2) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldan (9-ilova) harfni (masalan, “F”)
topadi va o‘chiradilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa. Keyingi
mashg‘ulotda boshqa harfni topib, o‘chirishlari mumkin).
3) “Sanoqni davom ettir” o‘yin.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog istalgan raqamni aytib, bolalarga to‘pni
tashlaydi, to‘pni olgan bola pedagog-psixolog aytgan raqamdan keyingidan
10 gacha tartib bilan sanoqni davom ettiradi.
Masalan, psixolog “besh” deb to‘pni Botirga berdi, Botir: “olti, yetti,
sakkiz, to‘qqiz, o‘n” deb sanaydi. Vazifani qiyinlashtirish uchun: Botir: “olti,
etti, sakkiz” deb sanayotganda, uni to‘htatib to‘pni olib Saidaga berish mumkin,
Saida: “to‘qqiz, o‘n” deb sanashi kerak bo‘ladi. Adashsa o‘yindan
chetlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |