Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


-mavzu .Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining kasbiy muloqoti



Download 2,57 Mb.
bet122/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

11-mavzu .Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining kasbiy muloqoti .
Reja:

  1. Ijtimoiy pedagog tushunchasi.

  2. Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining kasbiy muloqoti.

“So’z insonning eng buyuk qurollaridan biridir. SHundayligicha o’zi hech qanday kuchga ega bo’lmasa ham, o’z vaqtida, samimiyat va o’rnida ishlatilsa, u qudratli va qaytarib bo’lmas kuchga aylanadi. U gapirayotgan kishining o’zini ham, atrofdagilarni ham jozibasi bilan ergashtirish va hayratga solish qobiliyatiga ega”.

A. F. Koni


“Ikki vaziyatda so’zlashga kirish: nima demoqchi bo’lganingni yaxshi o’ylab ko’rganingda, yoki biror narsa to’g’risida gapirish zarur bo’lganda; chunki faqat mana shu ikki holatda gapirish jim turishdan yaxshiroqdir, boshqa holatlarda esa gapirgandan ko’ra jim turgan ma`qul”.

Isokrat



Muloqotning asosiy vositalari til, mimika, imo-ishora va harakatlardir. Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining muloqotdan ko’zlagan maqsadlari (O. YA. Goyxmanga ko’ra) axborotni samarali (qisqa vaqt ichida maksimal miqdorda) uzatish va qabul qilish; suhbatdoshini ishontirish va harakatga undash; suhbatdoshi to’g’risida (uning ijtimoiy-madaniy rivojlanish darajasi, ijtimoiy mansubligi, emotsional holati to’g’risida) qo’shimcha axborot olish; o’zini ijobiy taqdim qilish (ijobiy sifatlarini namoyish qilish; suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldira bilish).
xar qanday odam muloqot jarayonida ikki roldan birini: gapiruvchi yoki tinglovchi rolini o’ynaydi. Bir qarashda o’z nutqini ayniqsa, o’zi uchun muhim bo’lgan odamlar guruhi oldida savodli, yorqin, ishonarli, qiziqarli qilib tuzish birovning nutqini eshitishdan ko’ra qiyinroq tuyiladi. Aslida esa bunday emas. Tinglovchi roli ko’pincha qiyinroq bo’ladi, chunki bu rolga maktab ta`limi tizimida tayyorlashmaydi. xar birimiz u yoki bu sababga ko’ra tinglashimiz lozim bo’lgan qiziqarsiz ma`ruzalarni eshitishdagi qiyinchiliklarni engib o’tishimizga to’g’ri kelgan. Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchi professional darajada tinglash va gapirish qobiliyatiga ega bo’lishi, ya`ni uning nutq muloqoti uning kasbiy majburiyatlarini bajarishida zarur qurol bo’lishi lozim.
Eshitadigan odamlar bor va tinglaydigan, ya`ni og’zaki muloqot jarayonida foydali axborotni ola biladigan odamlar bor. Odamlarning 10 %dan kamrog’i suhbatdoshini tinglash qobiliyatiga ega, ayni paytda muloqot o’rnatish uchun tinglovchilik rolini bilish juda muhim. Ommaviy chiqishlar (ma`ruzalar, va`zlar) jarayonida oddiy tinglovchi 25 % samaradorlikka erishishi mumkin.
Tinglashdagi kamchiliklar: fikrlamay va uzuq-yuluq idrok qilish, eshitayotgan axborot va real hayot hodisalari o’rtasida aloqa o’rnata bilmaslik; tinglashga tayyorlik va istakning yo’qligi, diqqatni bo’ladigan omillar (shovqin, kech qolib kelganlar, so’zlayotgan odamning gapirishi va ma`lumotlarni taqdim qilishbdagi g’alati xususiyatlar, gapiruvchi yoki tinglovchining noqulay vaziyat (joy)da ekani).
Samarali tinglash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun quyidagilarga (J. Kepp fikriga ko’ra) amal qilish lozim: diqqatni jamlash; tinglangan axborotni tahlil qilish; tanqidiy tinglash; yordamchi vositalardan foydalana bilish.
Diqqatni jamlay bilish. Tinglovchi nutqni gapiruvchidan ko’ra tezroq tushunishi mumkin. Vaqtdagi ana shu ustunlikdan notiq nima to’g’risida gapirayotganini o’ylab ko’rish, mulohaza va xulosa qilish uchun foydalanish mumkin. Agar vaqt boshqa narsalar to’g’risida o’ylashga, xayol surish va shaxsiy muammolarni hal qilishga sarflansa, diqqatni jamlash mumkin emas. Diqqatni vaqti-vaqti bilan emas, muttasil jamlash lozim.
Diqqatni jamlash faol ijodiy jarayon bo’lib, unga erishish uchun ancha kuch sarf qilish zarur. Diqqatni jamlashga ko’maklashadigan bir nechta maslahat:

  1. Mavzuni oldindan o’ylab ko’ring va notiq uni qanday rivojlantirishi mumkinligini toping.

  2. Notiqqa nisbatan xolis va hamkorlik mavqeini egallang.

  3. U gapirayotgan narsaga qiziqish bildiring.

  4. Nutqning asosiy mazmuni sizga qanday yordam berishi mumkinligini o’ylab ko’ring.

  5. Ko’proq his-tuyg’uni ifodalang.

  6. Berilayotgan axborotdagi hodisalarni oldindan bilishga harakat qiling.

  7. Gapirilayotgan narsalar to’g’risida sizga nimalar ma`lum ekanini eslab ko’ring.

Tinglaganlarni tahlil qilish ko’nikmasi. Ommaviy nutqlarni eshitish juda murakkab. CHunki ularda turfa g’oyalar mavjud bo’lib, ulardan birortasini chetda qoldirilsa, nutq bo’laklari o’rtasidagi aloqa buziladi. Suhbat vaziyatida tinglash osonroq, chunki kerak bo’lganda suhbatdoshga savol berib aniqlik kiritish mumkin. eshitganlarni muvaffaqiyatli tahlil qilish uchun quyidagilarni aniqlash zarur:

    1. nutqning maqsadi. Nutqning maqsadi to’g’risida notiqning o’zi ham kirish qismida aytishb mumkin. Odatda, maqsadiga ko’ra nutqlar uch turga bo’linadi: ishontiruvchi (tegishli dalil va mantiqiy mulohazani talab qiladi); axborot (etuk mulohazalar va aniq faktlar keltiriladi); ko’ngil ochish (yumor, ifodali leksikadan iborat bo’ladi);

    2. asosiy mavzu va uni yoritadigan g’oyalar. Mavzu ko’pincha nutq nomida ifodalanadi yoki notiq uni maxsus ta`kidlaydi. Notiqning g’oyalari bosh mavzuni rivojlantiradi;

    3. dalil shakllari. qanday dalillar keltirilayotganini, ularning qanday tiplaridan va qay darajada foydalanilayotganini belgilash muhim. Illyustratsiya shakllarini: misollar, qiyoslar, statistik ma`lumotlar, iqtiboslar shakllarini ham aniqlash kerak;

    4. qisqa rezyume va yakuniy xulosa shakllari. Notiq chiqishning yakunida o’z g’oyalaridan qanday xulosa chiqarishi va uni bosh mavzu bilan qanday bog’lashini aniqlash ham muhim.

Tanqidiy tinglash qobiliyati quyidagilarni anglatadi:

  1. notiq gapirayotgan narsalarni o’zining shaxsiy tajribasi bilan bog’lay bilish. Ana shunday tajriba mavjud bo’lsa, notiqning ba`zi fikrlariga qo’shilish yoki aksincha qo’shilmaslik mumkin. Mana shu mutanosibliklarni hisobga olsangiz, konstruktiv fikr yuritishga o’rganasiz;

Ijtimoiy xizmatchining faoliyatida telefon orqali so’zlashuvlar katta o’rin tutadi. Telefon orqali muloqot qilish madaniyati quyidagi qoidalarga amal qilishni taqozo etadi:

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish