10-mavzu .Ijtimoiy ish va pedagogika.
Reja:
Pedagogikaning moxiyati va mazmuni .
Ijtimoiy ishning pedagogik mazmuni.
Pedagog va ijtimoiy xizmatchining fukntsiyalari.
“Tarbiya san`ati shunday xususiyatga egaki, u hammaga tanish va tushunarliday ko’rinadi, ba`zilarga esa osonday tuyuladi, u qanchalik tushunarli va oson ko’rinsa, demak odam ham nazariy, ham amaliy jihatdan u bilan shunchalik kam tanish ekan”.
K. D. Ushinskiy
“Men pedagogika nazariyasini juda hurmat qilaman, usiz yashay olmayman, pedagogika nazariyasini sevaman. Bir aniqlik kiritmoqchiman: gap aynan pedagogika nazariyasi to’g’risida bormoqda, ko’pincha uning o’rniga taklif qilinadigan yaxshi istaklar to’plami to’g’risida emas”.
A. S. Makarenko
Pedagogika jamiyatda insonning rivojlanishida ob`ektiv qonuniyatlarini o’rganadigan, inson xulq-atvorini tushuntirib beradigan va mazkur qonunlarni inson hayoti va faoliyatining turli sharoitlarida qo’llash bo’yicha tavsiyalar taklif qiladigan fandir. Siyosatda, madaniyatda, sportda, ishlab chiqarish faoliyatida, oilaviy va intim hayotda yuz beradigan barcha hodisalar pedagogika nuqtai nazaridan qarab chiqilishi mumkin, chunki u inson xulq-atvorini belgilaydigan ruhiy murvatlarni o’rganadi. har bir odam birinchi navbatda odam, shundan keyingina u sportchi, siyosatchi va h. k. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekanlar va bir-birlariga ta`sir o’tkazar ekanlar, barcha uchun umumiy bo’lgan qonunlarga bo’ysunadi. Mishel’ Monten ta`biri bilan aytganda, imperator va etikdo’zning ruhi bir xil andoza asosida bichilgan.
SHunday qilib, pedagogika dunyoga qarashning bir turi, pedagogik tafakkur esa, asta-sekin egallanadigan va o’rganish mumkin bo’lgan alohida va o’ziga xos tafakkurdir. Pedagogika shunday bir sehrli kalitki, uning yordamida insonlar olamidagi barcha qulflar ochilishi mumkin.
Ijtimoiy ish sohasida pedagogika o’zak vazifasini – ijtimoiy ishning faoliyat negizini tashkil qiladi, chunki axborot vazifalari, jamiyat, guruhlardagi munosabatlar, ijtimoiylashuv, shaxsning o’ziga o’zi yordam ko’rsatishga tayyorligini rivojlantirish to’g’risidagi bilimlarning shakllanishi asosan, pedagogik usul va vositalar yordamida hal qilinadi. SHu munosabat bilan ijtimoiy ishning pedagogik asoslari ijtimoiy ishning tamoyillari, mazmuni, usullari, yo’llari va vositalari to’g’risidagi pedagogik nazariyaning elementlarini qamrab olishi lozim. Ijtimoiy ish tarkibida psixologiya bilan birgalikda pedagogika ham tushuntirish funktsiyasini bajaradi. Ijtimoiy vazifalarning hal qilinishi ko’p jihatdan odamlarning tarbiyalanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham pedagogika prognozlash funktsiyasini ham bajaradi. SHaxsning ijtimoiy ish sub`ektlari va ob`ektlari rivojlanishidagi usullar, yo’llar va vositalarni aniqlashda pedagogika etakchi rol o’ynaydi.
Ijtimoiy ishni odamlar madaniyatni o’rganadigan, ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini egallaydigan, moddiy va ijtimoiy munosabatlarga qo’shiladigan o’quv jarayoni sifatida tasavvur qilishi mumkin. SHaxs va jamoaning ijtimoiy shakllanishi tasodifiy jarayon sifatida izohlansa ham, ilmiy asoslangan ijtimoiy ish unga maqsadga yo’naltirilganlik baxsh etadi.
Ijtimoiy ta`lim faqatgina o’quv-mehnat faoliyati differentsiatsiyalashgan va individuallashgan sharoitlardagina samarali bo’lishi mumkin. Ijtimoiy xizmatchi instruktaj o’tkazar ekan, texnologik hujjatlarni o’rganishni tashkil qilar ekan, mijozning faol bo’lishiga erishish uchun, uning mustaqilligini rag’batlantirish uchun intiladi.
Ijroni nazorat qilish va tekshirish bilan birga qo’shilgan odamlarga ishonchning pedagogik takt bilan amalga oshirilishi ijtimoiy ishdagi insonparvarlik tamoyilining ifodasi hisoblanadi. Mutaxassislar doimo ijobiy tajribaga tayanishga, personalni tarbiyalashda optimistik gipotezadan kelib chiqishga intilishadi. Tarbiyaviy ish sharoiti qanchalik murakkab bo’lmasin, har doim ijtimoiylashuv, o’zini-o’zi tarbiyalash, qayta tarbiyalash va o’zini muhofaza qilish murvatlarining shakllanishiga yordam ko’rsatadigan odamlar, omillar, alohida insoniy sifatlar topiladi.
Ijtimoiy ishdagi muhim pedagogik elementlardan biri hamkorlikka tayyor bo’lgan, yordam qabul qila oladigan va ko’rsata oladigan odamning dunyoqarashini belgilaydigan gumanistik qadriyatlarni shakllantirishdir. Pedagogika ijtimoiy faollikka yo’nalish beradi. Bunda ijtimoiy ish odamlarning ongliligi darajasidan mo’ljal oladi. CHuqur, har tomonlama ijtimoiy bilimlar voqelikda yo’l topish, o’zining ehtiyojlari va qobiliyatlarini unga moslashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy ishning zaruriy pedagogik elementlaridan biri ijtimoiy harakatlar, ko’nikma va malakalar shakllantirish bo’lib, odamlar ularning yordamida o’zlariga o’zlari yordam ko’rsatish usullarini egallaydilar.
Ijtimoiy ish oxir-oqibat shaxsni o’zini-o’zi tarbiyalashga olib kelishi, hayotning maqsadi va mazmunini aniqlashga ko’maklashishi, samarali ijtimoiy xulq-atvorga erishish, uzluksiz ta`lim tizimiga qo’shilish vositalarini egallashida yordam berishi lozim.
Ijtimoiy ishning pedagogik mazmuni odamlar xulqini korrektsiya qilish va qayta tarbiyalash bilan belgilanadi. Korrektsiya har qanday faoliyatning zaruriy elementi hisoblanadi, chunki na o’qishda, na mehnatda va na muloqotda birdaniga ijtimoiy muhim bo’lgan natijalarga erishish mumkin emas. Sog’lom va ishga layoqatli jamoani shakllantirish ijtimoiy ishning muhim pedagogik jihatlaridan biri hisoblanadi. SHu yo’l bilan rasmiy va norasmiy liderlikning uyg’unligiga erishiladi, bu esa o’z navbatida nizolarning ehtimolini pasaytiradi, guruhdagi o’zaro yordamni kuchaytiradi.
Ishlab chiqarish razryadini, malakani oshirish, uzluksiz ta`lim, o’zini-o’zi boshqarishda ishtirok etish – bular shunday bosqichlarki, ulardan o’tib borar ekan, inson o’zini namoyon qilish va qaror toptirishning yangi bosqichlariga ko’tariladi.
o’quv-mehnat, sport, badiiy va boshqa turdagi faoliyatlarda yutuqlarga erishishni ta`minlaydigan usullar muhim pedagogik xususiyatlarga ega. Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatning o’zi shaxsni yuksakliklarga ko’taradi. Biroq, ko’pincha unga erishish uchun maxsus usullardan, masalan, mehnatni ilmiy tashkil qilish, individual xususiyatlarni hisobga olish, psixologik jihatdan asoslangan samarali yordam kabilardan foydalanish kerak bo’ladi.
SHaxsning rivojidagi eng yuqori samaraga uni ijodning turli sohalariga jalb etish orqali erishiladi. Muammoli darslar, qo’shimcha darslar, qayta o’qishlar, malakani oshirish jarayonidagi tadqiqotlar tafakkurni rivojlantiradi.
Ijtimoiy rivojlanishga odamlar o’zlarining rivojlanish darajasi, qiziqishlariga ko’ra a`zo bo’lib kiradigan turli ijodiy guruhlar va jamoat birlashmalari ancha katta hissa qo’shadilar.
Ijtimoiy xizmatchining mahorati uning madaniyati, umumiy va kasbiy ma`lumotiga bog’liq bo’ladi. Nazariy va amaliy, psixologik va pedagogik tayyorgarlikdan o’tish ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Fan va amaliy faoliyatning birligi sifatida ko’riladigan ijtimoiy ish pedagogikasi sohasining eng muhim vazifasi insonni tarbiyalash maqsadlari, mazmuni, usullari va vositalarini, uning xulq-atvoriga, turli mintaqaviy sharoitlardagi ijtimoiy o’zaro ta`sirlarining keng doirasiga ta`sir o’tkazish yo’llarini aniqlashdir. U aholining, oilalarning barcha toifalariga qaratilgan bo’lib, ijtimoiy yordam tizimini shakllantirish, eng yaxshi munosabat iqlimini yaratish, ruhiy qulaylik, sotsiomadaniy maydonni shakllantirish shaxsning rivojlanishi va o’zini namoyon qilishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ba`zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ijtimoiy ish pedagogikasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, uning shakllanishi amerikalik Meri Richmond, Jeyms Adams va germaniyalik Adol’f Disterveg va Paul Natorplarning nomlari bilan bog’liq.
Ijtimoiy himoyasizlik, ayniqsa, bolalarning, yoshlarning, qariyalarning himoyasizligi ijtimoiy siyosatga nisbatan an`anaviy yondashuvlarni o’zgartirish, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ekologik-valeologik, ta`lim-madaniy va boshqa imkoniyatlarni (idoralararo asosda) birlashtirishning yangi usullarini jamiyatning asosiy hujayrasi bo’lgan oilani qo’llab-quvvatlash, uning muammolari oldini olish maqsadida birlashtirish yo’llarini izchillik bilan izlash ehtiyojini vujudga keltirdi.
Ijtimoiy ish pedagogikasidan bexabar odam nazarida ijtimoiy xizmatchi faoliyati juda sodda va har qanday odam bajarsa bo’ladiganday tuyuladi: davlat tomonidan ajratilgan nafaqalarni, oziq-ovqatlarni, buyumlarni tarqatish, muhtojlarning ochligini qondirish kabilarning hech qanday murakkabligi yo’qday tuyuladi. Ijtimoiy pedagog to’g’risida esa bundan ham soddaroq fikr yuritiladi. o’quvchi darsda pedagogga xalaqit berayotgan bo’lsa, vazifalarini bajarmasa – mana ijtimoiy pedagogning faoliyat maydoni: ota-onalarni chaqirish, ularga dashnom berish, qarshi choralar ko’rish kerak. “Ijtimoiy ish”, “ijtimoiy pedagogika” tushunchalarining noto’g’ri anglanishi quyidagi narsalar bilan bog’liq: butun boshli maktabga bir ijtimoiy pedagog va mikrorayonga bir ijtimoiy xizmatchi nima bera oladi? Bu kasbning obro’sini tushirish, hozirgi ijtimoiy siyosat g’oyasini buzishdan boshqa narsa emas. Insonning ichki dunyosiga va uni takomillashtirishga yo’naltirilmas ekan, ijtimoiy ish qadrsizlanadi va o’zining gumanistik mazmunini yo’qotadi.
Bugungi kunda tarbiya to’g’risida so’z yuritilar ekan, ko’pincha shaxsning cheklangan makonda: maktab, bolalar bog’chasi, oilada shakllanishini nazarda tutishadi. Pedagogika fanidagi shunday vaziyat amaliyotga ham ta`sir o’tkazmasdan qolmaydi. xozirgi maktablar, oila to’g’risida so’z yuritilar ekan, bolani jazolash (maqtash)ga layoqatli, maktabni ta`minlashda va bayramni tashkil etishda yordam ko’rsata oladigan, ba`zi-ba`zida ota-onalar majlisiga qatnashadigan ota-onalarni tushunishadi. Oila va yaqin atrof-muhit shaxsning shakllanishiga eng kuchli ta`sir o’tkazishi, ular shaxsning ijtimoiylashuvidagi, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishdagi eng qudratli vositalar ekani esdan chiqib qoladi.
Ko’pchilik olimlarning tarbiyaga nisbatan tor qarashlardan qoniqmasligi ta`lim funktsiyalari va tamoyillari, maqsadlarini qayta ko’rib chiqish istagi, ilg’or texnologiyalar, ijtimoiy-pedagogik ishning egiluvchan tashkiliy shakllarini yaratishga intilishlari o’z ichiga insonning hayotiy kuchlarini, uning atrof-muhit va o’zi bilan ijodiy faollik va muayyan sotsiumda o’z hayotini axloqiy jihatdan o’zi tashkil qilishini pedagogik uyushgan tarzda qo’llab-quvvatlashning maqsadga yo’naltirilgan bilimlar tizimini qamrab oladigan g’oya va yondashuvlarini uyg’otishga turtki berdi. Ijtimoiy pedagogika insonning butun hayoti davrlarida va mikromuhitning turli sohalarida ijtimoiy o’zaro ta`sirlariga pedagogik ta`sir o’tkazishni ko’rib chiqadi. SHaxsning faolligi, uning ijtimoiy etukligi ham bevosita insonning muhit bilan o’zaro ta`siriga borib taqaladi.
Pedagogik bilimlar ijtimoiy ishda va oilaga, qariyalarga, ishsizlarga, bemorlarga, nogironlarga, qochqinlarga, yolg’izlarga, boshpanasizlarga, qamalib chiqqanlar va boshqa ko’plab odamlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishda zarur ekani ma`lum bo’ldi. Pedagogik bilim bugungi kunda umumiy madaniyat va ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Sotsiumning butun pedagogik salohiyatini har bir shaxsning individual imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlanishini rag’batlantirish va aholi bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning barcha turlarida foydalanish zarur.
Ijtimoiy ishning pedagogik komponenti ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida ijtimoiy tashabbuslarni, bolalar va kattalarning ijodiy faolligini harakatga keltiradigan, oilaning har bir kishi huquqi va farovonligi to’g’risidagi g’amxo’rligidagi imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish yo’lida samarali va pedagogik jihatdan maqsadga yo’naltirilgan qarorlar qabul qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Ta`lim, ijtimoiy muhofaza, reabilitatsiya muassasalaridan har biri, ijtimoiy xizmatchining mijozlar bilan har bir uchrashuvi bugungi kunda mikromuhit turi, vaziyat, aholi ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab korrektirovka o’tkazishni taqozo qiladi. Pedagogik faoliyat muayyan odamlarning muayyan vaziyatdagi izlanish va ijodidir. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari va usullarini bilish va egallash ijtimoiy pedagoglar, ijtimoiy xizmatchilar va davlatning ijtimoiy siyosatiga ta`sir o’tkazadigan odamlarning keng doirasi uchun juda zarur.
Bir qator fanlar: matematika, fizika, biologiya, geografiya, ximiya, rus tili, adabiyot, chet tillar, iqtisod, etika, estetika va boshqalarning ijtimoiy ish bilan aloqadorligi ko’rib chiqilmadi. Kartochkalarga mana shu va yuqorida ko’rib chiqilgan fanlarning nomini (sinfdagi o’quvchilar soniga monand ravishda) yozib chiqing, kartochkalarni aralashtirib yuboring, keyin har bir o’quvchi bittadan tortib olsin. Besh-etti daqiqa davomida “sizning” faningiz ijtimoiy ishga qo’shadigan hissani isbotlaydigan holatlarning imkoni boricha ko’prog’ini yozib chiqing. Masalan, chet tillar: 1) xorijiy mamlakatlardagi ijtimoiy ish tajribasi bilan tanishib chiqish imkonini beradi, 2) turli mamlakatlardagi ijtimoiy xizmatchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga ko’maklashadi; 3) ijtimoiy xizmatchi dunyoqarashini kengaytiradi. “Auktsion” tashkil qiling. “Sotiladigan narsa” – ijtimoiy ish, “xaridorlar” - boshqa fanlar. “O’zining” fani ijtimoiy ishga eng ko’p hissa qo’shishini isbotlay olgan vakil yutgan hisoblanadi.
o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar
Ba`zan shunday deyishadi: “Pedagogikasiz psixologiya befoyda, psixologiyasiz pedagogika esa bequvvat”. Bu iboraning mazmuni, sizningcha nimadan iborat? Unda qayd etilgan fanlarning sha`ni pastga uriladimi yoki yuksaklikka ko’tariladimi?
Asrlar davomida sinalgan xalq pedagogikasi turganda ilmiy pedagogikaga qanday zarurat bor?
Pedagog va ijtimoiy xizmatchining fukntsiyalarini qiyoslang.
A maliy topshiriq
Mehnat (o’quv) jamoasini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirishni amalga oshirish: a) jamoa rivojidagi yaqin, o’rta, uzoq istiqbolni aniqlash; v) jamoa rivojlanishining mazmuni va vositalarini aniqlash; g) jamoaning o’zini-o’zi boshqarishi qanday bo’lishini tavsiflash; d) jamoa faoliyati natijalarini qanday aks ettirish usulini aniqlash (axborotlar bazasini tashkil qilish bo’yicha tavsiyalar berish).
I gor Viktorovich Vachkovning psixologik o’yinlari va mashqlari
“Ko’zgu - 1” mashqi
Bu mashq o’quvchilar-bo’lg’usi ijtimoiy pedagoglarning kuzatuvchanligi va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunday qobiliyatlarsiz pedagogik ta`sir o’tkazish mumkin emas.
o’yin juftliklari o’tkaziladi. Ishtirokchilardan biri ko’zguga aylanadi. Ikkinchi o’yinchi unga qandaydir harakatni ko’rsatadi, u esa xuddi ko’zguga o’xshab o’sha zahotiyoq shu harakatni takrorlashi lozim.
“Ko’zgu - 2” mashqi
Bu o’yin ham juftliklarda o’tkaziladi. Ishtirokchilardan biri o’z yuzida qandaydir emotsiyani (masalan, g’azabni - lablari qisilgan, qovoqlari solingan; hayratni – og’iz biroz ochilgan, qoshining uchlari biroz ko’tarilgan, ko’zlari keng ochilgan) ifodalaydi, ikkinchi o’yinchi esa yuzida xuddi shu tuyg’ularni ifodalashi va emotsiyani aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |