Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

TENTAK HAYVONLAR
Doktor Voyjonim kasal maymunlarning oldiga borishga
shoshildi.
Ular yerda ingrab yotardilar. Juda qattiq kasal edilar.
Doktor maymunlarni davolay boshladi. Har bir maymunga
dori berish: biroviga tomizg‘i, biroviga ichirgi berish kerak edi. Keyin
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 8
har bir maymunning boshiga sovuq kompress, orqasi, ko‘ksiga
gorchichnik (xantal) qo‘yish lozim edi.
Kasal maymunlar juda ko‘p, doktor bo‘lsa bitta edi. Bir odam
shuncha ishni udda qila olarmidi?!
Kika, Timsoh, Karudo va Chichilar kuchlari boricha doktorga
yordamlashdilar, lekin ular tezda juda charchadilar, doktorga boshqa
yordamchilar kerak bo‘lib qoldi.
U sahroga — arslon yashaydigan joyga bordi.
— Shavqat qiling, — deb aytdi u arslonga, — marhamat
qilib, kasal maymunlarni davolagani menga yordamlashib yuboring.
Arslon savlatli edi. U Voyjonimga o‘qrayib qarab:
— Xo‘sh, bilasanmi, men kimman? — Men — arslonman,
men hayvonlar podshosiman! Podsho bo‘lsam-u, allaqanday iflos
maymunlarni davolashga yordamlashaymi, gapingni qara-yu!
Shundan keyin doktor karkidonlar oldiga bordi. — Karki-
donlar, hoy karkidonlar, — dedi u. — Maymunlarni davolagani
menga yordam qiling! Ular juda ko‘p, men bo‘lsam yolg‘izman.
Bir o‘zim hamma ishni uddalolmayapman.
Karkidonlar bunga javoban hiqillab kuldilar: — Yordam beraylik
emish! Zo‘r shoxlarimiz bilan suzib, xarob qilib tashlamaganimizga
shukur qil!
Doktor bu yovuz karkidonlardan juda xafa bo‘ldi-da, qo‘shni
o‘rmonga — targ‘il yo‘lbars oldiga yugurdi.
— Yo‘lbarslar! Yo‘lbarslar! Maymunlarni davolagani menga
yordam beringlar!
— R-r-r! — deb javob berishdi targ‘il yo‘lbarslar. — Yeb
qo‘ymasimizdan oldin jo‘nab qol!
Doktor juda qayg‘urib ular oldidan ketdi.
Ammo yovuz hayvonlar tez orada qattiq jabr tortdilar.
Arslon uyiga qaytgan chog‘ida xotini unga dedi:
— Kichik o‘g‘limiz betob bo‘lib qoldi — ertadan-kechgacha
yig‘lagani-yig‘lagan, inqillagani-inqillagan. Attang, mashhur
doktor Voyjonimning Afrikada yo‘qligi ko‘p yomon bo‘ldi-da. U
juda yaxshi davolaydi. Hamma uni yaxshi ko‘rishi bejiz emas. U
bo‘lganda o‘g‘limizni darrov tuzatib qo‘yardi.
— Doktor Voyjonim shu yerda! — dedi arslon. Anavi xurmo
orqasidagi Maymunlar mamlakatida! Men hozirgina u bilan
so‘zlashdim.
— Qanday baxt-a! — dedi arslonning xotini. Tez bor, bolamizni
davolagani uni chaqirib kel!
— Yo‘q, — dedi arslon, — men uning oldiga bormayman. U
o‘g‘limizni davolamaydi, chunki men uni xafa qildim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 9
— Sen doktor Voyjonimni xafa qildingmi? Sho‘rimiz qursin,
endi nima qilamiz? Axir, sen bilasanmi, doktor Voyjonim eng
yaxshi, eng ajoyib doktor. U odamlar orasida hayvonlar tilida gapira
oladigan yagona kishi. U yo‘lbars, timsoh, quyon, maymun va
qurbaqalarni davolaydi. Ha, ha, u qurbaqalarni ham davolaydi,
chunki u juda rahmdil odam. Sen shunday odamni xafa qilibsan!
Uni o‘g‘ling kasal bo‘lib yotgan paytda xafa qilibsan! Endi nima
qilasan?
Arslon dovdirab qoldi. U nima deyishini bilmasdi.
— O‘sha doktorga bor! — deb qichqirdi arslonning xotini, —
undan kechirim so‘ra. Doktorga qo‘lingdan kelguncha yordam qil.
U nima desa, shuni qil, keyin undan sho‘rlik o‘g‘limizni davolashni
so‘ra, yalin!
Boshqa iloj yo‘qligidan arslon doktor Voyjonim oldiga bordi.
— Salom, — dedi u. Men sizga yordam bergani keldim. Men
maymunlarga dori berishga va ularga har xil kompress qilishga
roziman.
Shunday qilib, arslon Voyjonimga yordam qila boshladi. U uch
kecha-yu, uch kunduz kasal maymunlar bilan ovora bo‘ldi, undan
keyin doktor Voyjonim oldiga borib, sekingina:
— Mening eng yaxshi ko‘rgan kenjatoyim og‘rib qoldi¾ o‘tinib
so‘rayman, marhamat qilib, shu sho‘rlik o‘g‘limni davolasangiz,
— deb yalindi.
— Yaxshi! — dedi doktor. — Jonim bilan! — O‘g‘lingizni shu
bugunoq tuzataman.
Aytganini qilib, u g‘orga bordi-da, arslon bolasiga shunday
bir dori berdiki, kasal bir soatdayoq sog‘ayib, o‘rnidan turib
ketdi.
Keyin karkidon va yo‘lbarslarning bolalari og‘rib qoldi.
Voyjonim ularni shu ondayoq tuzatdi. Shunda karkidonlar bilan
yo‘lbarslar:
— Sizni xafa qilganimiz uchun juda uyatlimiz, — dedilar.
— Hechqisi yo‘q, mayli, — dedi doktor. — Bundan buyon
aqlli bo‘linglar. Hozir esa bu yoqqa kelib, maymunlarni davolagani
menga yordam qilinglar.
TORTIQ
Hayvonlar doktorga shunday yordamlashdilarki, kasal
maymunlar tezda sog‘aydilar.
— Doktorga rahmat! — deyishdi maymunlar. U bizni qo‘rqinchli
kasaldan tuzatdi, shuning uchun biz unga yaxshi bir narsani tortiq
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 1 0
qilishimiz kerak. Odamlar bir umr ko‘rmagan bir hayvonni unga
tortiq etaylik. Y sirkda ham, hayvonot bog‘ida ham bo‘lmagan hayvon
bo‘lsin.
— Unga tuyani tortiq qilaylik! — deb qichqirdi bir maymun.
— Yo‘q, — dedi Chichi, — unga tuya kerak emas. U tuyalarni
ko‘rgan.
— Unday bo‘lsa, tuyaqush tortiq qilamiz! — deb qichqirdi
boshqa bir maymun. — Biz unga tuyaqush tortiq qilamiz, tuyaqush!
—  Yo‘q bo‘lmaydi, — deb aytdi Chichi. — U tuyaqushlarni
ham  ko‘rgan.
— Bo‘lmasa u Tishlabtashlarni ham ko‘rganmi? — deb so‘radi
uchinchi maymun.
— Yo‘q, Tishlabtashlarni u hech qachon ko‘rgan emas, —
deb javob berdi Chichi. — Tishlabtashlarni hali bitta ham kishi
ko‘rmagan.
— Yaxshi — deyishdi maymunlar. — Endi biz doktorga nima
tortiq qilishni bilamiz. Biz unga Tishlabtashlarni tortiq qilamiz.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish