Sifatni boshqarish – (ingl. quality control) - tezkor xarakterdagi faoliyat bo‘lib, sifatni rejalashtirish va nazorat qilish, kommunikatsiya (axborot), sifat bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish funksiyasini bajarish hamda qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash maqsadida mahsulot yaratish jarayoniga dahldor rahbarlar va xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar - davlat tomonidan joriy qilingan va jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanishi majburiy bo‘lgan, doimiy tavsifdagi, miqdori avvaldan belgilangan to‘lov turlari.
Sug‘urta - bu uning qatnashchilari o‘rtasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi
Do'stlaringiz bilan baham: |