Gans Xristian
Andersen
(1805—1875)
„Bolalar uchun aytilgan ertaklar“, „Yangi ertaklar“, „Òarix“,
„Yangi ertaklar va tarix“ va boshqa kitoblari Andersenning nomini
jahonga mashhur qildi.
Yozuvchi ertaklarining qahramonlari o‘zlarining samarali
mehnatlari, aql-zakovatlari, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga
muvaffaq bo‘ladilar. Uning „Qo‘ng‘iroqli girdob“, „Kumush
tanga“, „Kolbasa sixidan sho‘rva“, „Go‘ngqo‘ng‘iz“ va boshqa
ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Masalan, „Qo‘ng‘iroqli
girdob“ ertagida asrlar mobaynida ezilgan, og‘ir mehnat va zulmdan
tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakening o‘z
xo‘jasiga qarshi kurashi kitobxon qalbida adolat va erkka ishtiyoq
uyg‘otadi.
Andersenning „Irkit o‘rdakcha“, „Duymchaxon“, „Kichik
Klaus bilan Katta Klaus“, „Qirolning yangi ko‘ylagi“, „Qor mali-
kasi“ singari ma’lum va mashhur ertaklari o‘zbek bolalarining ham
sevimli va ardoqli asarlariga aylanib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |