Aka-uka Grimmlar
(1785—1863, 1786—1859)
Yakob (1785—1863), Vilgelm (1786—1859) Grimmlar Marg-
burg universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq nemis o‘rta asr
tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og‘zaki ijodi hamda
til va adabiyot bilan shug‘ullana boshladilar.
1812- yilda Grimmlar yaratgan ertaklarning birinchi tomi —
„Bolalar va oilaviy ertaklar“ yuzaga keladi. 1815- yilda ikkinchi
tom, 1822- yilda esa har ikkala tomni umumlashtiruvchi uchinchi
tom bosilib chiqdi.
Grimmlarning dunyoga mashhur bo‘lgan „Zolushka“, „Qor
qiz“ ertaklari qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish
eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar ertak
davomida o‘zlarining halol mehnatlari, yoqimli so‘z va tabassumlari
bilan baxtiyor bo‘ladilar.
Grimmlarning „Quyon bilan tipratikan“, „Bo‘ri va tulki“
asarlari masal janriga yaqin turadi va kitobxonda yaxshi taassurot
qoldiradi. Mualliflarning „Yalqov Geys“, „Gansning baxti“, „Botir
tikuvchi“, „Yosh pahlavon“, „Bremen musiqachilari“ kabi ertaklari
o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |