Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

QALDIRG‘OCH
Bir kuni kechqurun boyo‘g‘li Bumba:
— Kim u eshik orqasini tiqillatayotgan? Xuddi sichqonga
o‘xshaydi-ya, — dedi.
Hammalari quloq soldilar, lekin hech nima eshitmadilar.
— Eshik orqasida hech kim yo‘q! — dedi doktor. — Senga
shunday tuyulgan-da.
— Yo‘q, shunday tuyulgani yo‘q, — deb javob berdi boyo‘g‘li.
— Allakim eshikni tiqillatyapti,  eshityapman. Bu — yo sichqon,
yo bo‘lmasa — qush. Endi menga ishonaversangiz bo‘ladi. Biz,
boyo‘g‘lilar, odamlarga ko‘ra yaxshiroq eshitamiz.
Bumbaning aytgani to‘g‘ri chiqdi.
Maymun eshikni ochdi-da, ostonada Qaldirg‘ochni ko‘rdi.
Qish vaqtida Qaldirg‘och nimasi! Bu qanday gap! Axir,
qaldirg‘ochlar sovuqqa chidolmaydilar-ku, axir: ular qish kirdi
deguncha issiq Afrikaga uchib ketadilar-ku! Bechora, juda sovqotib
qolibdi-ku! U qor ustida o‘tirib qaltiraydi.
— Qaldirg‘och! — deb chaqirdi doktor. — Ichkariga kirib,
pechkada isin.
Qaldirg‘och avval ichkariga kirgani qo‘rqdi. U uyda Timsoh
yotganini ko‘rdi-da, meni yeb qo‘yadi, — deb o‘yladi. Lekin
maymun Chichi unga bu Timsohning juda rahmdil ekanini aytdi.
Shundagina Qaldirg‘och uchib uyga kirib, stul suyanchig‘iga qo‘ndi,
har tomonga timirskilanib qaradi-da, so‘radi:
20 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 6
— Churuto kisafa mak?
Hayvonlar tilida bu shunday degani: „Marhamat qilib,
aytingiz, hayvonlarni davolaydigan mashhur doktor Voyjonim
shu yerda turadimi?“
— Ha, Voyjonim men bo‘laman, — dedi doktor.
— Mening sizdan katta o‘tinchim bor! — dedi Qaldirg‘och.
— Siz darrov Afrikaga jo‘nashingiz kerak. Men sizni u yoqqa
chaqirish uchun atayin uchib keldim. U yerda, Afrikada
maymunlar yashaydilar, ana shu maymunlar hozir kasal.
— Ularning qayeri og‘riydi? — deb so‘radi doktor.
— Ularning qorinlari og‘riyapti, — dedi Qaldirg‘och. — Ular
yerda ag‘anab, yig‘lab yotibdilar.  Ularni qutqazib qoladigan atigi
bittagina kishi bor, u siz. Dorilaringizni olvoling-u, Afrikaga tezroq
jo‘naylik. Agar Afrikaga bormas ekansiz, hamma maymunlar o‘lib
ketishadi.
— Oh, — dedi doktor, — Afrikaga jon deb borardim-a! Men
maymunlarni yaxshi ko‘raman, shuning uchun ham ularning
kasal bo‘lganliklariga achinaman. Attang, mening kemam yo‘q! Axir,
Afrikaga borish uchun kema bo‘lishi kerak.
— Bechora maymunlar! — dedi Timsoh. — Agar doktor
Afrikaga bormasa, ularning hammasi o‘lib ketadi. Faqat uning bir
o‘zigina ularni  tuzata  oladi.
Shunday deb, Timsoh yig‘lab yubordi. U shunday ko‘p yosh
to‘kdiki, pol ustida ariq bo‘lib oqdi.
Doktor Voyjonim birdan baqirib dedi:
— Nima bo‘lsa ham, Afrikaga boraman! Ishqilib, kasal
maymunchalarni davolayman! Ha, esimga keldi, mening eski
dengizchi oshnam Robinzonning yaxshi kemasi bor. Axir, men
uni yovuz bezgak changalidan qutqarib qolganman.
Doktor shlyapasini oldi-da, dengizchi Robinzonning oldiga
jo‘nadi.
— Salom, dengizchi Robinzon, — dedi u. Sadag‘ang ketay,
kemangni berib tur. Men Afrikaga bormoqchiman. U yerda — Sahroyi
Kabir yaqinida ajoyib maymunlar mamlakati bor.
— Yaxshi, — dedi dengizchi Robinzon. — Men senga jon deb
kemamni beraman. Axir sen meni o‘limdan qutqazgansan, shuning
uchun nima tilasang, xursandchilik bilan bajaraman. Lekin hushyor
bo‘l — kemani qaytarib olib kel, nimaga desang, bundan boshqa
kemam yo‘q.
— Albatta keltiraman, — dedi doktor. — Ko‘nglingni to‘q tut.
Men faqat Afrikaga borib qaytsam bo‘lgani.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 0 7
— Ol, ol! — dedi dengizchi Robinzon. — Lekin ehtiyot bo‘l,
tag‘in suv osti toshlariga urib, sindirib-netib qo‘yma.
— Xotiring jam bo‘lsin, sindirmayman, — dedi doktor va
dengizchi Robinzonga rahmatlar aytib, uyiga yugurdi.
— Hayvonlar, narsalarni yig‘ishtiringlar! Ertaga biz Afrikaga
jo‘naymiz! — dedi u.
Hayvonlar juda sevinishdi, uy ichida sakrashib, chapak chala
boshladilar. Hammadan ko‘proq maymun Chichi sevindi:
„Boraman Afrikaga,
Go‘zal o‘lkaga!
Afrikam, jon-tanim,
Aziz Vatanim!“
— Men Afrikaga hamma hayvonlarni olib ketavermayman,
— dedi doktor Voyjonim. Tipratikanlar, ko‘rshapalaklar va
quyonlar shu yerda, mening uyimda qolishlari kerak. Ular bilan
birga ot ham qoladi. Men Timsohni, maymun Chichini va to‘ti
Karudoni o‘zim bilan birga olib ketaman, chunki ularning zoti
Afrikadan: u yerda bularning ota-onalari, aka-uka, opa-singillari
yashaydi. Ulardan tashqari, men o‘zim bilan birga Avvani, Kikani,
Bumbani va cho‘chqa Xur-xurni olib ketaman.
— Bizlarni-chi, — deb qichqirishdi Tanya bilan Vanya.
— Nahotki, biz sensiz bu yerda qolsak?
— Ha! — dedi doktor va ularning qo‘llarini olib qattiq qisdi.
— Ko‘rishguncha xayr, aziz do‘stlar! Sizlar bu yerda qolib,
mening polizim bilan bog‘imga qarab turasizlar. Biz juda tez qaytamiz.
Sizlarga Afrikadan ajoyib sovg‘alar olib kelaman.
Tanya bilan Vanya boshlarini xam qilib qoldilar. Lekin biroz
o‘ylab turib, shunday dedilar:
— Nachora, iloj yo‘q, biz hali kichkinamiz. Xo‘p, sizlarga oq
yo‘l! Ko‘rishguncha xayr! Biz katta bo‘lganimizda albatta siz bilan
sayohatga boramiz.
— Bo‘lmasam-chi! — dedi doktor Voyjonim. — Sizlar sal
katta bo‘lsalaring bas, birgalikda sayohatga chiqamiz.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish