2) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldagi (1-ilova) rasmni topadi va
bo‘yaydilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa.
Eslatma: Topshiriqni bajarishdan oldin bolalar bilan ushbu
mashg‘ulotda shakldagi qaysi (avvalgidan boshqa) rasmni bo‘yashni kelishib olish
kerak.
3) “Barmoqchalar” mashqi.
“Barmoqchalar uxlamoqchi” (she’r muallifi: ped.f.f.d. (PhD) A.A.Turg‘unov)
Bu barmoq uxlamoqchi
Bu barmoq uxlamoqchi
Bu barmoq uyqusirab,
bunisin uxlatmoqchi
Kenjasini ko‘ringlar
Jim bo‘ling bolajonlar,
Uxladi barmoqchalar
Yo‘riqnoma: Bolalar she’rni aytib, barmoqlarini harakatga
keltiradilar. Birinchi, mashqni o‘ng qo‘lda bajaradilar, keyin chap qo‘lda
bajaradilar. Bolalar bosh barmoqchalaridan boshlab, barcha barmoqchalarini
musht qilib bukadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |