Shodiyona” qo’shig’i sadolari ostida raqs ijro etiladi so’ngida davraga 1- “A” sinf o’quvchilari kirib keladilar.



Download 50 Kb.
Sana10.06.2017
Hajmi50 Kb.
#10814



Boshlovchi: Yaqin o’tgan zamonda, qadimiy shosh tomonda, Yakkaaroy tomonda144-sonli ilm maskani bo’lgan ekan. Bu dargohda ustozlari zukko,

ilm toliblari dono ekan. Ilm maskani bag’ri keng, hushmuomala, oqila, dono ayol ______________ boshqarar ekanlar.

Ilmning poydevori bo’lmish boshlang’ich sinf bo’lgani bois bir necha ustozlar bu sohada nomdor ekanlar. Ayniqsa, 38 nafar bolaga bosh-qosh bo’lib, o’zini fidokorona mehnati bilan nom topgan Umarova Mashrabxon alohuda e’tiborga ega ekanlar. Bugun bu ustozning jajji kichkintoylari, ya’ni 1- “A” sinfida “Savodxonlik bayrami” Alifbo kitobi bilan xayrlashuv kechasi.

Shodiyona” qo’shig’i sadolari ostida raqs ijro etiladi so’ngida davraga 1- “A” sinf o’quvchilari kirib keladilar.

( Monitor orqali 1- “A” sinf o’quvchilarining ilk maktabga qadam qo’ygan onlari tasvirlangan film namoyish etiladi ) O’qituvchining tabrik so’zi:

-Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar, mehri daryo ustozlar, qadrli mehmonlar ! Xush kelibsiz!

- Aziz bolajonlar bugun sizlar uchun quvonchli kun. Chunki siz kitoblarning eng to’ng’ichi- “Alifbe” ni tugatib, “Savodxonlik bayrami”ni nishonlash uchun shay bo’lib turibsizlar.

Bolajonlar, bugun siz,

Ilk dovondan oshasiz.

Barchangiz tirishqoqsiz,

O’qish uchun shishasiz.
Men sizlaega ushbu kunda,

Baxtu omad tilayman.

Kamolingiz ko’rishlikni,

Yaratgandan so’rayman.


Barchangizga bilim berdim,

O’rgatim qaro-oqni.

O’qish ,yozish,sanashniyu

Nuqta,vergul, so’roqni.


Mana bugunsavodxonsiz,

Hech narsaning yo’q kami,

Qutlug’ bo’lsin ushbu ayyom,

“Savodxonlik bayrami!”


O’quvchi: Quyoshdek shu’la sochgan

Bilimga keng yo’l yo’l ochgan.

Bizni erkalab quchgan

Sizgadir ushbu kalom



Hamma: Muallimim assalom!

O’quvchi: Uzun tunlar allalab,

Oq yuyibu oq tarab.

O’stirdingiz erkalab,

Sizgadir ushbu kalom


Hamma: Onajonlar assalom ,otajonlar assalom

O’quvchi: Kunday yorug’ darsxona,

Biz-farzandmiz, soz-ona.

Bo’lib bizga parvona,

Dilda ardoqli kalom


Hamma: Ona maktab assalom

O’quvchi: Dong taratib jaxonga

Erk bergan har bir insonga

Qaytdik dinu iymonga,

Dilda ardoqli kalom


Hamma: Mustaqil yurt assalom

Raqs: Nosirjonova Shirina ijrosida

O’quvchi: Tashnadirman ilmga

Yuraman sizni maqtab,

Nur to’shadiz yo’limga

Mehribonim ustozim

 

O’quvchi: Mehriz bilan yosh yurak

To’lib toshdi limmo-lim.

Bo’lib bilimdon, ziyrak.

Yulduzga yetdi qo’lim.

 

O’quvchi: Kitobning har satrini

O’qirkanman dil cho’g’dir.

Degayman- Bilimdan zo’r

Qudratli qurol yo’qdir.

 

O’quvchilar ijrosida “Ta’zim sizga” qo’shig’ini hamma birgalikda aytadilar

O’quvchi: Iye qarang davramizga kim keldi.

 

Alifbe kitobi: Salom, sizga do’stlarim,

Tanishtiray o’zimni.

Har varog’im hikmatli

Tinglang har bir so’zimni

Men ALIFBO kitobi.

Bilimlarning onasi,

Asli mendan boshlanar

Xat-savod durdonasi.

 

O’quvchi: Xush kelibsan ALIFBO,

Davra senga mushtoqdir.

Sen aqlimiz chirog’I,

Etgaymiz seni faxr.

 

O’quvchi: Ilmga asli konsan,

Barchaga do’stu- yorsan.

Kelajagimga oftob,

Sensan qadrdon kitob.

 

O’quvchi: Senda hayotim yo’li,

Gullaydi saxro cho’li.

Misli mash’al mohitob,

Sensan qadrdon kitob.

Davraga maktab kutubxonachis , matematika, ona tili va o’qish kitoblari kirib keladi.

Kutubxonachi: Qani keling davraga,

Hisob ilmi O’qishoy.

Bu qanday davra ekan,

Lol qoldingiz hoyna-hoy.

Voy alifbo kitob ham,

Shu yerda ekan qarang.

Shuncha bola bu yerda?

Sababin qani so’rang.

 

O’qish kitobi: Salom Alifbo kitob,

Xat-savodning onasi.

Bu davraga yeg’ildi,

Bilimdonlar sarasi.

  

Alifbo kitobi: Ey do’stlarim bilsangiz ,

Yeg’ildanin qiz-o’g’lon.

Xat-savodlari chiqdi,

Menla xayrlashar shu on.



Matematika

kitobi: Qani shunday bo’lsa gar,

Bilimlarin sinaylik.

Zukko, donoligini,

Bir imtixon qilaylik.

Bilim haqida maqol,

Qani aytaqol tezroq.



Besh hafar o’quvchilar qo’llarida quyidagi maqollar yozilgan shablonlarni ko’tarib yoddan aytadilar.

1. Kitob bilim bulog’i.

2.Bilimdan ortiq boylik yo’q

3.Oltin zanglamas, bilim eskirmas

4.Aqlning daryosi -bilim

5.O’quv qut berar bilim-sharaf-shon

 

O’qish kitobi: Raxmat sizga bolalar,

Balli sizga donolar,

Taralsin sho’x yallalar.

 

Raqs: Xorazmcha 3 hafar o’quvchi qizlar ijrosida

Alifbe kitobi: Xush vaqt bo’ldingiz mana,

Bo’lib qoldik yaqin do’st .

O’zingizni tainting,

Beramiz ayting bir so’z.


O’qish kitobi: Tanishtirsam o’zimni

O’qish kitob bo’laman.

Nutqingiz bo’lsa go’zal,

Quvonchlarga to’laman.


Matematika kitob:

Qo’shuv,ayiruv, bo’luv,

Va yana ko’paytiruv.

Hisob-kitob sabog’i

Matematika bo’laman.

Hisobni bilsang to’g’ri,

Men yoningda turaman.

 

Ona tili kitobi:

Chiroyli xusni-xatda,

Doimo senga yorman.

Matn tuzib yozishda,

Ona tili men bo’laman.

 

Kutubxonachi: Mana aziz bolajonlar ular bilan ham tanishib

ham oldingiz, keling o’yin kulguni davom ettiraylik.



Birdan uzoqdan 14 nafar o’quvchilarning yeg’i ovozi eshitiladi.

 

Ona tili kitobi: Nega g’amgin, nola hoy

Yordam kerak xoyna-xoy

14nafar o’quvchilarda biri:

Almashtirdilar bizni,

Buzib aytdilar bizni.

Ona tili kitobi:

Keling bolalar yordam beramiz.



O’quvchilar noto’g’ri tuzilgan maqoldagi harflarni o’z o’rniga qo’yib

 

Bilim- boylik kaliti” deb tuzatadilar.



 

14nafar o’quvchilarda birgalikda:

Raxmat deymiz sizlarga

Zukko o’g’il qizlarga

O’qutuvchi:

Aziz bolajonlar mana sizlar uchun qadrli bo’lgan ALIFBE kitobi bilan xayrlashish onlari keldi. Sizlar bu kitob orqali o’qishni yozishni o’rgandingiz. Dil izxorlarlarimizni

aytib kuzatib qolsak.

 

Hamma birgalikda:

Raxmat senga ALIFBO

Qalbimizdasan doimo

 

Alifbt kitobi: Harflarni tanitdim sizga

Yo’l ochdim ilm-fanga

Niyatim bo’ling olim

Daho do’ling dunyoga


O’quvchi:

Senga kichik tuxfa bor

Alifbejon bo’l omon.

6 nafar o’quvchi qo’llarida ALIFBO deb yozilgan va uchar sharlarga ulangan yozuvlar bilan ushbu tilaklarni aytadilar.



A -QL CHIROG’I O’ZING

L -OL ETDI HAR BIR SO’ZING

I -NTILIB BIZ IZLANDIK

F -AZOLARGA YUZLANDIK

B -ILIMSARI INTILIB

E -GALLAYMIZ CHO’QQINI

Nihol” guruhi ijrosida “Alifbo” qo’shig’i

-Shunda sinfga ingliz o’qituvchisi va ber qancha o’quvchilar kirib keladilar. Darslarda o’rganganlari yuzasida ko’rinishlar ijro etadilar.

Poem about number

One,one,one little dogs run

Two,two,two cats see you

Thee,thee,thee birds on the tree

Four,four,four rats on the floor

 

Qo’shiqni harakatlar bilan kuylab beradilar.



O’quvchi: Biz do’st-inoq quvnoqmiz,

O’samiz kun taftida

Dildan kuylaymiz qo’shiq

Vatanimiz haqida.



O’quvchi: Kundan-kunga ortadi

Kuch-qudrat, chiroying ham

Yangi asr so’ngida

Nishonlanar zo’r bayram

 

O’quvchi: Qutlug’ bo’lsin ayyomingiz

Tabriklaymiz barchani

O’smoqdamiz shu serquyosh

Yurt egasi bo’lgani

 

Sardor Mamadaliyevning “Vatan” qo’shig’i ostida raqs ijro etiladi.

 

So’z maktab direktori Nilufar Xusanboyevaga beriladi.



O’z tabrik so’zlarini bolajonlarga izhor etadilar.

 
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish