3) “Barmoqchalar” mashqi.
Yo‘riqnoma: (Birorta she’r yoki qo‘shiq jo‘r aytgan holda) Bolalar
she’rni (qo‘shiqni) birinchi qatoriga – qo‘llarini oldiga cho‘zgan holda,
kaftini yuqoriga-pastga qiladilar, ikkinchi qatoriga – qo‘llarini oldinga
cho‘zgan va kaftini yuqoriga qaratgan holda “musht” qiladilar, uchinchi qatoriga
– kaftlarini bir-biriga ishqalaydilar, to‘rtinchi qatoriga – kaftlarini birbiriga qo‘ygan holda, barmoq oralaridan kaftlarini qisadilar
(birlashtiradi).
4) Daftar bilan ishlash
Yo‘riqnoma: Avvaldan pedagog-psixolog tomonidan tayyorlangan
(2-ilova) shakldagi rasmlarni (chiziqcha) larni chizadilar.
5) “O‘tiramiz-turamiz” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Bolalar stulchalariga yaqin turib, pedagog-psixologning
aytgan va ko‘rsatgan vazifalariga amal qiladilar. O‘tiring – bolalar
o‘tiradilar, turing – bolalar turadilar. Pedagog-psixolog vazifalarni
bolalar bilan birgalikda bajaradi, shunigdek, ataylab xato aytadi. Bolalar
pedagog-psixolog aytgan vazifalarni bajarishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |