II. BOB. Shayboniylar davlati huquq tizimi
2.1. Buxoro xonligida davlatning ichki va tashqi siyosati
2.2. Buxoro xonligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat sifatida namoyon bo’lishi
2.3. Shayboniylar davlati boshqaruvida Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar.
Xulosa Foyddalanilgan adabiyotlar
Kirish Ma’lumki, XIV asr boshlariga kelib, 1236 yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketadi va uning sharqiy qimida Oq O‘rda davlati tashkil topadi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar “O‘zbeklar mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi. Movarounnahrdagi o‘zaro kurashlardan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi.
Manbalarning (Mulla Shodi, “Fathnoma”) ma’lumot berishicha 864 hijriy (1459-1460 yy.) yilda Abulxayrxonning katta o‘g‘li Shohbudog‘ vafot etadi. Undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg‘ur Boyshayx ko‘kaldosh tarbiyasiga beriladi. Shohbudog‘ning katta o‘g‘li Muhammad Shohbaxt keyinchalik Shayboniylar davltiga asos soladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon iste’dodli shoir va sarkarda, zamonasining o‘qimishli va bilimdon kishilaridan bo‘lgan.
XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olgan edi. Ko‘pgina mulklar va viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Hisor, Samarqand bilan Buxoro, Toshkent, Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab,ko‘p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar edilar. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Shayboniyxon esa temuriylar hukmronligiga barham berish uchun bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga harakat qildi.
Temuriylar o‘rtasidagi sulolaviy urishlar, keyinroq esa Shayboniyxon qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashda Toshkent mulki zodagonlari katta rol o‘ynadilar. 1485 yilda Toshkent hokimiyatini mashhur diniy arbob Xo‘ja Ahror yordamida Yunusxon egallagan bo‘lsa, uning vafotidan so‘ng o‘g‘li Mahmudxon(1487-1503yy) Toshkent taxtini egallaydi.
Mahmudxon temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxon ittifoqini umid qilgan bo‘lsa-da, niyatiga yeta olmadi. 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzo vafot etgach, temuriylar o‘rtasidagi nizolar yanada kuchayib ketdi. Bundan foydalangan Shayboniyxon 1497 va 1499 yillarda Samarqandga hujum uyushtirib, uni ikki marta qamal qildi.
1500 yilda Andijon hokimi Bobur Mirzo Samarqandga yurish qildi. Ammo, Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qildi hamda shahar hokimi Sulton Ali bilan kelishib, Samarqandni egalladi. Boburning Samarqandni egallash borasidagi harakatlari zoye ketdi. Bunga qadar Shayboniyxon Buxoroni ham qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng Shayboniyxon 1503 yil bahorida asosiy qo‘shinlari bilan Toshkent hokimi Mahmudxon va Farg‘ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent viloyatidagi Shohruhiya va boshqa ko‘pgina qal’alarni bosib olishga erishadi. Farg‘onadagi Arxian qal’asi yonida bo‘lgan shafqatsiz jangda Maxmudxon halok bo‘ladi va Toshkentda qoldirilgan uning o‘g‘li Muhammad Sulton Shayboniyxon qo‘shinlari yaqinlashishi bilan Toshkentdan qochib ketadi.
Toshkentga mustahkam o‘rnashib olgan Shayboniyxon qo‘shinlarining katta qismi uning ukasi Mahmud Sulton boshchiligida Xorazmga yurish boshladilar. Kat va Buldumsoz qal’alarini egallagan Mahmud Sulton bu hududlardagi bir qism aholini majburan Buxoroga ko‘chirishga buyruq beradi. 1505 yilda o‘n oylik qamaldan so‘ng ko‘chmanchi o‘zbeklar Urganch shahrini egallaydilar.
Shayboniyxonning o‘zi katta qo‘shni bilan 1504 yilda Hisor viloyatiga yurish qildi. Bu paytdagi Hisor viloyatining hokimi Xusravshoh ancha katta harbiy kuchga ega bo‘lsa-da, Shayboniyxonga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Buning natijasida Hisor viloyati barcha tog‘li tumanlari bilan birga Shayboniyxon ixtiyoriga o‘tdi va Qunduz, Tolqon, Badahshon hamda Balx ishg‘ol etildi.
BOB. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi