1.2 Restoran taomnomasini tuzish tartibi
Taomnomani tuzishda taqdim etilayotgan taomlar ratsioniga juda katta e'tibor qaratiladi. Ulardagi oqsil, yog'lar, uglevodlar, aminokislotalar va vitaminlar hisobga olinadi. Taomnomani tuzishda nafaqat ratsionning narxi, balki taomning ko'rinishi va mazasiga katta ahamiyat qaratiladi.
Taomnomani 2-3 xil variantlarda tuzish tavsiya qilinadi, bunda ular taomlar ro'yxati va narxida farqlanadi. Taomnoma mustaqil tanlanishi yoki oldindan tayyorlangn majmuali bo'lishi mumkin (nonushta, tushlik, kechki ovqat).
Vazifalariga ko'ra taomnomalar bir necha turlarga bo'linadi:
~ taomlar erkin tanlab olish bo'yich;
~ kunduz kungi taomlar buyurtmasi bo'yicha;
~ taomlat majmui;
~ domiy taomlar;
~ banletlar;
~ maxsus xizmatlar bo'yicha;
~ parhez taomlar;
~ bolalar uchun taomnoma;
~ kunlik ratsion taomnomasi;
~ бизнес-ланч таомномаси;
~ yakshanba kungi branch taomnomasi.
Taomlar erkin tanlab olish bo'yicha tuziladigan taomnomalar turli korxonalarga mo'ljallab tuziladi. Taomnomada taomlar guruhlarga bo'linib ko'rsatiladi va mijozlar xohlagan taomini tanlaydi.
Taomlar buyurtma beradigan taomnomalar oldingi erkin tanlash bo'yicha taomnomaning bir ko'rinishiga o'xshab katadi. Bu tur taomnomalardan lyuks va oliy toifadagi restoran, kafelarda foydalaniladi. Buyurtma beriladigan taomnomalarga har xil taomlar, sho‘ra, ikkinchi va shirin taomlar kiritiladi. Hamma buyurtma firma taomlari mijozning buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadi va 15-20 daqiqadan so'ng dasturxonga keltiriladi.
Ovqatlanish korxonalarida kunduz kunlari uchun taomnomalar si'ezd, konferensiya, sessiya, kengash, har xil anjuman qatnashchilariga xizmat qilishda tuzilasi. Agar ikkinchi nonushta va tushlik bilan kechki taom orasida ham tamaddi qilinsa, kunduzgi ovqatlanish 3 yoki 4 marta bo'lishi mumkin. Restoranga keluvchilarning yoshlari, milliy xususiyatlariga qarab taom kaloriyasi har xil bo'lishi mumkin. Kunduzgi taomlar taomnomasi erkin tanlab olish asosida bo'ladi. Ovqatlanish korxonalarida bunday taomnomalar, agar mijozlar bir toifadagi doimiy odamlar bo'lsa, o'z imkoniyayidan kelib chiqib bir oylik, 10 va 20 kunlik qilib tuzilishi mumkin. Shifoxona, sanatoriy, dam olish uylari, bolalar bog'chasida kunduzgi tuziladigan taomnomalarda mijozlarning mehnat faoliyati, taomlarning sifat va miqdori hispbga olinadi. Hamma tomonlarini hisobga olib, sutkalik taom uch mahalga bo'linganda nonushta va kechki taom 25% dan 50% ga to'g'ri kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |