Tashkil qilish - tashkilot tuzilmasini shakllantirish, uni resurslar (moddiy, moliyaviy, mehnat) bilan ta’minlash.
Tashkiliy tuzilma - bir butun tizim bo‘lib, uning doirasida ishlayotgan insonlar qo‘yilgan maqsadga samarali erishish imkoniga ega bo‘lishlari uchun maxsus ishlab chiqiladi.
Fond birjasi - oldindan belgilab qo‘yilgan qoidalar asosida muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan qimmatli qog‘ozlar bozorining tashkiliy shakli.
Xodimlarni boshqarish – (ingl. human resources management, HRM, HR-menedjment) - tashkilotni unga yuklatilgan mehnat funksiyalarini bajarishga layoqatli sifatli xodimlar bilan ta’minlashga hamda ulardan optimal foydalanishga yo‘naltirilgan bilimlar va amaliy faoliyatlar sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |