1
O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA KAFEDRASI
Fizika-matematika fakultetining 4v-kurs talabasi
Gulmirzaeva Xurshidaning bitiruv malakaviy ishi
Quyosh kollektorining effektivligini qizdirilayotgan suv
hajmining funksiyasi sifatida aniqlash
Kafedra mudiri:
Prof B.Abdikamalov.
Ilimiy rahbar:
Dots B.Qunnazarov.
Nukus 2019
2
Mundarija
KIRISH ................................................................................................................. 3
I-BOB. Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlari haqida umumiy
tushunchalar ............................................................................................................ 6
§1.1 Binolarni isitish uchun ananaviy bo’lmagan manbalardan foydalanish 6
§1.2 Quyosh kollektorlarining tuzilishi va ishlashi tamoyillari ...................... 9
§1.3 Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarining umumiy tahlili26
II-BOB . Quyosh kollektorining effektivligini qizdirilayotgan suv hajmining
funksiyasi sifatida aniqlash .................................................................................. 30
§2.1 Labaratoriya ishini bajarish uchun qisqacha nazariy malumotlar. ..... 30
§2.2 Laboratoriya qurilmasi va tajribalarni o’tkazish tartibi....................... 33
§2.3 Labaratorya o’lchov natijalari va ularni hisoblash ................................ 38
XULOSA ................................................................................................................ 39
Adabiyotlar ............................................................................................................ 40
3
KIRISH
Bugungi kunda kelib, aholi sonining oshishi hamda uning ehtiyojlarini
qanoatlantirish uchun zarur bo’lgan energiya miqdoriga bo’lgan talab keskin oshib
ketdi. Biroq ushbu energiya manbaalarining keskin kamayishi natijasida butun
boshli Yer sayyorasida energetik inqiroz vujudga kelmoqda. Bunga sabab qayta
tiklanmaydigan energiya manbalari – quruq va suyuq yoqilg’i manbalarining
keskin kamayishidir. Oqibatda Yer sayyorasida haroratning keskin o’zgarishi, turli
tabiiy ofatlarning ko’payishi ro’y bermoqda. Bundan tashqari, ushbu energiya
manbaalaridan foydalanish natijasida ro’y berayotgan ekologik muammo –
havoning keskin zaharli moddalar bilan ifloslanishi sodir bo’lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan global energetik va ekologik muammolarning oldini
olish uchun insoniyat qayta tiklanadigan energiya manbalariga ehtiyoj sezmoqda.
Bular – oqar suv, shamol, atom, Quyosh va biogaz energiyasi hisoblanadi.
Bugungi kunda kelib, butun dunyo geliofizik olimlari sayyoraning istalgan
nuqtasida qo’llash mumkin bo’lgan Quyosh energiyasidan amalda foydalanish
sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Quyosh kollektorining dastlabki modelini 18 – asrning oxirida
Shvetsariyalik olim Goratsion Sossiyur yaratgan bo’lib, ichida isish xususiyatiga
ega bo’lgan qatlami mavjud shisha va yog’och qutidan iborat qurilma edi. O’sha
vaqtdayoq olim uning “kichkina, arzon va oddiy” ekanligini sezgan edi. Bunday
qurilmalar amaliyotga 19 – asrning oxirida Janubiy Kaliforniyada issiq suvni
isitish uchun foydalanila boshlandi. Quyoshga qaragan tomoni yopiq shisha bilan
qoplanib, yog’och qutiga o’rnatilgan, qora bo’yoq bilan qoplangan suvli bak
ko’rinishidagi sodda Quyosh kollektori ishlab chiqarila boshlandi. Bunday
kollektorlarda kechqurun suv isimasdi, uning qizishi uchun keyingi kunni kutish
kerak edi. 1909 – yil Kaliforniyada Vilyam Beyli zamonaviy yassi kollektorni
yaratdi. Bunda suv to’ldirilgan bak qurilmadan alohida holda bo’lib, unga
borayotgan issiqlik issiqlik almashinuvchi kontur orqali edi.
Quyosh kollektorlarini ishlab – chiqarish sanoati 1940 – yillarning
oxirigacha AQSH Janubiy shtatlarida Kaliforniya va Floridada eng yuksak
4
darajasiga yetdi. Sal keyinroq, elektr va gazdan foydalanish, issiq suvni hosil
qilishni narxi pasayib ketdi va Quyosh kollektorlarini ishlab – chiqarish to’xtatildi.
Quyosh kollektorlarini ishlab – chiqarishning ikkinchi bosqichi 1970 –
yillarga to’g’ri keladi. Chunki bu vaqtda jahon bo’ylab neft inqirozi boshlanib,
energiya bilan ta’minlovchi vositalarning narxi keskin ko’tarilib ketgan edi,
natijada jahonni ko’pgina mamlakatlari, xususan, AQSH, Yaponya, Avstraliya va
O’rta Yer dengizi atrofi hududlarida Quyosh kollektorini ko’p miqdorda ishlab
chiqarish yo’lga qo’yildi.
2000 – yilga kelib, energetika sohasidagi narxlarning oshishi Quyosh
kollektoridan foydalanishni va ishlab – chiqarishni yangi bosqichini boshladi. 2010
– yilni boshiga kelib butun sayyorada Quyosh basseynlari va havo kollektorlarini
hisobga olmaganda 150GVt quvvatli Quyosh kollektorlari o’rnatildi. Har yili 30
GVt dan ortiq quvvatni beradigan Quyosh kollektori o’rnatilyapti, hozirgi kunda
kelib dunyodagi Quyosh kollektorlarining umumiy quvvati 250GVt issiqlik
energiyadan ortiq energiyani ishlab chiqarmoqda va bu ko’rsatgich oshishda
davom etmoqda. Jumladan, Xitoyda 2012 – yilga kelib, Quyosh kollektorla-rining
umumiy maydoni 145mln m², ular berayotgan umumiy issiqlik energiya miqdori
100GVt dan oshdi. Buni taqqoslaydigan bo’lsak, Rossiyadagi barcha atom
stansiyalarining quvvatini birgalikda hisoblaganda ulardan to’rt baravar yuqori
quvvatga ega. Shunisi qiziqki, 15 yil oldin Xitoyda Quyosh kollektorlari deyarli
yo’q edi. Dastlab ushbu yo’nalish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish yo’lga
qo’yilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib hukumat aholi uchun foydali bo’lgan
kollektorlarni yaratishni kengaytirishga imkon yaratgan. Chunki Quyosh
kollektoridan foydalanish iqtisodiy jihatdan juda foydali, o’zining xizmat muddati
davomida Quyosh kollektori shunday miqdordagi energiyani ishlab chiqaradiki,
qurilmani yasashga ketgan xarajatlarni bir necha barobar ortig’i bilan qoplanadi
[1].
Bugungi kunda kelib, Quyosh kollektorlari Quyosh energiyasidan
foydalanishdagi eng samarali qurilma bo’lib qoldi. Agar fotoelektr panellar o’ziga
5
tushayotgan Quyosh energiyasining 14-18% dan foydalansa, Quyosh
kollektoridagi ushbu samara 70 - 80 % ga yetadi.
Oqibatda Yer sayyorasida haroratning keskin o’zgarishi, turli tabiiy
ofatlarning ko’payishi ro’y bermoqda. Bundan tashqari, ushbu energiya
manbaalaridan foydalanish natijasida ro’y berayotgan ekologik muammo –
havoning keskin zaharli moddalar bilan ifloslanishi sodir bo’lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan global energetic va ekologik muammolarni oldini
olish uchun insoniyat qayta tiklanadigan energiya manbalariga ehtiyoj sezmoqda.
Bu ishning asosiy maqsadi quyosh kollektorining effektivligini qizdirilayotgan suv
hajmining funksiyasi sifatida hozirgi zamonaviy labaratoriya asbob uskunalari
yordamida o’rganish bo’lib hisoblanadi. Shuning ichida quyosh energiyasidan
qanday foydalanish, quyosh kollektorlarining tuzilishi va ishlash tamoyillari,
quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlarini umumiy tahlil qilishdan iborat.
Bu bitiruv malakaviy ishining birinchi bo’limida binolarni isitishda ananaviy
bo’lmagan manbalardan foydalanish ularning effektivligini oshirishga bog’liq
bolgan parametrlar, passiv va aktiv isitish tizimlari va ularning ishlash
tamoyillariga bog’liq nazariy malumotlar keltirilgan.
Ishning
ikkinchi
bo’limida
quyosh
kollektorining
effektivligini
qizdirilayotgan suv hajmining funksiyasi sifatida zamonaviy labaratoriya asbob
uskunalari va kompyuter vositalari sharoitida aniqlash boyicha nazariy
malumotlar, ishni bajarish tartibi va olingan natijalar keltirilgan. Labaratoriya
sharoitida olingan natijalar va ularning adabiyotlarda bor bolgan natijalari bilan
taqqoslangan.
Ishning oxirida xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
6
I-BOB. Quyosh energiyasi yordamida suv isitish tizimlari haqida
umumiy tushunchalar
§1.1 Binolarni isitish uchun ananaviy bo’lmagan manbalardan
foydalanish
Isitish tizimlaridan an’anaviy issiqlik manbalari (ko’mir, gaz va suyuq
yoqilg’ilarda ishlaydigan issiqlik chiqarish uskunalari) bilan birqatorda, an’anaviy
bo’lmagan manbalardan, masalan, quyosh va geotyermal suvlar energiyasidan
foydalanish mumkin.
O’zbekiston sharoitida isitish uchun, ayniqsa, quyosh energiyasidan
foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki respublikamiz gelioresurslarga juda ham
boydir.
Quyosh radiatsiyasi deyarli tugamas va ekologik toza energiya manbaidir.
Quyosh energiyasi oqimining quvvati atmosferaning yuqori chegarasida 1,7 ×
10
14
k Vt bo’lsa, yer yuzining sathida - 1,2 × 10
17
ga teng. Yil davomida yerga
tushayotgan quyosh energiyasining umumiy miqdori 1,05 × 10
18
kVt/soatga tendir,
shu jumladan yerning quruqlik yuzasiga 2 × 10
17
kVt/soat to’g’ri keladi. Ekologik
muhitga zarar yetkazmasdan turib, umumiy tushayotgan quyosh energiyasining 1,5
% gacha foydalanish mumkin. Bu juda katta energiya miqdoridir. Agar bu
miqdordan ko’proq quyosh energiyasidan foydalanilsa, unda parnik effekti
natijasida yerning iqlimi o’zgarishi va ekologik muhit buzilishi mumkin.
Quyosh nurlanish oqimining o’rtacha sutkalik intinsivligi tropic zonalari va
cho’llari 210-250 Vt/m
2
[18 – 21,2 mJ/(m
2
sut)], O’zbekistonda 186-214 Vt/m
2
[16,1÷ 28,47 mJ/(m
2
sut)], maksimal miqdori esa (yer yuzining sathida)- 1000
Vt/m
2
, quyosh doimiysi 1530 Vt/m
2
teng (atmosferaning yuqori chegarasida
quyosh nurlariga perpendikular sirtda). Markaziy Osiyo respublikalarida yil
davomida quyosh nur sochishining davomiyligi 2700-3035 soatga teng. Yil
davomida 1 m
2
gorizontal sirtga Ashxabotda-1720 kVtsoat, Toshkentda-1684
kVtsoat, Nukusda-1632 kVt soat, Termizda-1872 kVt soat energiya tushadi.
Quyoshli isitish tizimlari deb, issiqlik manbasi sifatida quyosh
energiyasidan foydalaniladigan tizimlarga aytiladi. Quyoshli isitish tizimlari
boshqa past haroratli isitish tizimlaridan, quyosh energiyasini qabul qilish va uni
7
issiqlik energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan, maxsus elementi-quyosh
kollektori mavjudligi bilan farqlanadi.
Quyosh radiatsiyasidan foydalanish usuliga ko’ra past haroratli quyoshli isitish
tizimlari passiv va aktiv turlarga bo’linadi [1].
Passiv quyoshli isitish tizimlarida, quyosh radiatsiyasini qabul qiladigan
va issiqlikka aylantiradigan element sifatida binoning o’zi yoki uning alohida
qisimlari (devorlar, tom va shunga o’xshash) xizmat qiladi (1-rasm).
Bino kollikto turdagi passiv quyoshli isitish tizimda, quyosh radiatsiyasi
yorug’lik oraliqlari orqali xonalarga kirib, issiqlik tutqichga tushganday bo’ladi.
Qisqa to’lqinli quyosh nurlari deraza oynalaridan erkin o’tib (o’tkazish
koeffisiyenti 0,85÷0,15 ga teng), ichki to’siqlar va mebellarga tushib, issiqlikka
aylanadi. Sirtlarning harorati oshadi, issiqlik havoga va xonaning yorug’lik
tushgan sirtlariga konveksiya va nurlanish orqali beriladi. Bunda sirtlar nurlanishi
uzun to’lqinli sohada sodir bo’ladi va nurlar deraza oynalaridan yomon o’tib
(o’tkazish koeffisienti 0,1÷0,15 ga teng), xonaning ichiga qaytariladi.
Shunday qilib, xonaga kirgan quyosh radiatsiyasi unda deyarli butunlay issiqlikka
aylanadi va xonaning issiqlik yo’qalishlarni to’liq yoki qisman qoplash mumkin.
Ichki massiv to’siqlar issiqlik bir qismini akkumulatsiyalashi quyosh radiatsiyasi
to’xtagandan so’ng uni asta-sekin 6-8 soat davomida xonaga berishi mumkin.
1-rasm.<
quyosh nurlari; 2-nurha shaffofto’soq; 3-havo qatlami; 4-xonaga
8
uzatiladiganqizdirilganhavo; 5-xonada soviganhavo; 6-devor
massivio’zininguzunto’lqinlinurlanishi; 7-devorning qoranurqabulqiluvchisirti; 8-
rostlanuvchan to’sqichlar.
Aktiv past haroratli quyoshli isitish tizimlari deb, quyosh kollektorlari
alohida mustaqil binoga tegishli bo’lmagan qurilmalar ko’rinishiga kirgan
tizmlarga aytiladi.
Hozirgi kunda aktiv quyoshli isitish tizimlarida ikki turdagi quyosh
kollektorlaridan foydalaniladi: konsentratsiyalaydigan va yassi. Bunday quyosh
kollektorlari bilan ishlaydigan quyoshli isitish tizimlari keltirilgan.
O’zbekiston sharoitida faqat quyosh kollektorlari yordamida xonalarni isitish
iqtisodiy nuqtayi nazardan o’zini oqlayolmadi. Shuning uchun bunday isitish
tizimlarda qo’shimcha an’anaviy issiqlik manbayi qo’llaniladi. Bunda quyosh
energiyasining ulushi issiqlik yuklamasidan taxminan 30-50 % ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |