Mavzu: Xorijda o'tkaziladigan madaniy tadbirlar ssenariylari qiyosiy tahlili.
Reja:
1) Madaniy tadbirlarning jamiyat ma'naviv hayotida tutgan o'rni.
2) Xorijda o'tkaziladigan madaniy tadbirlar ssenariylari qiyosiy tahlili.
1) Yurtimiz mustaqillikka erishgach, kishilar ongi, dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlari, bir so'z bilan aytganda ma’naviymafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Bu borada hukumatimizning ma’naviyat, ma’rifat, mafkura, madaniyat, san’at va g'oyaviy yo'nalish borasida olib borilayotgan hayotiy va odilona siyosati muhim omil bo'lib xizmat etmoqda. Zero, gap ma’naviyat, mafkura, g'oya, san’at, madaniyat va ma’rifat haqida borar ekan, unda madaniy tadbirlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim ahamiyati beqiyosligini hech kim inkor etolmaydi. Ommaviy san’at asarlari hisoblangan teatr, kino yoki ommaviy tadbirlarni mazmunli, maqsadli niyatga erishishda san’atning barcha turlaridan foydalaniladi va tomoshabinlarga taqdim etiladi. Ammo deyarli tashkil etiladigan barcha tadbirlarning asosida ma’naviy, tarbiyaviy va axloqiy, ma’rifiy jarayonlarning yotganligiga shubha yo'q. Madaniy tadbirlarning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o'rni beqiyosdir. Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshinshda madaniy tadbirlarni maqsadli tashkil etish, uni tarbiyaviy jarayonlarga yo'naltirish -hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Joylarda o'tkaziladigan juda ko'p tadbirlarning saviyasi past darajada o'tishi tadbir tashkilotchilarining - madaniy tadbirlarni tashkil etish asoslarini bilmasliklari, tashkil etishmng usul va vositlaridan to'laqonli foydalanmaganliklari, ijodiy hamda tashkiliy ishlarning uyg'unligiga erisholmaganliklari, sahnalashtirish ishlarini, g'oyaviy talqm masalalarini yaxshi bilmasliklaridadir. O'zbekiston davlati mamlakatda insonlarning yashash shartsharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol ishtirok etish, oilasi, kasbi, Vatanini sevish kabi ijobiy xislatlarni jo qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Undan tashqari, madaniy tadbirlar milliy qadriyatlar, an'analar, urf-odatlar asosida vujudga kelgan bo'lib, har bir odamni mehr-shavqatli, mehr-oqibatli bo'lishiga da’vat etadi, yer yuzida barqarorlik, birdamlik va ahillik tabiatini uyg'otadi, xalqlarning madaniyatlarini o'zaro birlashtiradi, boyitadi va eng asosiysi - insonlarning millati, tili va dinidan qat’i nazar, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Inson tarbiyasida, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida madaniy tadbirlaming o'rni muhimdir. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida va axloq qoidalari asosida tarbiyalash, yosh avlodda hayotga qat’iy ishonch va qarashni, mentalitetimizga yot bo'lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura olish qobiliyatini rivojlantirish barcha pedagoglar va madaniy - ma’rifiy ishlar mutasaddilarining asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan ham madaniy tadbirlarni tashkil etish, uning dramaturgiyasini yaratishda ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan manbalarni qo'llay olish, unda odob, axloq, jamiyat taraqqiyoti, insonlarni bilimli, ilmli qilish, ma'naviyat bilan qurollantirish, komil insonni tarbivalashga qaratilgan vazifalar dolzarbtigini yo'qotmaydi. Xo'sh, shunday ekan, madaniy tadbir degan tushunchaga qanday izoh bersak maqsadga muvofiq bo'ladi? O'zbek tilining izohli lug'atida «tadbir» - biron ishni, maqsadni amalga oshirish, ro'yobga chiqarish vositasi - shuning uchun puxta o'ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan amaiiy choralar majmuidir, deyilgan. Madaniy tadbirlar to'g'risida shu soha olimlari turli fikr mulohazalami aytib o'tganlar. Ular bu tushunchani badiiy ommaviy tadbirlar deb, yana boshqalar madaniy-oqartuv, madaniy-ma’rifiy ishlar deb yuritganlar. Madaniy tadbirlar esa bu jarayonlarning barchasini o'zida qamrab oladigan ijodiy va tashkiliy jarayondir. Madaniy tadbirlarni kengroq ma’noda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ommaviy bayramlar, konsert dasturlari, tematik kechalar, turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kornpozitsiya va h.k.lar, bog'lar, maydonlarda o'tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan madaniy tadbir tushunchasiga teng bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda ijodiy, uslubiy jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, to'g'ri tashkil etilgan dasturlar madaniy tadbir desak to'g'ri bo'ladi.
2) Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borilgan darslar samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita o‘qishga boigan qiziqishini oshiradi. Xuddi shu maqsadlardan kelib chiqib, talabalarni mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion - pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo'llanmalar, CD, video, proyektor, tarqatma matenallar, elektron materiallar hamda kompyuter dasturlaridan foydalamladi. Yakka darslarda ham talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatda «texnologiya» atamasining qo'liana boshlanganligi pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildinlayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko'tarilmoqda. Pedagogik texnologiya - hozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo'lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha amaliy vazifalarm yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo'lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajnba, interfaol metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya_ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini, pedagogik mahorat esa- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi Pedagogik mahorat - ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |