Strategik menejment - kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlari va harakatlariga taalluqli bo‘lgan boshqarish (menejment) funksiyasi. Strategiyani (harakatlar qiyofasi) ifodasi boshqarish yadrosi va kompaniyani yaxshi boshqarishning muhim belgisi hisoblanadi.
Strategik (uzoq muddatli yoki istiqbolli) rejalashtirish - asosan korxona faoliyatining bosh maqsadlarini aniqlash uchun tuziladi va oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, zaruriy resurslar bilan ta’minlash vositalari va uslublarini hisobga olgan holda ko‘zda tutilgan oxirgi natijalarni aniqlashga mo‘ljallanadi.
Tadbirkorlik - ishlab chiqarish va/yoki tovarlar sotish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarishdan tizimli ravishda foyda olib turishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |