Vestibular soha: 1) orqa miya; 2) miyacha; 3) ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrolari; 4) vegetativ markaz yadrolari; 5) bosh miya po‘stlog‘i bilan bog‘langan. Chig‘anoq yo‘llari nervlar o‘tuvchi kanallar bilan teshilgan suyak o‘zagi atroflga o‘ralgandir, bu o‘zak gorizontal yotadigan duk deb ataladi.
Quloq-fiziologiyasi Eshitish analizatori fiziologiyasi – tashqi quloqdan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘ida tugaydigan bir butun sistemadir. Bu sistemalarning har biri ma’lum bir funksiyaga ega bo‘lib, uning buzilishi eshitishni qisman yoki to‘la yo‘qolishiga olib keladi. Eshituv analizatorining adekvat ta’sirlovchisi tovushdir. Quloq suprasi tovushning yo‘nalishini aniqlashda qatnashadi. Uning shakli va eshitish yo‘llarining tuzilishi tovush to‘lqini bosimining ortishini ta’minlaydi.
O‘rta quloq tizimi tovush to‘lqinlarini to‘liqligicha ichki quloqqa yetkazilishini ta’minlashga mo‘ljalangan. Bu jarayon o‘rta quloqda mavjud bo‘lgan «mexanizmlar» yordamida amalga oshiriladi. Nog‘ora parda, tovush kuchi va tovush to‘lqini bosimini labirint dahliziga uzatadi. Eshituv suyakchalarining zanjiri ikkita – antagonist mushaklar bilan bog‘langandir. Shuning uchun uzangida tovush to‘lqinining bosimi ortib, natijada nog‘ora parda va labirint dahlizi bilan kontakt hosil bo‘ladi
O‘rta quloq tizimi tovush to‘lqinlarini to‘liqligicha ichki quloqqa yetkazilishini ta’minlashga mo‘ljalangan. Bu jarayon o‘rta quloqda mavjud bo‘lgan «mexanizmlar» yordamida amalga oshiriladi. Nog‘ora parda, tovush kuchi va tovush to‘lqini bosimini labirint dahliziga uzatadi. Eshituv suyakchalarining zanjiri ikkita – antagonist mushaklar bilan bog‘langandir. Shuning uchun uzangida tovush to‘lqinining bosimi ortib, natijada nog‘ora parda va labirint dahlizi bilan kontakt hosil bo‘ladi. Odamning qulog‘i tashqi muhitdan 16 dan 22000 Gs gacha tebranadigan tovushlarni qabul qiladi. Eshitish qobiliyati odamlarda 20–30 yoshlarda eng yuqori nuqtaga yetadi. Odamlarda mazkur qobiliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishini ta’riflovchi ko‘p nazariyalar mavjud. Masalan 1868-yilda nashr etilgan Gelmgolsning rezonans nazariyasi, P.Lazarevning (1925-y.) ion nazariyasi, Bekoshning (1960-y.) gidravlik nazariyasi va hokazolar. Tovush tebranishlarining minimal energiyasi eshitiladigan tovushni sezishga olib keladi, bu – tovushni eshitish bo‘sag‘asi deyiladi. Tovushning o‘lchov birligi detsibel (dB)dir. Eshituv analizatorining muhim xususiylaridan biri tovush manbayining qayerdaligini aniqlash qobiliyati bo‘lib, bu ototopika deyiladi. Ototopika ikkala quloq faqat normal eshitgandagina, ya’ni yaxshi binoural eshitgandagina yuzaga chiqadi.Eshituv analizatorining periferik qismi ikkita asosiy funksiyani bajaradi: 1) tovushni o‘tkazish, ya’ni tovush energiyasini retseptor apparatiga tashib berish, bu ko‘pincha mexanik (fizik) funksiyadir; 2) tovushni qabul qilish,tovush tebranishlari fizik energiyasining periferik retseptorlar – spiral (Kortiy) a’zoning nerv qo‘zg‘alishlariga (elektropotensiallarga) aylanishi (transformatsiya), bu keyin miya po‘stlog‘iga uzatiladi.Ana shu funksiyaga muvofiq tovushni o‘tkazuvchi va tovushni qabul qiluvchi apparatlar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |