Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»


Qo‘ltiq novdalari va novdalarning uchini olib tashlash



Download 13,62 Mb.
bet77/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Qo‘ltiq novdalari va novdalarning uchini olib tashlash. Qo‘ltiq novdalarni rivojlanishning boshida olib tashlash yoki bitta-ikkita kurtak qoldirib uchini chilpish kerak. Agar tupda asosiy novdalar yetarli bo‘lib, qo‘ltiq novdalar faqat tupni qalinlashtirgan va oziq moddalarning sarflanishi sabab bo‘ladigan, hosilni soyalab qo‘yib, zamburug‘ kasalliklarini paydo bo‘lish xavfi tug‘iladigan va uzum boshlarining pishishi kechikadigan hollarda ular yulib tashlanadi. Ortiqchalari oziq moddalarni sarflab asosiy novdalarga va hosilga zarar yetkazadi.
Qo‘ltiq novdalarni butunlay olib tashlamaslik, balki uni qisqartirish kerak: bu qoldirilgan barglar novdalar bo‘g‘imida to‘planadigan va shakllanayotgan kurtaklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar yetishtirishga yordam beradi. Bunday holda meva tugishi va hosildorligi kelasi yili yuqori bo‘ladi.
Kuchli o‘sadigan novdalarni olib tashlash. Tokning deyarli har bir tupida kuchli o‘sadigan, ba’zan esa surh novdalar ham bo‘ladi. Bular tana asosidagi zangda va ma’danli zanglarda joylashadi. Ular birinchi va ikkinchi yili kam hosil beradi. Bularning hosildorligini oshirish maqsadida tupning o‘sish kuchini ularda qo‘ltiq novdalar hosil bo‘lishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Bunda har bir novda uchun 3–4 qo‘ltiq novda qoldiriladi.
Qo‘ltiq novdalarda hosil yetishtirish va novdalarning uchini kesish. Novdalarning uchi chilpib tashlanganda oziq moddalar shakllanayotgan qo‘ltiq kurtaklarga boradi, bu esa ko‘p navlardagi ana shunday kurtaklardan to‘pgul hosil bo‘lishiga yordam beradi. Sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan qo‘ltiq novdalar tez o‘sadi va yuqori agrotexnika qo‘llanganda anchagina mo‘l hosil beradi.
Tok barglari va uzum boshlarini siyraklashtirish. Uzum boshlariga havo kirishi va yorug‘lik tushishi uchun tok barglari siyraklashtiriladi. Buning natijasida g‘ujumlari yaxshi rang tortadi. Bu, ayniqsa, uzumning xo‘raki navlari uchun zarur. Bu ishni asosiy g‘ujumlar yumshay boshlagan vaqtga to‘g‘rilash mumkin, chunki g‘ujumlarni oftob urishidan saqlash kerak. faqat uzum boshi pastidagi novdaning barglari yoki hosilsiz novdalardagi soya beradigan barglar olib tashlanadi. Shu bilan bir vaqtda kuchsiz ri vojlangan keraksiz yashil novdalar olib tashlanadi, bu keyinchalik tokni ke sishni osonlashtiradi.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish