Mevalarni quritish. Meva va uzumlar maxsus quritish maydonlarida oftobda quritiladi. Mevalarni tashib keltirishni yengillatish uchun bunday maydonlarni mevali bog‘lar va tokzorlarga yaqin joylarda qurish tavsiya etiladi. Toza va rangi chiroyli qoqi olish uchun mevalarni taxta patnislar ustida quritish kerak. Uzumlarni qaynoq ishqor eritmasiga solib olish uchun bitta o‘choq qurilib, uning har biriga 250–300 litrli ikkita qozon o‘rnatiladi. Kattaroq bog‘larda esa ishni tezlatish uchun ana shunday qozonlar o‘rnatiladigan ikkita o‘choq qurilishi shart.
Qozonlar bir-biriga yonma-yon quriladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 350 litrli qozondagi ishqor eritmasini o‘zgartir masdan turib 6 s uzumni ishqorlab chiqish mumkin emas.
Nazorat savollari:
Meva va uzumlarning texnik pishishi deganda nimani tushunasiz?
Meva va uzumlarni terish texnikasini aytib bering.
Saralash va uning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?
Mevalarni xillashnima maqsadda o‘tkaziladi?
Meva va uzum quritish usullarini tavsiflab bering.
12- amaliy mashg‘ulot
12. MEVA VA UZUMLARNI
QAYTA ISHLASH USULLARI
(2 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni meva va uzumlarni quritish hamda ho‘lligicha asrash usullari bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:
1. Sh. Temurov. Uzumchilik. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – 2002, 180–188-betlar.
Qisqacha tushuntirish:
O‘zbekiston quritilgan meva yetkazib berish bo‘yicha dunyoda asosiy o‘rinni egallaydi. Mevalar pishgan vaqtda bulutsiz va yog‘ingarchiliksiz kunlarning uzoq turishi, havoning quruq va issiq bo‘lishi mevalarni quyosh nurida quritishga katta imkon beradi.
Bog‘ va tokzorlar maydonining kengayishi va ularning yildanyilga hosildorligi oshib borishi fermer xo‘jaliklarida meva va uzumlardan quritish ishlarini keng hajmda uyushtirishni talab qiladi.
Terilgan hosil xo‘jalikning o‘zida avtomobil, traktor hamda ot aravada tashiladi. Uzoq joylarga yuborishda esa avtomobil va temiryo‘l transporti, ba’zan samolyotlardan foydalaniladi. Ayniqsa, avtorefrijeratorlar, refrijeratorli vagonlarda (harorat 2–5°C) tashish juda qulay. Buning uchun oldindan maxsus sovitkichlarda uzumni 12– 20°C haroratda ushlab turish lozim. Temiryo‘1 transporti orqali jo‘natiladigan uzumning yaxshi saqlanib borishi uchun uzum solingan har bir yashikka 10 gr kaliy metabisulfitning tabletkalari joylashtirilishi lozim. Ulardan ajralib chiqadigan angidrid gazi g‘ujumlarni mog‘orlashdan saqlaydi.
Qishda saqlashga mo‘ljallangan uzumlar GOST talabidagi ya shi klaкga bandini yuqoriga qaratib joylanadi. Maxsus sovitkichlarga joylashdan oldin xona oltingugurt gazi bilan dudlanadi. Uzum havo harorati 1–2°C, namligi 90–95 foiz atrofida saqlanishi lozim. Sovitkichlardagi uzumni birdaniga issiq muhitga olib chiqish yaramaydi («terlab» tezda qorayadi).
Quritilgan mahsulotlar tezda o‘ziga namni tortib olib, bir-biriga yopishib qoladi, bosilib ketadi. Shuning uchun meva qoqilari va mayizlarni taxta polli, quruq binolar ichida saqlash kerak. Quruq mahsulot ozroq bo‘lsa ularni qoplarga solib ham saqlash mumkin, ammo ularni vaqti-vaqti bilan qoplardan ag‘darib, shamollatib tu rish kerak.
Ko‘p miqdordagi qoqi esa binoga 2 metrcha qalinlikda yoyib qo‘yiladi. Saqlash vaqtida bir-biriga yopishib ketmaslikgi uchun yog‘och kurak bilan tez-tez ag‘darib turish lozim.
O‘zbekiston sharoitida mevalardan pyure, pavidlo, murabbo, djem, uzumlardan esa sharbat, shinni, kompot, pastila va sukatalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |