Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi



Download 202,5 Kb.
bet7/8
Sana12.04.2022
Hajmi202,5 Kb.
#547185
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoro xonligi shayboniylar sulolasi davlat boshqaruvi tizimi

Xon yasovuli lavozimidagi shaxslar sulola ichki munosabatlariga oid bo‘ladigan tadbirlarni boshqarib turgan. Chunonchi, oliy hukmdor bilan shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatilgan tartib asosida yo‘lga qo‘yish, xonning shahzodalarni qabul qilishi, ularning arzlari, iltimoslarini xonga yetkazish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Shayboniylar xonlari hayotida ovchilik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham xon huzuridagi qushbegi yoki amiri shikor lavozimi ma’suliyatli hisoblangan.
Amiri shikorning vazifasi xon va sultonlarning ovlarini uyushtirib turish bo‘lgan. Ov qilinadigan joy atrofidagi qishloqlar aholisi o‘z ot-ulovi, qurol-aslahasi bilan kelib xon va sultonlarning ov o‘tkazishlarida ularga yordam berish, ular qo‘nib qolganlarida qo‘noq hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash ishlari ham qushbegining vazifasi hisoblangan. Manba tili bilan aytganda, “turli ovchi qushlar (lochin, burgut-E.B.), tozi itlar va boshqalar” ni tayyorlash ham amiri shikorning zimmasida bo‘lgan.
Davlat dargohidagi xavfsilikni ta’minlash, ichki tartib qoidalar, keldi-ketdidan xabardorlik eshikog‘aboshi lavozimidagi shahs zimmasida bo‘lgan. Ushbu mansab chap eshikog‘aboshi, o‘ng eshikog‘aboshi, eshikog‘aboshi kabi lavozimlarga taqsilanib, bu xizmat vakillari urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib borganlar.
Umuman olganda, A.Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, o‘sha zamonlarga xos ravishda davlatning biror-bir xizmat idorasi, xizmat turi namoyondalari urush paytlarida o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga qo‘shimcha ravishda harbiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Bu holatni miroxo‘r (oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning ta’minoti kabilarga mas’ul), shig‘ovul ( chet el elchilarini qabul qilish bo‘yicha maxsus xizmat boshlig‘i), qushbegi, chuhraboshi (maxsus harbiy qism boshlig‘i), bakovul, dasturxonchi kabi xizmatlar faoliyati orqali ham ko‘rishimiz mumkin. YA’ni, ular o‘z idoraviy vazifalaridan tashqari harbiy yumushlarni ham bajarib kelganlar.
Mamlakatning siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida harbiy ma’muriy amaldorlar, yirik sarkardalar, qo‘shin boshliqlarining (umaro) ham o‘rni katta edi. Dargohdagi harbiy ishlar bilaan bog‘liq chuhraboshi va qurchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig‘i) vazifalaridan tashqari jibachi, jarchi, qorovulbegi, tug‘begi kabi xizmatlar ham bo‘lgan. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarda qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, qo‘shin boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati kabilar katta ahamiyat kasb etgan.
Shayboniylar davlati boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, shayxlar va xojalarning ham mavqei katta bo‘lgan. Eng kuchli hukmdorlar ham ulamolar bilan hisoblashishga majbur bo‘lganlar. XVI asrning boshlarida Shayboniyxon yirik din peshvolarning davlat ishlariga siyosiy ta’sirini anchagina pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan va diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Buxoro xonliligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida, ayniqsa Buxoro shahrida yirik din peshvolarining ta’siri yana kuchayadi. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketadi.
XVI asrning o‘rtalaridan boshlab Jo‘ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini hal qilish darajasidagi mavqega ko‘tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganlar. Manbalarga ko‘ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan biri bo‘lgan Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy va xo‘jalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan. Shayx-ul-islom ham jo‘ybor shayxlari xonadonidan saylangan. Din peshvolari orasida shayx ul-islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi diniy mansablarning mavqei ancha yuqori bo‘lgan.
Xulosa
Balx kо‘li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bо‘lgan ulkan xududlar XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlandi. 1236 yilda Botuxon tomonidan bu yerdagi qipchoq va boshqa turkiy qabilalar bо‘ysunbirilib, Oltin О‘rda davlatiga asos solindi. XIV asr boshlarida bu davlat ikki qismga bо‘linib ketdi va Sharqiy qismi Oq О‘rda yoki manbalarda yоzilishicha «О‘zbeklar mamlakati» deb yuritila boshlandi. XV asr о‘rtalarida Jо‘jining beshinchi о‘g‘li Shaybon urug‘idan bо‘lgan Abulxayrxon (1412-1468) kо‘chmanchi о‘zbeklar davlatiga asos soldi. Abulxayrxon davrida kuchaygan bu davlat uning vafotidan sо‘ng inqirozga uchray boshladi. XV asrning 80-yillarida kо‘chmanchi о‘zbeklar davlati Muhammad Shoxbaxt Shayboniyxon (1451-1510) tomonidan qayta tiklandi va tez orada ancha kuchayib, о‘sha vaqtda ichki siyosiy kurashlar oqibatida inqirozga uchrab, parokandalik hukm surgan. Temuriylarning ichki siyosiy kurashlariga ham ta’sir о‘tkaza boshladi. XVI asrning dastlabki о‘n yilligida temuriylarning Movarounnaxr va Xurosondagi barcha mulklarini Shayboniyxon bosib oldi va bu yerda о‘z davlatiga asos soldi. Muhammad Shayboniyxon, Abusaidxon (1529-1533), Ubaydullaxon (1533-1539), Navrо‘z Axmadxon(1540-1551, Toshkent hokimi), Abdullaxon kabi xonlar xukmronlik qilgan bu davlat XVI asr oxirigacha hukm surdi va о‘zbek davlatchiligi tarixida muxim axamiyatga ega bо‘lgan о‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bо‘ldi.2
Temuriylarga tegishli yerlarni zabt etish natijasida Shayboniylar davlati vujudga keldi. Dastlabki davrlarda Shayboniylar davlati ancha keng hududlarni qamrab olgan edi. Movorounnaxr uning o’zagini tashkil qilgan. Uning tarkibiga Xorazm, Sirdaryo soxilidagi shaxarlar, Toshkent va uning atrofidagi hamda Turkmanistonning Marv shaxrigacha bo’lgan hududlar kirgan.
Shayboniylar davlatida eng oliy davlat idorasi dargox hisoblangan. Uning tepasida oliy xukmdor-xon turgan. Oliy hukmronlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug’ namoyondaga o’tgan. Keyinchalik bu an`ana oilaviy taxt vorisligiga o’tgan. Dargoxda xondan keyin sardor turgan. U xonning eng ishonchli va yaqin kishisi hisoblangan va davlatning ichki va tashqi siyosatiga, harbiy masalalarda xonning eng yaqin maslaxatchisi bo’lgan. Farmon va yorliqlarda sardorning ismi birinchi qayd qilingan. Yuqori mansablardan biri bu otaliq bo’lib, u hokimiyatning joylardagi siyosatini belgilashda katta nufuzga ega bo’lgan. Xonning chiqargan hukmini, yorliq va boshqa rasmiy xujjatlarni o’z egalariga yetkazishda parvonachi javobgar edi. Shuningdek, dargohda dodxox, ko’kaldosh, yasovul, eshikog’aboshi, shayxulislom kabi lavozimlar ham bo’lgan. Shayboniy xonlari davlat hududidagi shaxar, tumanlarni o’z qarindosh – urug’lari o’rtasida taqsimlab, udel boshqaruv tizimini joriy qilganlar. Udel bekliklari mustaqil siyosat yuritishga intilgan.
Shayboniyxon markaziy hokimiyatni kuchaytirishga intilgan markaziy hokimiyatning kuchayuvi o’zaro feodal urushlarning kamayishiga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o’nglanishiga olib kelgan. Mamlakat iktisodiyotini tartibga solish va savdoni jonlantirish maqsadida Shayboniyxon pul isloxoti o’tkazdi. Bu markaziy hokimiyatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini kuchaytirishga va maxalliy hokimlar rolining zaiflashuviga olib keldi. Biroq bu jarayon uzoq davom etmadi. Har bir mahalliy hokim mustaqil bo’lishni istardi va ular ham o’z pullarini zarb qilishdan manfaatdor edilar. Davlat mustaqil bekliklarga bo’linib ketish yillarida bu tendentsiya kuchaydi va markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi.
Shayboniylar davlati о‘z mohiyatiga kо‘ra yirik davlat bо‘lib, davlat tepasida cheklanmagan hokimyatga ega bо‘lgan xon о‘tirgan. Xonlikning siyosiy tizimida va davlat boshqaruvida Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyati bilan birga kо‘chmanchi о‘zbeklar davlatiga xos bо‘lgan an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun-qoidalariga amal qilingan.

Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish