Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi


Buxoro xonligida davlatning ichki va tashqi siyosati



Download 202,5 Kb.
bet3/8
Sana12.04.2022
Hajmi202,5 Kb.
#547185
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoro xonligi shayboniylar sulolasi davlat boshqaruvi tizimi

2.1. Buxoro xonligida davlatning ichki va tashqi siyosati
Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama islomiy shariat qonun-qoidalariga asoslanib tutuvchilar qozilik idoralari edi. Davlatdagi Oliy sudya qozi kalon bo‘lib, viloyat-lardagi jinoyatlarni jazolash viloyat qozilari qo‘lida edi. Oliy jazo- o‘lim hukmini faqat xonning maxsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdorni aniqlashda shariat qonunlariga asosan ikki kishi guvohiligi yetarli bo‘lgan. Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o‘lim jazosi, ma’lum muddatga (ko‘p-chilik hollarda umrbod) zindonga tashlash, tan jazosi berish (darra urish, barmoqlarini kesib tashlash), sazoiy qilish, qoziqqa o‘tkazish kabi jazo choralari ham qo‘llanilgan. Aybdorlarga jazo berish ko‘pincha bozor oldida maxsus maydonda – aholi ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan.
harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari maxsus har-biy sudyalar qozi askar va mufti askar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Mol-mulk bilan bog‘liq jinoyatlar, o‘g‘irlik shariat qonunlari-ga rioya qilmaslik uchun beriladigan jazolar turi ko‘pincha amal-dorlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib ma’lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan belgilab qo‘yilmagan.
Bu davrga oid hujjatlarda (Juybor shayxlari arxivi, Samarqand qozilik idorasi hujjatlari) fuqarolik ishlari, huquqiy ma’muriy jinoyatlar, tartibbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan: Buxorodagi Katta Foziyon va kichik Foziyon madrasasiga tegishli hujjatlarda (1535) madrasada o‘qish va hujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalarga quyidagi jazo choralarini ko‘rilishi qayd etilgan. Agar talaba darslarga bir oy sababsiz qatnashmasa uni hujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi tufayli darslarni yaxshi o‘zlashtira olmasa yoki bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘ta olmasa unga nafaqa to‘lash bekor qilinib, hujara tortib olingan.
Ruzbexon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro", "Suluk al-muluk" «Podsholarning xulq atvorlari» asari (15 bobdan iborat).
Savollarga javob tariqasida yozilgan bo‘lib, davlat ishlarida, musulmonlar bilan o‘zaro munosabatlarda, dorug‘alar tayyorlashda, xiroj, ushr, juzya kabi soliqlarni yig‘ib olishda nimalarga asosla-nish lozimligi va Shayboniyxonlar davlati haqidagi ma’lumotlar yoritib berilgan.
XVI asrga kelib, Movarounnahr davlatchilik va huquqi tarixida Abdulxayrxon avlodlari bo‘lgan dasht o‘zbeklari davlatining tashkil topishi bilan xarakterlanadi.
1558 yilda Abdulxayrxonning avlodlaridan eng yoshi kattasi Pirmuhammad “xonlar xoni” etib saylangan.
Shayboniy sultonlar ichida katta mavqega ega bo‘lgan Ubaydullaxon oliy hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga erishgach, (1533-1539 y). Movarounnahr ayniqsa, Buxoro viloyati har tomonlama rivojlangan. Xonlikning poytaxti Samarqanddan Buxoro shahriga ko‘chirilgan. Shundan so‘ng, Shayboniylar davlati rasman Buxoro xonligi deb atala boshlangan.
Lekin Ubaydullaxonning o‘limidan so‘ng, o‘zbek sultonlari orasidagi kelishmovchiliklar yana kuchayib ketdi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon va Toshkent, Turkistonda Navro‘z Axmadxon hukmronlik qila boshlagan.
Shayboniy sultonlarning yagona davlatga birlashtirishda Abdulla ibn Iskandarxonning roli katta bo‘lgan. Buxoro xonligi taxtida o‘tirgan tog‘asi Pirmuhammad yordamida Miyonkol, Kesh, Buxoro va Nasafni egallangan.
1560 yil otasi Iskandar sultonni Buxoroga olib kelib butun o‘zbeklarning Oliy xoni deb e’lon qiladi. Amalda esa hokimiyatni Abdullaxonning o‘zi boshqargan.
Keyinchalik Abdullaxonning vafotidan so‘ng, Markaziy davlatning zaiflashuvi natijasida Xorazm va Xuroson qo‘ldan ketadi.
Farg‘ona vodiysini, Toshkentni, Samarqand va Zarafshon vohasini katta qismini qozoq xoni Tavakkalxon bosib oladi. 1601 yilda Pirmuhammadning o‘limidan keyin Buxoro taxti yangi sulola Ashtarxoniylar (Joniylar) qo‘liga o‘tgan.
Ashtarxonyilar kelib chiqish Astraxandan bo‘lganligi yoki sulola asoschisi Jonibek sulton nomidan olingan.
Xonlikning asosiy boyligi yer edi. Yer egaligining quyidagi turlari mavjud bo‘lgan:

  1. “Mulkiy sultoniy, mamlok yerlar”- bu yerlardan olinadigan daromad xon va uning xonadoniga tegishli edi.

  2. Xususiy yerlar - ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli bo‘lgan va suyurg‘ol, iqto’, tanho shaklidagi xususiy yerlar.

  3. Vaqf yerlari – diniy tashkilotlarga tegishli yerlar.

Ashtarxoniylar davrida sug‘oriladigan yerlarda O‘rta Osiyo mintaqasi uchun an’anaviy bo‘lgan bug‘doy, arpa, jo‘xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari dasht va tog‘ oldi lalmi yerlarida bug‘doy, arpa, kunjut, tarvuz, qovun va boshqalar ekilib dehqonchilik qilgan.
Bu davrda Shayboniylar davrlaridek ijtimoiy tabaqalar saqlanib qolgan.
1. Oliy tabaqa- xon va yirik saroy amaldorlari.
2. Ulamolar va boshqa diniy amaldorlar (ayniqsa Jo‘ybor xo‘jalari).
3. Raiyat – soliq to‘lovchilar.
4. qullar. (Saroy xizmatidagi qullar, xonning shaxsiy qo‘riq-chilari).
Ashtarxoniylar davrida xonlikning hududi qisqarib ketadi. Xonlik tarkibiga oltita viloyat Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O‘ratepa, Shahrisabz va Fuzor kirgan. Keyinchalik Xisor, Toshkent, Farg‘ona, Turkiston, Balx viloyatlari bo‘ysundirilgan. Ammo hirot va Xorazm xonlik tarkibidan chiqib ketgan.
Buxoro xonligida xon rasman oliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog‘liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi Xutbada qo‘shib o‘qilardi.
Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo‘lib – markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi.
Markaziy boshqaruv xon saroyi amaldorlari qo‘lida bo‘lib, ashtarxoniylar davrida “otaliq” mansabiga ega shaxs katta mavqega ega edi. Bu davrda saroy amaldorlari huddi shayboniylar davridagidek edi. Otalikdan tashqari devonbegi, parvonachi, mushrif, xazinachi va boshqa saroy amaldorlari davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega edilar.
Jumladan, xondan keyingi Otaliq mansabi xonning murabbiysi, maslahatchisi, birinchi vazir lavozimi hisoblangan. Keyinchalik unga Zarafshon daryosi suvini boshqarish vakolati yuklatilgan.
Devonbegi – moliya va soliq ishlarini yuritish, unga raxbarlik qilish, tashqi aloqa masalalari bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari parvonachi, dodxo, ko‘kaldosh katta inoq, qushbegi kabi mansabdorlar ham bo‘lgan.
Xonlik tarkibiga kiruvchi Balx o‘zi xonlik deb atalib, uni taxt vorisi boshqarar edi, u dastlab “navvab” o‘rinbosar yoki xon keyinchalik “kichik xon” deb atalgan. U o‘zining Devoni amorat, amlok, tavadji, moliya devonlaridan tashqari, unga yarim qaram bo‘lgan Badaxshon devonlari kabi markaziy boshqaruv devonlariga ega bo‘lgan.
Ashtarxoniylar davrida harbiy va ma’muriy amaldorlar katta huquqlarga ega edi. Ular bilan bir qatorda yirik din peshvolari xojalar va diniy mansab egalari – Shayxulislom, qozi kalon, sadr va boshqalarning ahamiyati ham katta bo‘lgan. Davlat boshqaruvida Jo‘ybor hojalarining mavqei yuqori bo‘lib, asl diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlanar edi.
Bu davrda qo‘shin uncha yaxshi tashkil qilinmaganligini ko‘ramiz.
Xonlikka xos bo‘lgan xiroj, zakot, ixrojot, boj kabi soliqlardan tashqari juda ko‘plab soliqlar bor edi. Turli soliqlardan tashqari qishloq va shahar aholisi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish ishlari kabi majburiyatlarni ham bajarar edi. Mazkur tadbirlar uchun sarflanadigan xarajatlar aholidan turli yo‘llar bilan undirib olingan. Fuqaroligi bo‘lmagan savdogorlardan boj solig‘i olinargan. Uning miqdori siyosiy munosabatlarga bog‘liq edi.

Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish