Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 13,62 Mb.
bet80/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Ishning bajarish tartibi: Talabalar kollejda mavjud tokzorlarda bo‘lib, zang va novdalarni bog‘lash, xomtok (sho‘ra va g‘o‘ra xomtok) o‘tkazishni, novdalarning uchini chilpishni, barglarni siyraklashtirish kabi agrotexnik chora-tadbirlarni bevosita o‘zlari o‘qituvchi ishtirokida o‘rganadilar.
10. SUG‘ORISH VА O‘G‘ITLASH
(2 soat)
Tokzorlarda sug‘orish tizimi. Sug‘orish muddatlari, soni va tokzordagi ko‘chatlarni sug‘orishda suv sarflash me’yori tuproq va iqlim sharoitlarini, ko‘chatlarning yoshini, sizot suvlarining joylashgan chuqurligini, ko‘chatning ildiz chuqurligi, manbalardagi suv balansi va sug‘orish usullarini, nav xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilash kerak. Suv singdiradigan yengil tuproqli yerlar og‘ir tuproqli yerdagiga qaraganda kam me’yor bilan sug‘oriladi. Tokning suvga bo‘lgan talabi uning naviga, ko‘chatning yoshiga, hosilning turiga qarab turlichadir. O‘suv fazalarida suv har xil miqdorda sarflanadi. Gullaganda transpiratsiya uchun sarflanadigan suvning miqdori 15 foiz, gullashda 10 foiz, meva tugishda 43 foiz, to‘liq yetilguncha 45 foizga teng bo‘ladi, qolgan suv yig‘im-terimda sarflanadi. Tokning o‘sishi va hosilga kirishi uchun yerdagi yog‘in-sochindan to‘planadigan suv miqdori yetarli bo‘lmaydi. Bunday toklarni sug‘orish, sug‘orish orqali tuproq namligini tartibga solish ma’lum davrlarda amalga oshiriladi.
Tokzorlarda sho‘r yuvish. Tokzorlar har xil maqsadlarni ko‘zlab sug‘oriladi.

  1. Asosan tok tupining o‘sish kuchini oshirish hosilni ko‘paytirish, sifatini yaxshilash uchun sug‘oriladi. Bunda tuplarning o‘sishi barg yuzasining sathi, novdasining o‘sishi ortadi, hosildorlik bir necha marta ko‘payadi.

  2. Tuproqning sho‘rlanishini yo‘qotish uchun yer sug‘oriladi. Zararli tuzlar tokzordan tashqariga yuvib chiqariladi. Ayrim hollarda esa bu tuzlar tuproqning chuqur qatlamlariga singib ketadi, sho‘rlanishga qarshi kurash tuproqning ximiyaviy xossalarini yaxshilaydigan, uning unumdorligini oshiradigan juda samarali usuldir.

  3. Solinadigan asosiy va qo‘shimcha o‘g‘itlarni eritish uchun anhor suvlaridan loyqa moddalarni oqizib keltirib sug‘oriladi. Toshli, shag‘alli va qumli yerlardagi tokzorlarning tarkibida muallaq loyqa zarrachalari ko‘p bo‘lgan suv bilan sug‘orish tuproqning fizik xossalarini va unumdorligini yaxshilashga yordam beradi.

  4. Sovuqqa qarshi kurashish maqsadida sug‘oriladi. Bunda suvni qator oralardagi egatlarga tarash, yana ham yaxshisi qator oralarini bostirib sug‘orish boshqa usullar bilan birga tokzorlarda bahorgi sovuqlarga qarshi kurashishda keng qo‘llana boshlanadi.

  5. Texnika maqsadlari: toklarni ko‘mishni yengillatish va tok ko‘chatlarini tok ko‘chatzordan kovlab olish uchun sug‘oriladi. Sho‘rlangan yerlarda sho‘rni yuvish uchun odatda sug‘orish me’yori katta bo‘ladi (o‘suv davridan tashqari vaqtida sug‘oriladi) o‘suv davrida tokzorlar har xil me’yorda: og‘ir loy tuproqli yerlarda gektariga 800–1000 m3, soz tuproqli yerlarda 800 m3, qumli va shag‘al aralash tuproqli yerlarda 500–600 m3 hisobidan sug‘oriladi. O‘zbekiston sharoitida yosh tokzorlarni 350–500 m3 me’yorida suv berib sug‘orish tavsiya etiladi.

Yosh tokzorlar tez-tez, lekin kam me’yorda sug‘orishni talab etadi. Chuchuk suvlar yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda sug‘orish soni ham, sug‘orish me’yori ham kam bo‘lishi lozim. Ko‘chat o‘tqazilgan birinchi yili ularning ildiz tizimi uncha chuqur joylashmaganligi uchun kichik me’yorda tez-tez sug‘orib turiladi. Tuproqning turiga qarab o‘suv davrida 8–10 marta birinchi marta ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng, aprel–mart oylari ichi da 2–3 martadan sug‘oriladi. O‘tqazilgandan so‘ng 2–3 yili 6–8 marta sug‘oriladi, sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda to‘rt martadan ortiq sug‘orilmaydi.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish