Bolalar rivojlanishidagi nuksonlarning klinik asoslari



Download 2,24 Mb.
bet10/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#535756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
Difektalogiya

Otoskopiya – bu tashqi eshituv yo‘lini va nog‘ora pardasini ko‘zdan kechirish. Otoskopiyani o‘tkazishda peshona reflektori va quloq voronkasi, maxsus asbob – otoskopdan foydalaniladi. Otoskopiyani o‘tkazishda chap ko‘z bilan reflektor teshigidan qaraladi. Yorug‘lik bemorning o‘ng tomonidan tushishi kerak. Quloq voronkasini kiritishdan oldin tashqi eshituv yo‘lining kirish qismi ko‘zdan kechiriladi va uning kengligi aniqlanadi. Quloq voronkasining kengaygan qismini bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq bilan ushlab turiladi. Uni nozik aylanma harakatlar bilan asta-sekin eshituv yo‘liga 1–1,25 sm ichkariga, imkon boricha suyak qismiga tekkizmay kiritiladi. Eshituv yo‘lini to‘g‘rilash uchun quloq suprasini yuqoriga va orqaga, yosh bolalarda pastga va orqaga cho‘ziladi. Normal nog‘ora pardasi kulrang-sadaf rangli oval shaklida bo‘ladi. Quloq pardasining oldingi yuqori qismida tog‘nog‘ich boshidek keladigan sarg‘imtir oq bo‘lmasi – bolg‘achaning kalta o‘sig‘i bo‘ladi. Undan oldingi va orqa tomonga kulrang oq ikkita yo‘l– oldingi va orqa burma ketadi.
Bular quloq pardasining – yuqori qismi (Shrapnell pardasi – pars Shrapnelli) tarang tortilgan pastki qismi (pars tensa) dan ajratib turadi. Kalta o‘siqdan pastga va orqaroqqa bo‘rtib tushgan bo‘rtma bolg‘acha dastasi bo‘lib u o‘zining kengaygan pastki uchi bilan quloq pardasining markazida turadi. Bu joy kindik (umbo) deb ataladi. Quloq pardasi nog‘ora bo‘shlig‘i bilan chambarchas bog‘langan, shunga ko‘ra u o‘rta quloq kasalliklarida o‘rta quloqning holatini aks ettiradi. Pardaning rangi o‘zgargan, masalan qizargan bo‘lsa, bu – o‘rta quloq yallig‘langanidan darak beradi. Quloq pardasining harakatchanligini pnevmatik voronka yordamida aniqlanadi. Voronkaning kengaygan uchi lupa bilan germetik berkitilgan bo‘lib, yonida esa rezina ballon bilan tutashadigan naychasi bor. Bu voronkani eshituv yo‘liga zich qilib qo‘yiladi va rezina ballondan goh havo yuborib, goh tortib quloq pardasini tebrantirish va uni lupa orqali kuzatish mumkin). Otoskopiyada kasal-langan quloqni sog‘i bilan taqqoslash uchun tekshirishni sog‘lom quloqdan boshlanadi

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish