Xususiylashtirish - davlat qo‘lida markazlashgan mol-mulklarni davlat egaligidan chiqarish.
SHartnoma (kontrakt, bitim) - muayyan yuridik oqibatlar, uni tuzuvchi shaxslar uchun ma’lum huquqlar, majburiyatlar hamda javobgarliklar keltirib chiqarishga qaratilgan o‘zaro kelishuv.
Ekologik menejment - korporativ boshqaruv umumiy tizimining bir qismi bo‘lib, aniq tashkiliy tuzilmaga ega va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish orqali ekologik siyosatda qayd etilgan qoidalarga rioya qilishni maqsad qiladi.
Eksport - muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, yetishtirilgan mahsulotni boshqa mamlakatlarga chiqarilishi.
Emissiya - pul belgilari va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish.
Emitent - pul belgisi yoki qimmatli qog‘oz emissiyasini amalga oshiruvchi sub’ekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |