Qisqacha tushuntirish:
Ko‘klamda tok tuproqdan ochilishi bilan uning madanlari darhol bag‘azlarga ko‘tarib boylanadi; bu ishni kechiktirish yaramaydi, chunki unda ko‘karayotgan sho‘ralar juda mo‘rt bo‘ladi. Tok madanlari simbag‘azga bir tekisda tarab boylanadi. Tok tik simbag‘azga ko‘tarilganda hosil novdalari bag‘azning birinchi va ikkinchi simlariga gorizontal holatda bog‘lanadi; qalpoqli simbag‘azga ko‘tarilganda esa novdalar tik bag‘azning eng ustkisiga, qalpoq bag‘azning birinchi simiga bog‘lanadi. Madan va novdalarni bag‘azlarga bog‘lash uchun gektariga 12–15 kg chipta sarf bo‘ladi.
Xomtok qilish. Tokzorda ko‘klam va yozda o‘tkaziladigan eng muhim ishlar jumlasiga xomtok qilish, ortiqcha novdalarni olib tashlash, barg qo‘ltig‘idan chiqqan novdalardan ham hosil olish uchun uning uchini chilpib tashlash, oziq moddalarning hosil novdalariga va sho‘ralarga bir tekisda borishi uchun kuchli o‘sayotgan bosh novda uchlari singdiriladi, barglari siyraklashtiriladi va tok tanasini halqalash ishlari amalga oshiriladi.
Odatda tok tupi kamida ikki marta xomtok qilinadi. Birinchi xomtok sho‘ra paydo bo‘lganda boshlanib, gullaguncha tugallanadi. Ko‘k hovdaning jingalak chiqqan joyidan yuqorisida sho‘ra bo‘lmaydi.
Ikkinchi marta xomtok qilish ishi tok gullaganidan keyin darhol o‘tkaziladi. Bunda yangi chiqqan keraksiz novdalar olib tashlanadi. Tok novdalari birinchi va ikkinchi xomtokdan keyin bog‘lanadi.
Tokning bachki novdalarini olib tashlash. Ba’zan tokning shu yil hosil qilgan asosiy novdalari tagidan chiqqan bachki novdalar ko‘payib ketadi. Bular tokni shaklga solish yoki yangi madanlar olish uchun xalaqit beradi, bunday hollarda ana shu bachki novdalar ikki-uch bo‘g‘imi yuqorisidan olib tashlanadi. Chunki bu qoldirilgan qismidagi barglarda zaxira oziq moddalar hosil bo‘ladi va shakllanayotgan kurtaklarni oziqlantiradi.
Chilpish vaqtida bachki novdaning eng uchini olib tashlash bilan birga asosiy novdani ham 5–10 sm uzunlikda uzib tashlab, har novdada ko‘pi bilan to‘rtta bo‘g‘im oralig‘i qoldiriladi. Shuningdek, tokda bachki novdalar ko‘payib ketib, sersoya bo‘lib ketmasligi uchun hosilsiz ortiqcha bachki novdalar olib tashlanadi.
Odatdagi chekanka uzum naviga qarab iyul oxiri – avgust boshida qilinadi. Bu ishni o‘tkazishdan maqsad: novdalarning o‘sishini batamom to‘xtatish, uzum boshlariga yorug‘lik va havoning kirishini yengillashtirish, tok novdalari va hosilning tezroq pishishi uchun qulay sharoit yaratish, tokzorda qilinadigan ishlarni yengillashtirishdan iborat. Tokdagi uzum boshlariga quyosh nuri ko‘proq tu shib, ular ning xush rang bo‘lib yetilishi uchun, qalinlashib ketgan barglar siyraklashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |