Andersenning ertaklari o'quvchilar va adabiyot tanqidchilarining
e’tiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o'ziga xos edi.
Andersen bolalarga o‘z tengiga murojaat qilganday munosabatda
bo‘lib, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kura-
shadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
Andersenning eng go‘zal, yorqin ertaklaridan biri «Suv parisi»
ertagidir. Suv parisining insonga javobsiz sevgisi haqida yozuvchi
ilgari ham yozgan edi. («Samse orolidan kelgan.suv parisi»)
Bu ertakda Andersen insonning go‘zal ruhiy olamini nafaqat
hayajonli sujet orqali, balki qahramonning ruhiy olamini chuqur
ochib beruvchi psixologizm orqali tasvirlaydi.