3 0 3
„O‘tda kuydi qanotim andak.
Yordam etgin, doktor Voyjonim,
Og‘ir kuygan jajji qanotim!“
Doktor Voyjonimning kapalakka rahmi kelib ketdi. U ikki
barmog‘i bilan uni ko‘tarib olib kaftiga qo‘ydi-da, kuygan qanotini
sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Keyin kuldi-da, kapalakka dedi:
„Xafa bo‘lma, kapalak!
Yonboshlab yot sen andak.
Men ulayin boshqasin,
Ipakli zangorisin,
Yaxshisin!“
Shunday
deb turib, doktor yonidagi uyga kirdi-da, u yerdan
bir quchoq baxmal, atlas, batis, shohi qiyqimlarini olib chiqdi.
Qiyqimlar rang-barang: zangori, ko‘k,qora edi. Doktor ularni rosa
titkiladi-da, oxirida bittasini — xol-xolli, och ko‘kish tuslisini tanlab
oldi. Keyin, shu ondayoq uni qaychi bilan qiyib,
ajoyib qanotcha
bichdi, bu qanotcha kapalakning ko‘nglidagidek bo‘lib chiqdi.
Kapalak kuldi shodon,
Uchdi chamanzor tomon.
U bilan ninachilar,
Kapalaklar uchishar,
Shunda quvnoq Voyjonim,
Oynadan der: „Xo‘p, jonim,
Mayli quvnab o‘ynagin!
Ammo o‘tda kuymagin!“
Doktor mana shu alfozda o‘z kasallari bilan qorong‘i tushguncha
ovora bo‘ldi.
Kechasi u divanga cho‘zildi-da, shirin uyquga ketdi, tushiga
nuqul
oq ayiqlar, kiyiklar, morjlar kirdi.
Qo‘qqisdan yana birov uning eshigini taqillatdi.
TIMSOH
Doktor turgan shaharda sirk bor edi, sirkda esa kattakon Timsoh
yashardi. Uni pul olib odamlarga ko‘rsatar edilar.
Kunlarning birida Timsohning tishi og‘rib qoldi, u davolanish
uchun doktor Voyjonimning oldiga keldi. Doktor unga ajoyib
doridan beruvdi, tish og‘rig‘i bosildi.
— Sizda qanday yaxshi-ya! — dedi Timsoh, har tomonga
qarab, og‘zining so‘lagi oqib. —
Sizning qanchadan-qancha
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 0 4
quyonlaringiz, qush va sichqonlaringiz bor-a! Tag‘in ularning
hammasi semiz, mazali! Siznikida butun umr qolay, ruxsat bering.
Men qaytib sirkdagi xo‘jayinimga borishni istamayman. U meni
yomon boqadi, uradi, koyiydi, xafa qiladi.
— Qola qol! — dedi doktor, — marhamat! Lekin shuni bilib
qo‘y: agarda sen bironta quyonimni yoki bironta chumchug‘imni
yeb qo‘yar ekansan, seni bu yerdan quvib yuboraman.
— Bo‘pti! — dedi Timsoh xo‘rsinib. — Va’da beramanki,
doktor, men quyonlaringizni ham,
qushlaringizni ham, sichqon-
laringizni ham yemayman.
Shunday qilib, Timsoh doktornikida yashay boshladi.
U juda yuvosh edi. Hech kimga tegmas, o‘z biligicha karavot
tagida yotardi-da, nuqul uzoq yurtda, issiq Afrikada yashayotgan
aka-ukalarini, opa-singillarini o‘ylar edi.
Doktor Timsohni yaxshi ko‘rib, u bilan tez-tez so‘zlashadigan
bo‘ldi. Biroq yovuz Varvara Timsohni ko‘rgani ko‘zi yo‘q, uni
haydab yuborish uchun doktorga tiqilinch qilgani-qilgan edi.
— Uni ko‘rgim ham kelmaydi! — deb qichqiribdi Varvara. U
o‘lgudek jirkanch, sertish.
Nimaga tegsa, o‘shani buzib, ishdan
chiqaradi. Kecha deraza oldida yotgan ko‘k yubkamni yeb qo‘yibdi.
— Yaxshi qipti-da, — dedi doktor. Yubkani shkaf ichiga be-
kitib qo‘yish kerak, deraza oldiga tashlab qo‘yganning jazosi shu.
— Shu jirkanch Timsoh bor uchun, — deb davom etdi
Varvara, — ko‘p odamlar biznikiga kelgani qo‘rqadilar. Yolg‘iz
kambag‘allargina kelishadi, sen bo‘lsang ulardan haq olmaysan,
shuning uchun mana, shunchalik kambag‘allashib
qoldikki, non
sotib olgani ham pulimiz yo‘q.
— Menga pul kerak emas, — deb javob berdi doktor Voyjonim.
— Pulim bo‘lmasa ham, ishim yirik. Hayvonlar meni ham, seni
ham boqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: