otalar va onalarda bunday hushyorlikni rivojlantirishning eng optimal usuli – ularga 
chaqaloqlari berayotgan belgilarga qanday munosabat bildirish hamda juda kichik 
yoshdagi bolalar bilan qanday qilib sifatli o’zaro munosabatni shakllantirishni 
o’rgatishdan iborat. 
Otalar va onalarni o’qitish hamda ular rivojlanishda ortda qolayotgan yoki maxsus 
ehtiyojlarga ega chaqaloqlari va kattaroq yoshdagi farzandlari bilan muntazam 
ravishda shug’ullanishlarga undash juda muhim ahamiyatga ega bo’lishi va nafaqat 
bolalar va otalar uchun, ayni chog’da onalar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. 
Bolalar hayotida otalar tomonidan zo’ravonlikni kamaytirish 
Albatta, erkaklarning xulqi shirraki va beshafqat bo’ladigan bo’lsa, oila a’zolarining 
xavfsizligi bevosita tahlika ostida bo’ladi. 
Bolalar himoyasi xususida gap ketganida, ko’pchilik erkaklar mutaxassislar ongiga
faqat qaltis vaziyatlardagina “uchib kiradilar”. 
Vaholanki, otalar bilan 
eng boshidan 
ish olib boriladigan bo’lsa 
(buni aynan patronaj xodimlar ajoyib uddalashlari mumkin), tahlikalarni yaxshiroq
baholash va boshqarish ehtimoli yuqori bo’ladi va bu esa ehtimoliy zararlarni 
kamaytiradi. 
Otalar bilan dastlabki bosqichlarda, ya’ni tang holat yuzaga kelgunga qadar ish 
boshlansa, ularga otalik majburiyatini bajarishning kerakli usulni egallashda 
yordam berishni yengillashtiradi va natijada bu tang vaziyatlar yuzaga 
kelishining oldini olishga sabab bo’lishi mumkin. 
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, o’zlarining noqonuniy harakatlari uchun 
javob 
berishga to’g’ri kelishi 
hamda 
diqqat
-
e’tiborni ularning ota sifatidagi maqomlariga 
qaratilishi
xulqini o’zgartirishi uchun kuchli rag’batlantiruvchi omil bo’lishi mumkin. 
Kuch ishlatishga moyil bo’lgan erkaklar zimmasiga o’z harakatlari va mazkur 
harakatlarning farzandlariga ta’siri uchun barcha mas’uliyatni yuklash barcha oila 
uchun yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. 


Ma’lumki, ba’zi hollarda farzandlar o’z otalarini umuman ko’rmasliklari afzal bo’ladi, 
ammo bunday yechim juda kam holatlarda yagona to’g’ri yo’l bo’ladi. Ko’pchilik 
farzandlar baribir u to’g’risida o’ylaydilar va qayg’uradilar va bunda u to’g’risida 
vahshiy yoki eng yaxshi inson sifatida o’ylaydilar va yoki yonlarida uning yo’qligida 
o’zlarini ayblaydilar. Oilaning ota bilan ayrilib ketishi u bilan muloqotga chek 
qo’yilishini anglatmaydi. Bundan tashqari, zo’ravonlik qilishga moyil erkak oilani tark 
etganida odatda u o’z farzandlari bilan yoki o’gay farzandlar bilan o’zaro 
munosabatlarni davom ettiradi. 
Bolalar hayotida otalar tomonidan zo’ravonlikni kamaytirish 
AQSh, Nyu-York shtatining Buffalo shahrida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning onalari 
va otalariga bolalarni silkish xavfli ekanligi to’g’risida ma’lumot tarqatilgan va ularga 
bolalarga qanday munosabatda bo’lish (masalan, bolaning doimiy yig’lashi 
muammosini qanday qilib xavfsiz yo’l bilan hal qilish) to’g’risida yozma materiallar, 
o’rgatuvchi plakatlar va video-lavhalar taqdim etilgan. 
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish 
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi, 
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida 
“majburiyat”ni imzolaganlar. 
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish 
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi, 
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida 
“majburiyat”ni imzolaganlar. 
Ko’plab patronaj xizmat xodimlari, shuningdek ular ish olib borayotgan otalar va 
onalar uchun onalik “oltin standart” sanalib, u bilan otalarni solishtiradilar, va odatda 
otalar bu standartlarga javob berolmaydilar. Jamiyatda otalarning bolani parvarishlashi 
xususida noto’g’ri fikrlar o’rnashib qolgan. Bunday fikrlar asosan qabul qilinadi. 
Masalan, “o’z tabiatiga ko’ra” otalar chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga xuddi 
onalarchalik qaray olmaydilar degan tushuncha mavjud. Olib borilgan nazariy 
tadqiqotlar natijasida chaqaloqlarga hushyor qarash borasida jinslar o’rtasida sezilarli 
darajadagi biologik asoslangan farq aniqlanmagan (tanishish uchun quyidagi maqolaga 
qarang Lamb et al, 1987). “G’amxo’rlik garmonlari” darajasi farzandlari tug’ilguniga 
qadar “chaqaloq stimuli”ta’sirida bo’lgan va undan keyin farzandlari bilan bevosita 
muloqtda bo’lgan ayollarda ham erkaklarda ham bir xil ekan (Feldman et al, 2010).
Bundan ko’rinib turibdiki, otalarning e’tiborliligi chaqaloqlarini parvarishlash 
bo’yicha o’z zimmalariga qay darajada mas’uliyat olganliklaridan kelib chiqqan holda 
turlicha bo’lishi mumkin ekan. 

Download 377,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish