QAYERDA OVQATLANDING,
EY, CHUMCHUQ?
— Ayt-chi, ovqatlanding qayerda, chumchuq?
— Zooparkda yurib qornim bo‘ldi to‘q.
Panjaradan kirdim sher turgan yerga,
Dastlab ovqatlandim u bilan birga.
To‘yib oldim tulki uyin to‘rida,
Chanqoqligim qondi morj huzurida.
Fil yonida biroz sabzi yeb ko‘rdim,
Laylakka do‘st bo‘lib, tariq yeb yurdim.
Kepak bilan mehmon qildi karkidon,
Qornimni to‘yg‘izdi, zavqim bir jahon.
Kenguru ham siylab, qildi ziyofat,
Rosa ovqatlanib, topdim halovat.
Paxmoq ayiq bilan ulfat ikkimiz,
Bayram taomini baham ko‘rdik biz.
Keyin boqqan edim timsoh tishiga,
Sal qoldi meni yamlab yutishiga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 1 8
Do'stlaringiz bilan baham: |