Musiqa o`qitishning umumiy metodlari tavsifi. Reja: 1. Shaxs kamolotida musiqiy tarbiyaning ahamiyati. 2. Umumta’lim maktablarida musiqa o’qitishning nazariy asoslari. 3. Musiqa o’qitishning umumiy metodlari tavsifi. Shaxs kamolotida musiqiy tarbiyaning ahamiyati. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablar, hunar – texnika bilim yurtlari, bolalar bog‘chalari va va yoshlarning jamoachilikni estetik tarbiyalash, ta’lim – tarbiya jarayonini asosiy masalalaridan biri deb qaralamoqda. Estetik tarbiyaning yanada takomillashuvi, uning bolalar qiziqishiga mos shakl va metodlarini yaratilishidagi misli ko‘rilmagan ajoyib tashabbuskorlik hamda aktivligining quloch yozishi badarv uchun xarakterlidir. Umumta’lim maktabida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning keyingi yillarda rivojlanishi natijasida maktabda adabiyot va san’atning mavqie mustahkamlanib bordi.
San’atni bilishning ikki tomoni bor: badiiy asarning bevosita idrok etish, hamda uni baholashdir. Maktabda bo‘larning har ikkalasiga ham e’tior berish lozim. O‘quvchi birinchi navbatda kitoblar yoki rasmlar muhitida bo‘lishi, asar uchun tegishli badiiy ahloqiy estetik mohiyatini anglashi kerak. Badiiy asarning mazmunini yaratilgan vositalardan boshqa hech qanday vositalar yordamida berib bo‘lmasligini fahmlash lozim. Bola san’at asarini idrok etishda bir lahza unga mahliyo bo‘lib qoladiki, uning xuddi shu lahzadagi ichki kechinmalarini pedagogning aynan ko‘zdagi maqsadidir.
Umumta’lim maktablarida musiqa o’qitishning nazariy asoslari.
Musiqa darsi - boshlang‘ich maktabda musiqa tarbiyasining bazasidir. Darsning mazmunini o‘zaro bog‘langan uchun qism: xor bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonlari tashkil etadi. Bu bilimlar keyingi vaqtlarda musiqa asboblarida chalish, qo‘shiqaytish, musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonlari tashkil etadi. Bu bilimlar keyingi vaqtlarda musiqa asboblarida chalish, qo‘shiq kuylashning yangi uslublarini qo‘llash musiqa savodi ostidagi hararakatlar va shu kabi yo‘llar bilan boyitilmoqda.
Boshlang‘ich maktabda o‘quvchilarga musiqa tarbiyasi berishning asosiy vazifasidan biri musiqaga qiziqish va unga bo‘lgan muhabbat bilan muloqotdan bo‘lish orqali musiqadan estetik zavq olish, uning hayotiy mazmunini tushunishni shakllantirishdan iborat. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari umumxalq bayramlari to‘g‘risidagi qo‘shiqlarni bajonidil kuylashadi. Sinfda jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytishda butun sinf qatnashadi. Musiqaviy estetik tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida insonparvarlik tarbiyasining umumiy muammolari qatoridagi masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |