Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

TISHLABTASHLAR
Odamlar Tishlabtashlarni hech qachon ko‘rmaganlar, chunki
Tishlabtashlar odamlardan hurkadi: odamni ko‘rdi deguncha
chakalakka qochib ketadi.
Boshqa hayvonlarni siz, ular uyquga ketib, ko‘zlarini yumganda
ushlashingiz mumkin. Siz ularning orqasidan  kelasiz-da, dumidan
tutib olasiz, ammo Tishlabtashlarning orqa tomonidan kelolmaysiz,
chunki Tishlabtashlarning orqasida ham oldidagidek boshi bor.
Shunday, uning boshi ikkita: biri oldida, ikkinchisi orqasida.
Uning uxlagisi kelganda, avval, birinchi boshi uxlab oladi, so‘ngra
ikkinchisi uxlaydi. Ikkala boshi birdaniga hech qachon uxlayolmaydi.
Birinchisi uxlaganda, ikkinchi boshi ovchi kelib qolmasin deb,
olazarak bo‘lib har tomonni kuzatib turadi.
Mana shuning uchun hech bir ovchi Tishlabtashlarni hech
qachon tuta olgan emas, mana shuning uchun sirkda ham, biror
hayvonot bog‘ida ham bu hayvon yo‘q.
Maymunlar doktor Voyjonim uchun bitta Tishlabtashlar
tutmoqchi bo‘ldilar. Ular o‘rmonning qalin joyiga yugurishib
bordilar-da, o‘sha yerdan Tishlabtashlar yotadigan joyni topdilar.
Tishlabtashlar maymunlarni ko‘rib, qocha boshladi, lekin
maymunlar uni o‘rab oldilar-da, shoxidan tutib:
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 1 1
— Tishlabtashlarjon! Sen doktor Voyjonim bilan birga uzoq
bir mamlakatga borib, uning uyidagi hayvonlari bilan yashashni
istaysanmi? — dedilar.
Tishlabtashlar ikkala boshini chayqab, ikkala og‘zi bilan:
— Yo‘q, — deb javob berdi.
— Doktor mehribon kishi, — deyishdi maymunlar. — U seni
asal kulchalar bilan boqadi, mabodo kasal bo‘lib qolsang, seni
davolaydi.
— Baribir bormayman! — dedi Tishlabtashlar. — Men u yerda
qolishni istamayman!
Maymunlar uni ko‘ndirgani uch kun ovora bo‘ldilar, nihoyat,
Tishlabtashlar dedi:
— Qani, menga o‘sha mehribon doktorni ko‘rsating-chi! Men
uni bir ko‘ray!
Maymunlar Tishlabtashlarni doktor Voyjonim turgan uyga
boshlab keldilar. Eshik og‘ziga kelib  taqillatdilar.
— Kiraveringlar! — dedi Kika.
Chichi mag‘rurlik bilan ikki boshli hayvonni uyga olib kirdi.
Doktor boshidan shlyapasini olib, maymunlarga ta’zim qildi-
da, dedi:
— Xayr, qimmatli do‘stlar! Menga bo‘lgan muhabbatingiz
uchun sizlarga rahmat. Tezda men yana qayta sizning oldingizga
kelaman. O‘sha kungacha men sizga Timsohni, to‘ti Karudoni va
maymun Chichini qoldiraman. Ular Afrikada tug‘ilganlar. Shuning
uchun Afrikada qola qolsinlar. Bu yerda ularning aka-ukalari va
opa-singillari yashaydi. Xo‘p, ko‘rishguncha, xayr!
— Yo‘q, yo‘q! — deb qichqirishdi bir ovozdan Timsoh ham,
Karudo ham, maymun Chichi ham. — Biz aka-ukalarimizni,
opa-singillarimizni yaxshi ko‘ramiz, lekin sizdan ajralgimiz yo‘q!
— Mening o‘zim ham sizlarsiz zerikib qolaman, — dedi doktor.
— Lekin sizlar bu yerda butun bir umrga qolayotganingiz yo‘q!
Uch-to‘rt oydan keyin men bu yerga qaytib kelaman, shunda
sizlarni olib ketaman. O‘shanda yana hammamiz birga yashab, birga
mehnat qilamiz.
— Bu qanday narsa? — deb so‘radi hayratda qolgan doktor.
U bunaqa ajoyib narsani hech qachon ko‘rmagan edi.
— Bu Tishlabtashlar, — deb javob berdi Chichi. U sen bilan
tanishmoqchi. Tishlabtashlar bizning Afrika o‘rmonlarimizda eng
kam uchraydigan hayvon. Uni kemangga solib ol. U sening uyingda
yashasin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 1 2
— U mening uyimga borishni xohlaydimi?
Kutilmaganda:
— Senikiga jon deb boraman! — dedi Tishlabtashlar. — Men
bir qarashdayoq sening mehribonligingni bildim. Sening ko‘zlaring
judayam sershavqat, yaxshi. Hayvonlar seni jondan sevishadi,
men bilaman, sen ham hayvonlarni jondan yaxshi ko‘rasan. Lekin
menga so‘z ber, sening uyingda zerikib qolsam, meni uyimga qo‘yib
yuborasan.
— Albatta qo‘yib yuboraman. Lekin mening uyim senga
shunday yoqib qoladiki, sen ketishni xayolingga ham keltirmay
qo‘yasan.
— Unday bo‘lsa, men roziman, — dedi xursandlik bilan
Tishlabtashlar, goh bir boshini, goh ikkinchi boshini Voyjo-
nimga silkib.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish