Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet124/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

A maliy topshiriqlar


xozirgi zamon yoshlarining muammolari” mavzusida besh minutlik nutq tayyorlang va o’qib eshittiring.
xamkorlikdagi harakat: “Jamoa yig’ilishi” xizmat o’yini.
Muzokara olib borish va munozaralar; juftlikda ishlash: “mijoz – ijtimoiy xizmatchi”; “ijtimoiy xizmatchi – ish beruvchi”; “ijtimoiy xizmatchi - homiy”. Natija: shartnoma tuzish.
Interv’yu olish ko’nikmasi: anketa-interv’yu tuzish.
o’zining xizmatchisini tinglay bilish: ijtimoiy-pedagogik vazifalarni hal qilish.
Mijoz matnini (ariza, iltimosnoma, shikoyat va h.k.) talqin qila bilish: matnlarni talqin qilish.
Biror bir notiqning nutqini tinglang (yoki o’qing) va u foydalangan nutq taktikalarini ajratishga harakat qilib ko’ring.


Igor Viktorovich Vachkovning psixologik o’yinlari va mashqlari


Mazkur blokda bo’lg’usi ijtimoiy xizmatchi va ijtimoiy pedagoglar uchun kasbiy jihatdan zarur bo’lgan kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar keltiriladi. Samarali muloqot olib borishda o’zga odam timsoliga “kirishib ketish”, uning ichki dunyosini yaxshi tushunish yordam beradi.

“Ko’z urishtirish” mashqi


1-variant. Barcha ishtirokchilar boshlarini quyi solib doira atrofida turishadi. Olib boruvchining komandasi bilan ular bir paytda boshlarini ko’tarishadi. Ularning vazifasi – kim bilandir ko’z urishtirish. Bunga erishgan o’yinchilar juftligi doiradan chiqib ketadi.
2-variant. Avvalgisiga teskari bo’lgan vazifa - hech kim bilan ko’z urishtirmaslik topshiriladi.

“Bir-birlarining rolidagi munozara” mashqi


Boshqa kishining rolini ijro etayotgan qatnashchi faqat uning o’zini tutishi, nutqi, xarakterining imo-ishoralari, mimikasining xususiyatlarinigina emas, balki u yoki bu larajada qarashlari tizimi, qadriyatli ustanovkalari, tafakkur tarzini ham ifodalashi zarur. Buni amalga oshirish unchalik oson emas va unga hamma ham erishavermaydi. SHunga qaramasdan, guruhning ko’pgina ishtirokchilari uchun o’zining xulq-atvori belgilarini chetdan turib kuzatish favqulodda muhim. “Nahotki men shunday qilsam?” – ko’pincha hayron bo’ladi inson, sherigi uning xarakterli hatti-harakatlari yoki ohangidagi xususiyatlarni qanday namoyish etayotganini chetdan kuzatar ekan. Tasdiq javobini olgach, ishtirokchi o’zida yangi qirrani kashf etadi va o’zining jismoniy “men”i to’g’risidagi tasavvurini boyitadi.
1-variant. Guruh ikkiga bo’linadi. Birinchi yarmi munozara qatnashchilarining ichki doirasini, ikkinchi yarmi esa, kuzatuvchilarning tashqi doirasini tashkil etadi. Munozaraning har bir ishtirokchisi ichki doirada turgan guruh a`zolaridan birining nomi yozilgan kartochkani tortadi. Kuzatuvchilardan har biri ishtirokchilardan bittasini kuzatib, u kimning rolini o’ynayotganini aniqlashi kerak.
Olib boruvchi har qanday masalaga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan munozara mavzusini taklif qiladi: “Uy hayvonlari kerakmi?”, “xayotda haqiqiy muhabbat bormi?”, “Ko’z tegishi va kinna kirishiga ishonish mumkinmi?”, “Saylovga borish kerakmi?”, “Odamlardagi qaysi xususiyat jirkanch va qaysi biri jozibador?” va h. k.
Munozara besh-o’n daqiqa davom etishi mumkin. Uning yakunida so’z kuzatuvchilarga beriladi. Ular o’zlari kuzatgan odamning roli to’g’risidagi taxminni bayon qiladilar. Ijrochi bu fikrni tasdiqlashi yoki rad qilishidan avval guruhning boshqa a`zolari, shu jumladan, munozara qatnashchilari o’zlarining taxminlarini olg’a suradilar va ularni asoslashga harakat qilishadi. Munozara qatnashchilari kimni tasvirlagani aniqlangandan keyin rolni qay darajada aniq va muvaffaqiyatli ijro etilgani muhokama qilinadi.
SHundan so’ng munozara qatnashchilari kuzatuvchilarga aylanishadi, ular esa kartochkani olgach, bir-birlarining roliga kirib yangi munozarani boshlashadi.
2-variant. Munozara ishtirokchilari bir-birlarining emas, kuzatuvchilarning rolini o’ynashadi. Ular esa o’z navbatida “o’zlarini“ topish uchun barcha o’yinchilarni kuzatishadi.
3-variant. Agar guruh unchalik katta bo’lmasa, uni ikkiga bo’lishning zarurati yo’q: o’yinchilar munozarada bir-birlarining rolini o’ynashadi va keyin birgalikda har bir kishining rolini aniqlashga harakat qilishadi.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish