Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 13,62 Mb.
bet82/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

11. HOSILNI YIG‘IB OLISH, MEVA
VA UZUMLARNI QAYTA ISHLASH
(2 soat)
Mevalarni yig‘ib olish. Mevalarni to‘kilib nobud bo‘lishidan saqlash va yuqori sifatli mahsulot olish maqsadida ularni bir martaning o‘zida terib olmasdan, balki navlarning biologik xususiyatlari va pishishiga qarab 2–3 marta saralab terilsa katta iqtisodiy daromad keltiradi. Mevalar asosan qo‘l bilan teriladi.
Daraxtlarni silkitib mevalarni qoqib olishga hech yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu jarayonda hosilning nobud bo‘lishidan tashqari, daraxtning o‘sishi va rivojlanishiga ham zarar yetadi. Shuning uchun mevalarni bandi bilan birga uzib olish kerak. O‘zbekiston sharoitida mevalar quyidagi usullarda teriladi: oldin mevaning osti tomonidan qo‘l bilan ushlab, bosh va o‘rta barmoq bilan meva bandining shoxchaga tutashgan joyini siqib turib, ikkinchi qo‘l bilan shoxchani mahkam ushlagandan keyin, birinchi qo‘l bilan mevani ozroq yuqoriga ko‘tarib bandi sekin burab uziladi. Bu jarayonda mevaga deyarli zarar yetkazilmaydi.
Mevalarni ikki qo‘llab ham uzish mumkin. O‘rik va shaftoli terishda bir qo‘l bilan shoxchani ushlab, ikkinchi qo‘l bilan mevalar teriladi. Shuningdek, mevalarni barmoq uchi bilan tortish yoki bandini mevaga tutashgan joyidan burab uzish ham yaramaydi.
Mevalar savat va chelaklarga yotqizib qo‘yilmasdan yoni bilan tikka qilib qo‘yiladi. Mevalarni quruq havoda va ustidagi shudringi qurigandan keyin terilsa, ularni saqlanish xususiyati ortadi.
Uzum solinadigan idishlar nihoyat darajada toza bo‘lishi shart. Chunki uzumga turli hidlar juda tez o‘tirib qoladi. Shuning uchun idishlar har kuni kechqurun yaxshilab yuvilishi kerak.
Saralash. Saralash vaqtida mevalarning kasallangan va zarar langanlari ajratib olinadi. Meva va uzumlarning bozor iqtisodi yoti sharoitida raqobatbardoshligini inobatga olgan holda saralash tavsiya etiladi. Meva va uzumlar ikki jarayonda, ya’ni birinchisi sifatiga va ikkinchisi kattaligiga qarab saralanadi.
Mevalarni xillash. Mevalar sifatiga qarab saralangandan keyin, kattaligiga qarab xillanadi. Xillash paytida mevalarni tovar navi bir xilda bo‘lgan bir necha turkumga ajratib, keyin idishlarga joylashtiriladi. Mevalarni xillashdan maqsad shundan iboratki, ularning idishlarda chayqalmasligi, to‘g‘ri joylanishi, har bir ya shikka ma’lum miqdordagi mevaning solinishi, mahsulotning sifatli bo‘lib ko‘rinishi hamda ularni omborlarda saqlash va sotish ishlarini to‘g‘ri uyushtirishdan iboratdir.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish