Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

MAZAY BOBO VA QUYONLAR
1
Avgust edi, „Malix Vejey“ yonida man
Qush ovlardim keksa Mazay bobo bilan.
Birdan jimlik cho‘kdi qishloq atrofida,
Quyosh qoldi qora bulut girdobida.
Uncha qalin emas edi bulut qurg‘ur,
Lekin birdan sharros quyib berdi yomg‘ir.
Shaffof yomg‘ir, to‘g‘ri yerga sanchilardi,
Yerni boplab po‘lat simdek qamchilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 8 8
Ikki ovchi shiddat bilan tez yugurdik,
Qandaydir bir ombor ichra qochib kirdik.
Mazay bobo hikoyasin boshlay, keling,
Ey, bolalar, diqqat bilan quloq bering.
Har yoz uning mehmoniman hafta bo‘yi,
Menga juda yoqib qolgan uning uyi.
Ajoyib bir hovlisi bor, behad dilbar,
Uni bezab turar turli pechak gullar.
Mana shunday tovlanadi bo‘lib ko‘rkam,
Baland ustun uzra turar uylari ham.
(Bu yerlarni suv bosadi bahor chog‘i,
Ariqlari to‘lib oqar bahor chog‘i.
Venetsiyadek suvda suzar qishlog‘i).
Shuning uchun Mazay bobo, gapning chini:
Joni-tani bilan sevar qishlog‘ini.
Farzandi yo‘q: nevarasi bilan yashar,
Zerikadi, yakkaboshlik qilib asar.
Qirq tosh kelar bir shahar bor, unga har choq,
Hech gap emas to‘g‘ri o‘rmon kesib chiqmoq.
— Ko‘cha emas, — deydi Mazay bobo,  — o‘rmon,
Unda yashar faqatgina qush-u hayvon.
— Xo‘sh, jinlar-chi? Ishonmayman butun kecha,
Uchratmadim kutib, hatto azongacha.
Lekin yaxshi: savatingni to‘ldirasan,
Ham o‘zingni malinaga to‘ydirasan¾
Unda qushlar sayraydiki, ehe¾ qanday,
Bamisoli bo‘sh bog‘chada kuylaganday.
O‘tkir muguz, olov ko‘zli boyo‘g‘li ham —
„Hu-hu“ laydi; tunga borib topar barham.
Lekin o‘rmon tunda juda vahimadir,
Man o‘zim ham qo‘rqqan edim, bo‘lay iqror.
Shunday jimlik, zo‘r vahima kasb etadi,
Bo‘m-bo‘sh qolgan butxonani eslatadi.
Qarag‘aylar g‘ijirlaydi unda-bunda,
Qari kampir alahlagan kabi tunda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 8 9
Mazay ovsiz o‘tkazmaydi bir kunni ham,
Yashasa-chi endi tinib-tinchib beg‘am.
Ko‘zi xira tortib qolgan, otar arang,
Ba’zan tegmas nishoniga, bo‘lur garang.
Achchiqlanmas Mazay bobo asti bundan,
Lekin quyon qochib qolar ildam undan.
Niqtab qolar barmog‘ini u tomonga:
„Hap sanimi, to‘xtab turgin!“ — deb quyonga.
Mashhur qishloq ovchilari tasvir etgan,
Ertaklarga uning boshi to‘lib ketgan.
Sindirgandan beri miltiq tepkisini,
Olib yurar Kuzya gugurt qutisini.
U karqurni aldab-suldab,
O‘qdoniga gugurt joylab otar boplab!
Hayvonlarni ov qiluvchi boshqa birov,
Bir dekchada olib yurar ko‘mir-olov.
— Nega kerak, olov desam, ovda senga?
— Qo‘l sovuqqa chidamaydi, — deydi, menga.
Agar quyon ko‘rib qolsam o‘sha zamon,
Qurolimni qo‘yib asta chekka tomon.
Isitaman qo‘llarimni, — deydi qurg‘ur,
So‘ng ularni ag‘daraman, — deydi bir-bir.
„Mana senga, ovchi!“ — deydi bizning Mazay,
Men ham qotib-qotib kulib qildim maza.
Mana shunday dehqonlarning latifasi,
(Dvoryanlar cho‘pchagidan kammi, nesi?)
Men Mazaydan hikoyalar ko‘p eshitdim,
Sizlar uchun shundan faqat birin bitdim.
I I
Ko‘p ezmalik qildi Mazay bu omborda:
„Bizning kichik, pastqamgina botqoqzorda
Besh hissa ko‘p bo‘lar edi turli qushlar:
Tutmasalar edi ularni to‘r bilan,
Ezmasalar edi ularni zo‘r bilan;
Quyonlar-chi? Ularni ham¾ rahming kelar.
19 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 9 0
Erta bahor toshqinlari boshlangan dam,
Yuzlab halok bo‘ladilar buningsiz ham.
Yo‘q! Bu ham kam! Quvlab qolar qishloqilar,
Tutar, urar changal bilan ham g‘arq qilar.
Noinsoflar!
Men bir kuni o‘tin uchun
Qayiq bilan borar edim.
Talay-talay quyon oqib kelar edi.
Yo‘l-yo‘lakay —
Tutib bordim. Suv ko‘payib borar butun.
Bir orolcha ko‘rib qoldim. Unda ancha
Quyonchalar turishardi uymalashib,
Bechoralar sari daryo har daqiqa
Ko‘tarilib borar edi haddan oshib.
Suv bosishga qolgan jinday joy, atigi
Bir gaz eni, bir sarjincha uzunligi¾
Yetib bordim, qocholmasdan quloqlarin —
Silkitardi, tutib oldim shunda birin.
Buyruq berdim hammasiga: hatlang, qani!
Hatladilar quyonlarim, yaxshi juda!
Joylashdi-yu quyonchalar komandasi,
Orolcha ham qolib ketdi suv ostida.
„Ko‘rdingizmi!“ dedim, „Men-la hazillashmang!
Chiqmang Mazay aytganidan ham adashmang!“
Daryoda jim suzar edik, suhbat shirin,
To‘ngak uzra ko‘rib qoldim tag‘in birin
Og‘irligi tushmas, deya solib oldim.
Endi eshkak urganimda olg‘a tomon,
Ko‘rib qoldim: butazorda ona quyon
Arang turar, boy xotinday seppa-semiz,
Kamzulimga o‘rab oldim uni ham tez.
Dir-dir titrar¾ Kun ham endi botib borar,
Mana, sershox bir yog‘och ham oqib borar.
Unda suzib ketishardi oqim tomon.
Jonlarini saqlab qolgan o‘nta quyon.
Qimirlamay yotar biri, biri tikka,
Ham o‘tirib olgan biri, quloq dikka.
„Sizlarni ham olardim-u, esiz-esiz,
G‘arq etasiz qayig‘imni, siz shubhasiz!“
Ammo — yana rahmim kelib, unga asta
Yaqinlashdim, eshkak bilan bir nafasda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 9 1
Yog‘ochning bir chekkasidan ilib oldim,
Ularni ham o‘z orqamdan sudrab qoldim¾
Shu ahvolda men qishloqdan o‘tgan zamon,
Xotin-xalaj, bolalar ham bo‘ldi hayron:
„Qarang! Nima qilyapti Mazay bobo?!“
„Mayli qarang, tega ko‘rmang, bizga ammo“.
Seldan daryo oqimiga chiqib oldim,
Haddan ziyod sevinishdi quyonlarim.
Ko‘rdilarki, qirg‘oq qalin chakalakzor,
O‘rmon, ekin maydonlari — hammasi bor.
Tik turishar, chor tarafga nazar otib,
Haydashga yo‘l bermaydilar, lopillatib,
So‘ng yog‘ochni qirg‘oqqa men yopishtirdim.
Dedim: „Sizni xudoyimga topshirdim¾“
Shataloq otib
Ketdi quyonlar.
Men dedim: „Hay-hay,
Kichkina jonlar!
Qoching, ehtiyot
Bo‘lingiz o‘zga.
Lekin qish vaqti
Ko‘rinmang ko‘zga!
Nishonga olib
O‘q uzaman: „Paq!“
Va alla bo‘lib,
Yiqilasiz naq!..
Zum o‘tmasdan tarqalishib ketdi har yon,
Qayiqchamda qoldi faqat to‘rtta quyon.
Darmonlari ketgan, suvda ivib qolib,
Olib keldim tezda uyga qopga solib.
Bemorlarim yaxshi uxlab to‘yishdilar,
Isib, uxlab hamda rosa to‘yishdilar.
So‘ng ularni olib chiqdim o‘tloq tomon,
Qop ichidan qoqib tashlab va shu zamon,
Hay-hayladim, quvib qoldim, tarqaldilar,
Xo‘p shataloq otib ko‘zdan yo‘qoldilar.
Men ularga tag‘in qayta-qayta aytdim:
„Qishda aslo ko‘rinmangiz“, — deb kuzatdim.
Men ularni ovlamayman bahor, yoz ham,
Terilari aynib ketar, manfaat kam!..
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 9 2

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish