Rejalashtirish - faoliyat maqsadlarini, buning uchun zarur bo‘lgan resurslarni aniqlash, maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish, tashkilotni kelajakdagi rivojlanishini prognoz qilish.
Reinvestitsiya - turli korxonalarga takroran yoki qo‘shimcha sarmoya sarflash. Bunday tarzda qo‘shimcha mablag‘ sarflash olingan foyda hisobiga qo‘lga kiritilgan qog‘ozlar va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Risk-menedjment – (ingl. risk management) - salbiy natijalarni yuzaga kelish extimolligini kamaytirish va extimoliy yo‘qotishlarni minimallashtirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |