Bog’lovchisiz qo`shma gaplarlarning tasnifi


QIYOSLASh MUNOSABATINI IFODALOVChI



Download 31,16 Kb.
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi31,16 Kb.
#726620
1   2   3   4
Bog'liq
онатили 20

QIYOSLASh MUNOSABATINI IFODALOVChI

BOG`LOVChISIZ QO`ShMA GAPLAR

Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlaridan anglashilgan mazmun bir-biriga qiyoslanishi mumkin. Shu mazmunga muvofiq birinchi gap yuqori ko`tariluvchi, ikkinchi qism esa pasayuvchi ohang bilan talaffuz etiladi va har ikki gap orasida sezilarli to`xtam bo`ladi. Bu to`xtamdan gapning davomi borligi sezilib turadi.

Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi bunday qiyoslash ohangiga yaqinlashishi ham mumkin: O`tirganlar bir-biriga qarab oldi, hech kim botinib javob bermadi. (X.Shams).

Bunday qurilmalar umumiy mazmunga ko`ra qiyoslash munosababtini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gap turiga kiradi.

Qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplarning xususiyatlari ularning tuzilishida ham ko`rinadi. Bu xil qo`shma gaplarni tashkil etgan gaplarning tuzilishida ko`rinadi. Bir xil qo`shma gaplarni tashkil etgan gaplarning tuzilishida, gap bo`laklarining shaklida muvoziylik, o`xshashlik bo`ladi. Bunday xususiyat ayniqsa maqola hikmatli so`zga o`xshash bog`lovchisiz qo`shma gaplarda erkin ko`rinadi: Yomon bo`lmoq o`zidan, silliq bo`lmoq so`zidan. Yilqi olasi tashda, odam olasi ichida. Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. (maqol).
Qo`shma gap qismlari ifodalangan voqea, hodisalarni bir-biriga qiyoslashdan maqsad ularning farqini ochish, bir-biriga muvofiq, nomuvofiqligi yoki teng ekanligini ko`rsatish va ular haqida qo`shimcha ma`lumot ifodalashdir. Qismlari bir-biriga qiyoslanayotgan bog`lovchisiz qo`shma gaplarda quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanishi mumkin:

1. Bog`lovchisi qo`shma gapni tashkil etgan qismlardan anglashilgan voqea, xodisalar bir-biriga zid quyiladi. Zidlik munosabatida, asosan, qushma gap tarkibidagi ayrim bo`laklarning mazmunini qiyoslanadi: Bular rohatda, men hasratda yashabman. (O.)

Ba`zi bog`lovchisiz qo`shma gaplarning tarkibidagi qismlar orqali ifodalangan voqea, xodisalar bir-biriga quyilmay, ikkinchisi qismdagi voqea, hodisaning ro`y berishi birinchi qismdagi ro`y bergan voqea, hodisaga muvofiq emasligi anglashilishi ham mumkin. Birinchi qism mazmunidan ko`tarilgan voqea, hodisa ikkinchi qismda ro`y bermaydi. Bu xil qismlarida ma`lum darajada zidlik ma`nosi ham bo`ladi: Sultonmurod o`zini chetga olishga tirishdi, xalq to`lqini uni surib ketdi (O).

Bog`lovchisiz qo`shma gapning ayrim turlarining ikkinchi qismidan anglashilgan zidlikka qaramay, ma`lum bir ish-harakatning yuzaga kelishi ifodalanadi. Bu xil gaplar o`zining ohangi qo`shma gap tarkibidagi qismning birinchi qismga mazmunan tobe bo`lishi bilan xarakterlanib turadi: Jismimiz yo`qolur-o`chmas nomimiz. (X.O).

2. Qo`shma gap tarkibidagi qismlarning mazmunlari bir-biriga qiyoslanadi, chog`ishtiriladi, shu yo`l bilan ular o`rtasida farq ochiladi: Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni yiqar.

3. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi ikkinchi qismning mazmuni birinchisiga qiyoslanadi, unga asoslanadi.

Odatda, bu turdagi qo`shma gaplarning birinchi qismi maqol, matallarda ifodalangan fikriga o`xshatiladi, ularga asoslanadi. Qo`shma gapning ikkinchi qismida bayon qilnayotgan asosiy fikrni shu orqali ifodalashga, isbotlashga harakat qilinadi: Uka, bor-boricha, yo`q-holicha, ish qilib bir kunimiz o`tib turibdi (O).

Bu xil bog`lovchisiz qo`shma gaplarning tarkibidagi asoslanuvchi qism ikkinchi o`rinda bo`lishi ham mumkin. Bu holat asosiy daqiqa qo`shma gapning birinchi qismiga qaratilgan o`rinlarda ruy beradi: Men quruq so`zning dushmaniman, yetti o`lchab bir kesish kerak. (O).

Ayrim bog`lovchisiz qo`shma gaplarda ayiruv munosabatiga yaqin mazmun aloqasi ifodalanadi. Quyidagi qo`shma gapning birinchi va ikkinchi qismi bilan uchinchi munosabatiga diqqat qiling: Menda nima gunoh, Yo`lchida nima gunoh, aybimiz, gunohimiz-muhabbatimizmi? (O).

Qiyoslash munosabatining ifodalanishi qismlarning umumiy mazmuni orqali, kesimlarning shakli va ma`nosi orqali, ba`zan ayrim leksik vositalar orqali ifodalanadi: Yigit urishga ketdi orqasiga yer qoldi (X.O) .

O`tgan zamon sifatdoshinng yoki –moqchi shaklli fe`lning ekan, edi to`liqsiz fe`li bilan kelgan shakli qo`shma gapning birinchi qismining kesimi bo`lib kelganda ham, umumiy mazmunga ko`ra qiyoslash-zidlash munosabati ifodalanadi: Saida chiqib ketmoqchi edi, Nosirov to`xtatdi (A.K).

O`tgan zamon sifatdoshining yoki –moqchi shaklli fe`lning ekan, edi to`lisiz fe`li bilan kelgan shakli qo`shma gapning birinchi qismining kesimi bo`lib kelganda ham, umumiy mazmunga ko`ra qiyoslash-zidlash munosababti ifodalanadi: Saida chiqib ketmoqchi edi, Nosirov to`xtatdi. (A.K)

Bog`lovchisiz qo`shma gaplardagi qiyoslash munosabati qo`shma gapning tarkibidagi gaplarning kesimlari inkor shakilda ham ifodalanadi. Bunda quyidagi holatlar bo`lishi mumkin: Odatda, ikinchi qismning kesimi inkor shaklida bo`ladi: U onasidan qolgan uyni buzdirib, yog`ochini sotmoqchi bo`lgan ekan, hech kim olmabdi (A.K).

Gaplarning qiyoslanayotgan kesimdan boshqa bo`laklari ham inkor shaklida keladi: Toqatliga tog`lar egar boshini, toqatsizning birovlar yer boshini. (maqol).

Qo`shma gap birinchi qismining inkor shaklida bo`lib, ikkinchi qismnikini tasdiq shaklida bo`lishi ham mumkin: Unga bu ishni hech kim majburan bergan emas, u o`zi tanladi. (O).

Qo`shma gap tarkibidagi har bir qismning kesimi inkor shaklida bo`lganda, zidlik mazmuni anglashilmay, voqea, hodisalar bir-biriga qiyoslanadi, o`xshatiladi: Axmoq xoriganini bilmas, ko`sa qariganin. (maqol).

Qiyoslash munosabati ikkinchi qism oldidan qiyos m azmunidagi shart yoki payt ergash gapni keltirish yo`li bilan bo`ladi: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur. (maqol).

Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlarning kesimi bir xil bo`lgan, kesim bir o`rindagina qo`llanilishi mumkin: Gul tikansiz bo`lmas, dur sa dafsiz (maqol).

Ba`zi bog`lovchisiz qo`shma gapni yuzaga keltiruvchi birinchi gap frazeologik birikmaga aylangan: Buxoroga borib o`qish nari tursin, qishloqda ham o`qiy olmas edim (S.A).

Ikkinchi qismi bo`ladi fe`lidan tashkil topgan qiyoslash munosababtini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar alohida guruhni tashkil etadi. Bunday holatda bo`lmadi fe`li qo`shma gapning birinchi qismidan anglashilgan maqsad amalga oshmaganini anglatadi va ma`no hamda vazifasiga ko`ra shaxssiz gapga teng bo`ladi: Men bir oz hazillashib ko`rdim, bo`lmadi (Oydin).

Qiyoslash munosabatini ifodalangan bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlarning kesimlari fe`l kesim yoki ot kesim tarzida bo`lishi mumkin. Qo`shma gapni tashkil etgan qismlarning kesimi fe`l kesim bo`lganda, uning zamon shakllari bir-biriga muvofiq kelishi ham, kelmasligi ham mumkin.

1. Kesimlar o`tgan zamon shaklida:


Libosni boylar kiydi – bizlar yalong`och. (“Xat”).

So`nggi qo`shma gapning ot kesimi, birinchi kesimga ko`ra, o`tgan zamon sifatida o`qiladi, zamoni ko`chiriladi.

2. Kesimlar hozirgi zamon shakli va mazmunida:

Bir odam ariq ochadi, ko`p odam suv ichadi. (maqol).

Maqol, matal turidagi qiyoslash, o`xshatish ma`nolarini anglatgan gaplarning kesimlari odatda hozirgi zamon shakli va mazmunida bo`lib, ularda umuman, doimo bo`ladigan voqea, hodisalar haqida fikr yuritiladi: Yurgan-daryo, o`tirgan-buyra. (maqol).

3. Kesimlar kelasi zamon shakli va mazmunida:

Endi men sizdan bir narsa so`rayman, siz to`g`ri javob Bera olasizmi, (X.X).

Qiyoslash mazmunidagi qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlarning turli zamon shakli va mazmunida bo`lishi ham mumkin:

A) hozirgi va o`tgan zamon: Mana, qarshilaringda, yo`lning narigi betida saroy bor-kirmabsanlar (O).

B) o`tgan zamon va hozirgi zamon …. Uyi juda sovuq edi, egnimda yupqa nimcha (O).

V) o`tgan zamon va kelasi zamon: Ikkisi ham axmoq ... Biri yig`ib o`ladi, biri yeb o`ladi (O).

G) hozirgi va kelasi zamon: Menga pul kerak, qaerdan olaman?

Qiyoslash munosabatini ifodalangan bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlardan anglashilgan mazmun turli davrga taaluqli bo`lishi tabiiydir: o`tgan hodisa bilan hozirgiisi, hozirgi hodisa kelgusida bo`ladigan hodisa qiyoslanishi mumkin.

Qiyoslash munosabatini ifodalangan bog`lovchisiz qo`shma gaplarning tuzilishi, payt munosabatini ifodalangan bog`lovchisiz qo`shma gaplardek, erkin bo`lmaydi. Bu xil gaplar odatda ikki sodda gapdan tuziladi. Buning sababi shundaki, qiyoslash munosabatida asosan qo`shma gap tarkibidagi ayrim bo`laklar qiyoslanadi, jumla qancha ixcham bo`lsa, qiyoslanayotgan bo`laklar shunchalik aniq va yorqin ko`zga tashlanadi, diqqatni o`ziga jalb etadi. Payt munosabatini ifodalangan qo`shma gaplarda esa butun gap mazmuni haqida fikr yuritiladi, butun gaplar munosabati ko`rsatiladi.

Ayrim hollarda bog`lovchisiz qo`shma gapning qismlari ma`lum darajada murakkab bo`lishi, birdan ortiq sodda gaplardan tuzilishi ham mumkin. Bunda ham gaplar aniq va ikki markazga guruhlanadi va qismlarga ayrim bo`laklar qiyoslanayotgani sezilib turadi: Mana, sizda bir narsa bor ekan, sotibsiz, bizda bir parcha yerdan boshqa ko`zga ilinarlik hech narsa yo`q edi. (O).


Download 31,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish