Bog’lovchisiz qo`shma gaplarlarning tasnifi.
Bog`lovchisiz qo`shma gaplar uch turga bo`linadi:
Payt munosabatini ifodalagan bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
Qiyoslash munosabatini ifodalagan bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
Payt munosabatini ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplarning katta guruxini ma`lum bir paytda ro`y bergan yoki voqea, hodisa, xususiyat yoki holatlarni ifodalovchi qo`shma gaplar tashkil etadi. Bu xil qo`shma gapni tashkil etgan qismlar umumiy bir fikrni ifodalash bilan xarakterlanadi. Masalan: paxta dalalarida endi salqini kuchaygan tunggi yellar esar, mevasi og`irligidan qad bukkan daraxtlarni vazmin silkitar, sap-sariq juxori poyalarini shitirlatar edi. (O.) Usha! ... fakat bir oz bukchaygan, uzun soqoli oqargan, ustida o`ziga keng jigar rang tujurka, tizzalari qora maydon yaltiragan galife shim, boshida eski pilotka, oyog`ida soldatcha botinka.. (A.K)
Poyoni ko`rinmagan yam-yashil yaylov kishining bahri-dilini ochadi, tevarak-atrof kishining suqi kirar darajada go`zal.
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning bu turi ma`lum shaxs, predmet va uning tashqi qiyofasi, ruhiy holatni tasvirlashda, tabiat va jamiyat hodisalarini hamda ularga bo`lgan munosabatni tasvirlashda keng qo`llaniladi, muvoziy harakat, xususiyatlar ifodalanadi. Bunday qo`shma gap qurilmalarini tashkil etgan gaplar mazmunan biri ikkinchisiga tobe bo`lmaydi, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi, uning qismlari hisoblanadi. Payt munosabatda bo`lgan qo`shma gap qismlar orasida ma`lum darajada mazmun bog`liqligi bo`lishi ham mumkin. Bu hol ma`lum gar bo`laklarining qo`shma gap qismlari takrorlanishi yoki maxsus so`z yordami bilan ruy beradi: Kumushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi, undan taralgan atir islari bilan uy to`ldi.
Quyidagi qo`shma gaplarda bir mazmunga ikkinchi bir mazmunning qo`shilishi ifodalanadi: Rus odami yolg`iz botirgina emas, u-korsoz.
Bir xil mazmun ba`zan egalarni takrorlash yo`li bilan ifodalanadi: bir tur, biz g`olib, biz muzaffar!!!
Qismlari orasida mazmun munosabati gaplarning umumiy mazmunidan ham kelib chiqishi mumkin. Quyidagi qo`shma gaplarda ikkinchi va uchinchi qismdan anglashilgan mazmun birinchi qismdan anglashilgan mazmun birinchi qismdan ifodalangan harakat-holat asosida ro`y berishi ifodalanadi: Kuz quruq keldi, hosil butun yig`ildi, yerlar shudgor qilindi.
Bu xususiyat bilan qo`shma gaplarning so`nggi turlari payt munosabatini ifodalovchi qo`shma gap turidan chiqib ketmaydi. Chunki bunday gaplarda bir-birini izoxlash qo`shma ma`nosi bo`lib, asosiy mazmun qismlarining payt munosabatiga kirishidir.
Payt munosabatiga kirishgan qo`shma gaplarning muhim belgilaridan biri ohangidir. Bu xil gaplar tinch, sanash ohangi bilan talaffuz etilishi bilan ajralib turadi, qismlarning ohangi bir-biriga o`xshaydi va ular orasida bir xil to`xtam bo`ladi.
Qismlaridan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyatlarning ro`y berish tartibiga ko`ra, payt munosabatini ifodalangan bog`lovchis qo`shma gaplar ikki turga bo`linadi:
A) harakat-holat, belgi-xususiyatning bir paytda yoki birgalikda bajarilishini ko`rsatuvchi bog`lovchis qo`shma gaplar.
B) harakat-holat, belgi-xususiyatning ketma-ket ro`y berishini ko`rsatuvchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
1. Harakat-holat, belgi-xususiyatning bir paytda yoki birgalikda bajarilishini ko`rsatuvchi bog`lovchisiz qo`shma gaplar. Bog`lovchisiz qo`shma gapni tashkil etgan gaplardan anglashilgan mazmun bir vaqtda yoki birga ro`y beradi.
Odatda, bu turdagi qo`shma gaplar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topib, bu sodda gaplarning kesimi ikki xil bo`lishi mumkin:
1. Bog`lovchisiga qo`shma gaplarning sostavidagi qismlarning kesimlari bir xil zamon shaklida va mazmunida bo`ladi. Bu holat gaplar orasidagi tugal muvoziylik, yaqinlik, o`xshashlikdan dalolat beradi.
Qo`shma gap qismlarining kesimlari hozirgi zamon shakli va mazmunida bo`lishi mumkin. Bunda hozirgi zamonning bir xil yoki turli shaklda qo`llaniladi: Kuychilari o`qiydi yalla, juvonlari aytadi alla, pazandasi yopadi shirmon, qarilari kutadi mehmon.
Hozirgi zamon mazmuni sifatdoshlar orqali yoki ot kesimlar orqali ifodalanishi ham mumkin: Hamma quvnoq, har kim har xil ish bilan band.
Bil xil qo`shma gaplarni ko`pincha bir sostavli yoki to`liqsiz gaplar tashkil etadi.
Qo`shma gap tarkibiy qismlarning kesimlari bir xil zamonga oid oid turli shakllarda bo`lganda, kesimi hozirgi zamon fe`li orqali ifodalangan gapda hozirgi paytda ruy beruvchi harakat-xolat ifodalansa, sifatdosh yoki ot kesim orqali predmetning doimiy, mavjud xususiyati haqida fikr yuritiladi.
Bir paytlik munosabatni ifodalovchi bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlardan birinchisining kesimi ba`zan-(i) b, -(ma)-y shaklli ravishdosh orqali ifodalanishi xarakterlidir: Esgan salqin shamoldan qo`llar uncha qovushmay, lablar gezarib titraydi.
Bir xil qurilmalarning ergash gapli qo`shma gap sanalmasligiga sabab shuki, ularda ravishdosh kesimli gap so`nggi gapni izohlaydi, balki ular so`ngi gap bilan muvoziy ruy berayotgan vokea,xodisa eki xarakat –xolatini ifodalaydi, -natijada bir-biriga kirishgan boglovchisiz kushma gaplar vujudga keladi.Bunday ravishdoshlarni bemalol aniklik fe`l bilin almashtirish mumkin.
Xozirgi paytda ruy beradigan vokea, xodisa, belgi, xususiyatni ifodalovchi boglovchisiz qo`shma gaplarda yolgiz payt mazmun munosabati ifodalanib qolmay,boshqa ma`no turlari ham anglashilib turadi .Bu hol,ko`pincha, qo`shma gap tarkibiy qismlarining turli shaklda bo`lishidan kelib chiqadi.
Qo`shma gap qismlarining kesimlari o`tgan yoki kelasi zamon shaklida bo`lishi mumkin:Mehnat kuldi, kurash zafar qozondi. Shuni bilkim, jon uchun, jon olamiz. Shuni bilkim, to`kamiz qon uchun qon.
2. Bir paytlik mazmuni ifodalangan bog`lovchis qo`shma gaplarning kesimlari turli zamon shaklida bo`ladi.
A) O`tgan va hozirgi zamon shaklida.
Bog`lovchisiz qo`shma gapni tashkil etgan qismlardan birining kesimi o`tgan zamon sifatdoshi shaklida bo`lganda, ma`lum harakat-holat yoki xususiyatning o`tgan zamonda ro`y bergani va hozir ham davom etayotgani anglashiladi: ikkinchi gapning kesimi hozirgi zamon shaklida bo`lgani uchun ham, ikki gapdagi harakat-xolat barobar davom etadi.
Birinchi qismning kesimi o`tgan zamon aniqlik fe`li bo`lmaganda, ikkinchi qismning hozirgi zamon shaklidagi kesimdagi zamon ko`chiriladi: O`ktam soyada asta yurib ketdi, qator jiydalarning novdalari uning boshiga tegib, vazmin tebranadi. Gulnorning rangi o`chgan, lablari titroq.
B) Hozirgi va o`tgan zamon shaklida.
Quyidagi bog`lovchis qo`shma gaplarda zamon qisman bir-biriga muvofiq keladi. Ularning tarkibidagi ikkinchi qismdan anglashilgan mazmun oldindan ro`y beradi va birinchi gapdan anglashilgan mazmun bilan barobar davom etadi: Oldingi qatorda Askar polvon bilan Bektemur; eng oxirida hamma vaqtdagidek, safdan uzilmaslikka tirishib, chatonog`ini kerib, Ali tajang sudralardi.
Bog`lovchisiz qo`shma gapning tarkibidagi qismlar orqali ifodalangan voqea, hodisa tamoman bir vaqtda ro`y berishi-har ikki gapdan anglashilgan voqea, hodisa bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda tugallanishi mumkin yoki gaplarda ifodalangan voqea, hodisaning ro`y berish vaqti qisman bir-biriga mos kelishi mumkin, bunday holda gaplarning biridan anglashilgan voqea, hodisa ma`lum vaqtda ro`y berishi shu vaqta qisman mos kelib qoladi.
Qo`shma gap qismlaridan anglashilgan mazmunning tamoman bir paytda ro`y berishi-qismlarning kesimlari bir xil zamon shaklida bo`lishi bilan, qo`shma gapning har ikki qismi uchun umumiy ikkinchi darajali bo`laklarning keltirilishi bilan ifodalanadi. Qo`shma gaplardagi harakat, xususiyatning bir vaqtda ro`y berishini yanada ta`kidlash uchun qo`shma gapning ikkinchi qismi shu paytda, shu zamon kabi so`zlar bilan boshlanishi mumkin: Qarindoshlarning ahvoli pachava, tirikchiligi bemaza….
Gap bo`laklarinng takrorlanishi ham harakat-holatlarning tamoman bir paytda ro`y berganligini ko`rsatish uchun xizmat qiladi: Bolangni o`zim yelkamda ko`taraman, o`zim katta qilaman. (X.X).
Qo`shma gap qismlaridan anglashilgan mazmunning ro`y berishidagi moslik qisman ekanligini ifodalanishi ham mumkin: Ruboiyni ichida o`qidi, yuzini tabassum qopladi. (O).
Bog`lovchisiz qo`shma gapni tashkil etgan qismlardan anglashilgan mazmunning ro`y berishidagi qisman moslik shu qismdagi kesim shakllarining turlicha bo`lishidan yoki qo`shma gapning umumiy mazmunidan kelib chiqadi.
Harakat-holat, belgi-xususiyatning ketma-ket ro`y berishini ko`rsatuvchi gaplardan tuzilgan bog`lovchisiz qo`shma gaplar. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qismlaridan anglashilgan mazmun ketma-ket ro`y berishi mumkin: Avji ketish payti, bir ozdan so`ng tong otadi (O).
Qo`shma gaplar orasidagi ketma-ketlik mazmunini yanada ta`kidlash ikkinchi gapning boshlanishida keyin, undan keyin kabi so`zlar qo`llaniladi yoki har gap tarkibida avval-keyin, ertaga-hozir so`zlari ishlatiladi: Dala havosi sizga yog`dek yoqadi, butun illatni, xamirdan qil sug`irganday, tortib oladi, keyin toza qimiz iching. (O).
Shunday qilib, bog`lovchisiz qo`shma gaplardagi harakat va xususiyatlarning ketma-ketligi qismlar kesimlarining turli zamon shakli, mazmun munosabati va maxsus so`zlar orqali ifodalanadi.
Bog`lovchisiz qo`shma gapning bu turi ikki xil ko`rinishga ega. Bir turida qo`shma gapning birinchi qismidan anglashilgan harakat, xususiyat sodir bo`ladi. Ikkinchi xil qo`shma gaplarda esa voqea, hodisalarning ro`y berishida ana shunday keskin chegara yo`q, birinchi qismda ifodalangan harakat, xususiyat sodir bo`ladi. Ikkinchi xil qo`shma gaplarda esa voqea, hodisalarning ro`y berishida ana shunday keskin chegara yo`q, birinchi qismda anglashilgan mazmun tugallanmay, qo`shma gapning ikkinchi qismdagi mazmun yuzaga chiqaveradi: Daraxtlarning ustidan onda sonda qushlarning sadosi bir zumgina yangrar, yana og`ir jim-jitlik chiqardi.
Bu xil qo`shma gap qismlarning kesimlari bir xil zamon shaklida bo`lishi ham mumkin. Bunday holatda ketma-ketlik mazmuni gaplarning umumiy mazmun munosabatlaridan anglashiladi: Orzigul daryozadan ichkari kirdi, darvoza o`z-o`zidan bekildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |