Buxoro amirligi
Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakillaridan Abdulfayzxon o‘limidan so‘ng, Buxoro taxtini egallagan Muxammad Raxim mang‘itlar (1756-1759) sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Uning vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga tog‘asi Doniyolbiy mang‘it (1759-1784) o‘tirgan, so‘ngra u hokimiyatni o‘g‘li Shoxmurodga (1785 y) topshirgan.
Shohmurod Mang‘itlar sulolasi ichida birinchi bo‘lib, “amir” unvoni bilan davlatni boshqaradi. Shundan so‘ng bu davlat Buxoro amirligi deb atala boshladi.
Buxoro amirligida ham yer egaligining quyidagi turlari mavjud bo‘lgan:
1. Mulki Sultoniy yoki amloq yerlar, amir, uning yaqinlariga, davlatga tegishli yerlar. (amloqi podshoxiy, amloqi sultoniy). Bun-day yerlar dehqonlarga ijaraga berilar edi. Eng ko‘p soliq xazinaga shu yerdan tushardi. Soliq yig‘uvchilar maxsus ro‘yxat bilan yetishti-rilgan hosilning bir qismini mahsulot hisobidan olardi.
Soliq to‘lash miqdori har 10 botmon hosildan uch botmonni tashkil qilardi.
2. Xususiy yer egaligi “mulki hur” yoki “mulki xoris” yerlardan iborat bo‘lgan. Bunday yerlar tanho, suyurg‘ol, iqto’ tariqasida berilgan.
Tanho- davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiylarga berilgan yer mulklari, ular meros tariqasida o‘tmagan, suyurg‘ol yerlar esa harbiy boshliqlar, davlat arboblari, ulamolarga xizmatlari evaziga berilgan in’om, suyurg‘ol egasi moliyaviy va ma’muriy imtiyozlarga ega bo‘lganlar, iqto’ yerlari ham harbiy-ma’muriy amaldorlarga berilgan. Ulardan olinadigan daromadning bir qismi davlat xazi-nasiga topshirilgan.
3. Yerning uchinchi ko‘rinishi vaqf yerlari, masjid, madrasalar, qabristonlar va boshqa diniy idoralarga tegishli yer mulklaridan iborat.
4. qishloq jamoa yerlariga tegishli yerlar. qishloq boylari egaligidagi yerlar bo‘lib, unda qishloq aholisi ijara asosida dehqon-chilik qilishgan.
Mang‘itlar sulolasi davrida ham eng oliy tabaqa Amir va saroy amaldorlari (vazir-vuzaro) ijtimoiy jihatdan eng katta imtiyozlarga ega bo‘lgan tabaqa edi.
Davlat boshqaruvida ishtirok etadigan harbiy - ma’muriy amaldorlar (umaro) ham nufuzli ijtimoiy tabaqa sanalgan.
Alohida ajralib turadigan oqsuyaklar o‘zlaridan barcha aholidan ustun qo‘yadigan, Muhammad Payg‘ambar avlodidan hisoblangan saidlar hamda hojalar edi. Ular o‘z avlodlari shajarasiga ega bo‘lishlari shart edi. Soliq to‘lovchi aholi, jamiyatdagi barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi ijtimoiy tabaqa raiyat edi. Bundan tashqari Buxoro amirligida qulchilik ham saqlanib qolgan edi. qullar asosan rus, eron millatlarga mansub bo‘lib, ular harbiy talonchilik yurishi paytida qo‘lga olinardi. Turkman hamda qozoqlar olib kelib ularni Buxoro bozorida sotishardi. Manbalarda har biri 40 tagacha qulga egalik qiluvchi badavlat buxoroliklar borligi haqida ma’lumotlar bor.
Shuningdek, manbalarda keltirilishicha, amirlikning barcha aholisi quyidagi tabaqalarga bo‘lingan:
Oqsuyaklar. Ularga Muhammad payg‘ambar avlodlari hisob-langan saidlar hamda hojalar kirgan.
O‘z urug‘iga ega barcha atoqli (o‘zbek) urug‘dor deb atalgan.
Tojiklar, forslarga mansub bo‘lgan shogirpesha.
Madrasani tugatgan yetarli bilimga ega bo‘lgan o‘qimishli kishilar – mullalar.
Bu tabaqalarning barchasi o‘z navbatida sipoyi, ya’ni davlat xizmatida bo‘lgan amaldorlarga va fuqarolarga bo‘lingan.
2.2. Buxoro xonligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat sifatida namoyon bo’lishi
Buxoro xonligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh Arkda hal etilgan. Arkda amir va uning oilasidan tashqari qushbegi, shig‘ovul, to‘pchiboshi, mirzaboshi va ba’zi saroy amaldorlari ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Davlat ahamiyatiga molik ishlarni hal qilish uchun vaqti vaqti bilan Davlat kengashi chaqirilib turilgan. Unda beshtadan yigirmatagacha yung yuqori amaldorlar a’zo bo‘lganlar.
Davlat boshqaruvi ikki bo‘g‘inli markaziy va mahalliy boshqa-ruvdan iborat bo‘lgan. Markaziy boshqaruvni asosan saroy amaldor-lari amalga oshirishgan. Amirdan keyingi mansabdor qushbegi lavo-zimining mavqei juda katta bo‘lgan. Amirlik poytaxti Buxoro shah-rini shax san qushbegining o‘zi boshqargan. U davlat doirasi buyicha bosh vazir hisoblangan. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxoh, xudoychi, mirzaboshi va boshqa saroy amaldorlari, Shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning ham mavqei katta bo‘lgan.
Mahalliy boshqaruv esa viloyatlarga bo‘linib amalga oshiril-gan. Viloyatlarda boshqaruvni amir tomonidan tayinlangan (odatda ular mang‘it urug‘idan bo‘lganlar) beklar tomonidan boshqatilgan. Ular o‘z boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, mirzaboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar (tanobchi, zakotchi), qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq oqsoqollari yordamida bekliklarni idora qilganlar.
Turli davrlarda amirlikning ma’muriy hududi turlicha bo‘lgan. Eng kengaygan davri Amir Nasrullo hukmronligi davri bo‘lib, unda amirlik tarkibida 30ta beklik qarshi, Fuzor, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Boysun, Denov, Sherobod, Xisor, qorategin, Darvoza, Baljuvon, Shuxkon, Rushon, Qo‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Kobadiyon, Kaloor, Kerki, Burdalik, Qalakli, Xorazm, Chorjo‘y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatirchi, Urgut va Samarqand edi. Bekliklar kichik hududiy bo‘linma amlokdorliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularni amlokdor boshqargan. Eng qo‘yi bo‘g‘in qishloq janbar-lari bo‘lib, ular oqsoqol tomonidan boshqarilgan.
Buxoro amirligi harbiy qo‘shini ham otliq va piyoda jangchi-lardan iborat bo‘lib, amirlikning harbiy qudrati Amir Nasrullo davrida ancha kuchayadi. Bu davrda Buxoroda doimiy armiya Sarboz (sipoh) qo‘shin tashkil etildi. Manbalarda keltirilishicha ularning soni 40 mingga yaqin bo‘lgan. Ular asosan qilich, nayza o‘q-yoydan iborat qurollar bilan qurollangan edi.
Oliy harbiy amaldorlar “sarkarda” unvoniga ega bo‘lib, davlat xazinasidan maosh olib turishgan. Amirdan keyin turuvchi eng yuqori harbiy amaldor “dodxoh” (qo‘shin boshlig‘i) turardi. Unga qo‘shinni boshqarishda qo‘rg‘onbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy va ponsad-boshi, churaboshi, yuzboshi, dahboshi kabi harbiy bo‘linma boshliq-lari yordam berishgan.
Sud ishlari.
Buxoro amirligida. Islom davlatlariga xos jinoyat va jazolar mavjud bo‘lgan. Ammo bulardan tashqari, Buxoroda o‘ziga jazoning va jinoyatning o‘ziga xos turlari va ijro etish usullari bo‘lgan. Sayyoh Yefremovning xabar berishicha, XVIII asrning 20-yillarida Buxoroda o‘g‘irlik uchun erkak kishi osib o‘ldirilgan, Xotin kishi ko‘kragigacha ko‘milib, toshbo‘ron qilib o‘ldirilgan. Agar odam o‘ldirish yoki tanga jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, otaliq aybdorni o‘ldirilgan odamning qarindoshlariga tutib bergan. Ular esa aybdorni musulmon huquqidagi «tishga tish» qoidasiga ko‘ra qilgan bo‘lsa, yarador, o‘ldirilgan bo‘lsa, jinoyatchini o‘ldirishgan. Agar er xotinini boshqa shaxs bilan jinsiy aloqa qilayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, uni guvohlantirsa, er ikkalasini ham o‘ldirib, ularning qarindoshlariga xabar bergan. Ular esa, o‘likni olib ko‘mishgan, shu bilan hech qanday sud ishi yuritilmagan. Ko‘rinib turibdiki, bu og‘ir jinoyatlar deb hisoblanib, ular sudsiz, tergovsiz ijro etilgan. Buxoro shahri katta-kichik 366 kvartalga bo‘lingan. Ularning har biri o‘z machitlariga ega bo‘lgan mavzega bo‘linib, oqsoqol tomonidan boshqarilgan, odatda ular keksa savdogarlardan saylanadi. Shuning uchun ham shaharliklar uning odilligiga ko‘proq ishonishgan.
Alohida hollarda amir biror-bir jinoyatni sodir etmaslik uchun qo‘rquv hissini uyg‘otmoqchi bo‘lsa, Mir Arab madrasasi oldidagi minoradan uloqtirish yo‘li bilan qatl qilishga hukm qilingan. Bu jazo odam o‘ldirganlik va yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun ham qo‘llanilgan. Kam ahamiyatli jinoyatlar uchun aybdorning tovoniga yoki ko‘kragiga urish bilan chegaralanilgan. Buxoroda kaltak bilan jazolashning keng qo‘llanilishini bu yerga 1836 yil elchi bo‘lib kelgan P.I.Vitkevich ham ta’kidlab o‘tganidek: “Buxoroda umuman yo‘g‘on kaltak bilan jazolash, shu darajadaki, mahkumning suyaklari sinib ketadi yoki o‘lib qoladi”.
P.I.Vitkevich devordan itarib yuborish jazosining ham bo‘lganligini yozib, uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini ta’kidlagan. Buxoro shahrining devorlari mustahkam, darvozadan kirish joyida, devor ustida maydoncha bo‘lib, ana shu yerdan uning ko‘zi oldida ikki kishi o‘g‘irlik qilganlari uchun itarib yuborilganlarini yozib qoldirgan.
Ulardan birining qo‘li sinib, ikkinchisining esa badanlari momataloq bo‘lib ketgan. Jinoyat va jazo masalalarida mahalliy hukmdorlar faqatgina shariat ko‘rsatmalarigagina amal qilib qolmasdan, o‘zlari ma’qul deb hisoblagan jazolarga ham, uni ijro etish usullariga ham hukm qilganlar.
Jazoning asosiy maqsadi : qoplash, o‘ch olish, xun undirish, qo‘rqitishdan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |