Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 13,62 Mb.
bet76/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Kurash choralari: O‘rgimchak va tok kanalarini yo‘qotish uchun toklarga kuzda 5 li, ko‘klamda va yozda 0,5 li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi. Yoki ko‘klamda oltingugurt talqoni bilan ohak kukuni aralashmasi changitiladi.
Nazorat savollari:

  1. Tokzor uchun joy tanlashning asosiy xususiyatlarini ayting.

  2. Oziqlantirish maydoni deganda nimani tushunasiz?

  3. O‘zbekistonda keng tarqalgan uzum ekish tartibi qanday?

  4. O‘zbekiston sharoitida ko‘chat ekish muddatlari qanaqa?

  5. Tokzor barpo qilish to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  6. Tok ekishning qaysi usullarini bilasiz?

8. TOKZORGA ISHLOV BERISH
(2 soat)
Tokning yashil qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga quyidagilar kiradi: yashil novdalarni xomtok qilish, novdalar uchini chilpish, tok gullarini sun’iy va qo‘shimcha changlash, uzum boshlari va g‘ujumlarini siyraklashtirish, novdalarni halqalash hamda uzum pishish davrida hosilga soya solib turuvchi barglarni olib tashlash.
Bu ishlarning barchasi fitotexnika deb atalib, ularni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi, oziqlantirishni tartibga solish, yorug‘lik, issiqlikdan samarali foydalanish, vegetativ hamda generativ organlarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratish, tok tuplarining shaklini saqlash va h.k. dan iborat. Ortiqcha novda va barglarni olib tashlash ona tokzorlarda ham amalga oshiriladi. Bu sog‘lom va sifatli qalamchalar tayyorlanadigan yaxshi rivojlangan novdalarni yetishtirish imkonini beradi (Sh. Temurov, 2002).
Xomtok. Xomtok qilish – ortiqcha yashil novdalarni olib tashlab, qolgan novdalarning rivojlanishi, tupning yaxshi yetilishi, to‘pgullarning changlanishi va meva tugishi uchun sharoit yara tishdan iborat.
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida novdalar 10–15 sm ga yetganda xomtok qilinishi boshlash kerak, chunki shundagina hosil beradigan va bermaydigan novdalarni bir-biridan farq qilish mumkin bo‘ladi. Birinchi xomtok gullaguncha tugallanishi lozim. Yashil novdada birinchi gajakdan yuqorida, odatda, to‘pgul hosil bo‘lmaydi, shuning uchun birinchi gajak paydo bo‘lib, unda to‘pgul bo‘lmasa, hosilsiz novda bo‘ladi, uni xomtok qilish va olib tashlash mumkin. Xomtokni kechiktirib bo‘lmaydi, uni novdalar hali yumshoqligida va ularga hali oziq moddalar ko‘p sarflanmaganda o‘tkazish lozim. Tokni pastki qismidan xomtok qila boshlash ke rak. hosil novdasidagi ortiqcha yashil novdalar, birinchi navbatda, qo‘sh novdaning hosilsiz, eng kuchsiz bittasini olib tashlash so‘ngra esa hosilsiz, kuchsiz, to‘mtoq o‘sgan, noqulay joylashgan ba’zi novdalarini o‘z vaqtida siyraklashtirish kerak. O‘rinbosar butoqda ikkita novda qoldiriladi: keraksiz uchinchisi eng pastki va tupning ichkari tomoniga qarab o‘sayotgani olib tashlanadi.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish