Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli
Dirabolar assalom
Yuzi gul sochi sumbul
Hurluqolar assalom
Mustaqil yurt gul g’unchasin
Oq yuvib oppoq tarab
Tunu kun parvona bo’lgan
Onajonlar assalom!
Xurmatli opa–singillar,aziz bolajanloar,mexribon onajonlar.Mana fasillar ichida go’zal bo’lgan baxor fasli xam kirib keldi. O’z tarovatini sochgan bu bayram qutlug’ bayramdur.Chunki siz mo’tabar va aziz onajonlar “8 – mart”bayramini nishonlaymiz. Sizlarga uzoq umur, baxt saodat, ishlaringizga kata yutuqlar tilaymiz swizlarni baxorgi kayifyat xech qachon tarketmasin
Bayramingiz qutlug’ bo’lsin.
Xozir bayram dasturini ochib berish uchun so’zni bog’cha mudirasiga beramiz.
Raqs “Bahor valsi”
1
2
3
4
5
Boshlovchi: Mart oyida bordur shunday 8 – raqam
Aytingchi nima bildirar ushbu raqam.
Bolajonlar: Onajonlar bayramin!
Bola: Qirga chiqsam lolalardan
Gullar sizga assalom
Poyingizga gul to’shalsin
Mexribonlar assalom
Onajonlar, mexribonlar!
Sizga ta’zim assalom!
Boshlovchi: Xurmatli opa – singillar, onajonlar!Xozirgi kunda janiyatimizni ayollarsiz, xotin – qizlarning faolligisiz tasavvur qila olmaymiz.Qaysi soxaga qaramaylig xotin – qizlarimizni fidonokorona mexnatini ko’ramiz. Ayollarimiz xam oyilada, xam jamiyatda, xam ish o’rinlarida ularining munosib mexznatlari bilan obro’ e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro’ – etibor yoshligidan berilgan tarbiya va o’z xarakatining maxsulidir.
Raqs
Navbat onalar haqida she’rga
Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh
Mushtipar bir Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan,
Qarzga botar bo‘lsam birovdan
Taskin berib Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr ko‘rsam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim xarob bo‘lsa tuproqdin.
Ohlar urib Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Og‘a-ini o‘rtasida gap…
Alhol, kelib chiqmish ixtilof:
Biri izzat, biri mulk talab.
— Bu oq sutim, mehrimga xilof, —
Deya sho‘rlik Onam yig‘laydir ,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq mag‘lub bo‘lsam maydonda,
Nomim qolmas bo‘lsa jahonda,
Kim do‘st-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Hanim bir yon, men bir yon bo‘lsam,
U ustivor, men uryon bo‘lsam,
Bu ham kamday nogiron bo‘lsam —
Yog‘och otga yonma-yon bo‘lsam
Oy tutilib, Onam yig‘laydir ,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Bo‘lsam gumroh, bo‘lsa gunohim,
Vujudimga solmasdin vahm,
Qabul ayla tavallo-ohim,
Darig‘ tutmay mehring, ilohim,
Yig‘latmagil mushfiq Onamni,
Volidai Muhtaramamni
Do'stlaringiz bilan baham: |