6) “Jiiim” o‘yini.
53
Yo‘riqnoma: Bolalar gilam ustida turishadi. Pedagog-psixolog
bolalarga kartochkalarni almashtirib ko‘rsatadi. Yashil kartochka – bolalar
yugurishadi, sakrashadi, qichqirishadi; sariq kartochka – bolalar sekin
yurishadi va “shivir-shivir” gapirishadi, qizil kartochka – bolalar to‘htashadi
va gaplashishmaydi. O‘yin qizil kartochka bilan yakunlanadi.
7) Refleksiya.
Yo‘riqnoma: Bolalar doira bo‘lib turib oladilar. Pedagog-psixolog har
bir bolaga to‘pni tashlab, bugungi mashg‘ulotdan qay biri ularga ko‘proq
yoqqanini so‘raydi. Shuningdek, pedagog-psixolog: - bolalar, bugungi
mashg‘ulotimizda kim ko‘proq faol bo‘ldi! ...., u holda kelinglar uni olqishlab
qo‘yaylik. Keyingi mashg‘ulotlarimizda hammadan faol bo‘lishini so‘rab
qolaman. Barchangiz zo‘r qatnishdinglar, rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |