4) Grafik diktant (bayon).
Yo‘riqnoma: bolalar katak daftarda pedagog-psixolog tomonidan aytib
turilgan naqsh (chiziq)larni chizish bilan topshiriqlarni bajaradilar.
Eslatma: pedagog-psixolog katta katak varoqqa rasmni boshlanish
joyiga katak burchagiga nuqta bilan belgilar qo‘yadi (masalan, 11-ilovadagi
(qizcha, 1-rasm)ning o‘ng qo‘lini chizishda. Shunday qilib pedagog-psixolog
tomonidan aytilgan vazifani bolalar bajaradilar.
5) “O‘xshash rasmni top” mashqi
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog bolalarga (14-ilova) varaqni ko‘rsatadi.
Bolalar unga qarab, varaqning yuqori qismidagi kabi rasmni topishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |