REJA:
Kirish
I- BOB . Restoran xizmatlar xususiyatlari va ularning tahlili
1.1Restoran va ovqatlantirish korxonalarda ishlatiladigan idish tovoq va anjomlar.
1.2 Restoran taomnomasini tuzish tartibi
II- BOB . “Osiyo” restoranidagi xizmatlar tahlili.
2.1 “Tanovar Servis” MCHJ ga tegishli“Osiyo” restorani faoliyati tahlili
2.2 “Osiyo” restoranida asosiy va qo’shimcha xizmatlar tahlili
2.3 “Osiyo” restoranida xizmat ko‘rsatish sifatining o‘ziga xos xususiyatlari va ko’rsatiladigan xizmatlar xilma-xilligi
2.4 “Osiyo” restoranida xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etuvchi omillar va gigiyena va mehnatni muhofaza qilishni etish chora tadbirlari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
KIRISH
Bitiruv oldi malakaviy amalyotining maqsadi talabalarning Universitet o’quv jarayonidagi mutaxasisligi bo’yicha olgan bilimlari va mustaqil ish ko’nikmalarini, malakaviy tanishuv amaliyoti bo’yicha analitik va tadqiqot ishlarini mustahkamlashdan va talabani yunalish buyicha tayorlashni yakunlashdan iborat.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti maqsadi xizmat kursatish faoliyatidan xisobi va tahlilining nazariy, amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni takomilashtirish masalalarini taqdiq etishdan iboratdir.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyotining asosiy vazifalari:
Oliy o’quv yurti o’quv jarayonida olgan kasbiy bilimlarini, tarjibalarini va kunikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;
Amaliyot buyicha bilim, tashkiliy kunikmalarini xosil qilish; Talabalarning ish sifatini kelgusida takomillashtirish;
Kommunikativ kunikmalarni rivojlantirish;
Turizim va mehmonxona xujaligi mutaxasisligi kasib etikasi tartiblari mafaatlaridan kelib chiqgan holda muamoli masalalar vailmiy takliflar berish;
Amalyot natijalari tahlil etib,amaliy va ilmiy takliflar berish;
Amaliyot davomida olgan bilimlarni nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot obekti iqtisodiyotni takomillashtirish boyicha mustaqil ravishda taklif berish;
Foydalangan va qollangan adabiyotlar ruyxatini tuzish;
Tanishuv amalyotini otagan abekt va ilmiy rahbar dan taqriz va tafsifnomalar olish;
Amaliyot hisobotini aniq belgilangan muddatda kafedraga to’liq topshirish.
Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedra qoshida tashkil etilgan komissiya huzurida himoya qilish.
Sho’rchi tumanidagi “Osiyo” restorani 2018 yilda ishga tushirilgan. Restoran qulay joylashuvi shahrimizga samarali biznes hamda sayyohlik safarlarini amalga oshirish vaqtida ovqatlanish va madaniy hordiq chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.Restoranda uzluksiz elektr va gaz ta'minoti, avtonom issiqlik ta'minoti, mavsumiy konditsionerlar, mahalliy va shaharlararo telefon aloqasi, simsiz Wi-Fi internet kabi barcha zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari mavjud.
Taklif etilayotga barcha xizmatlar zamonaviy restoranlar talablariga mos ravishda jihozlangan. Restoranda 16 soat xizmat, qo'shimcha xizmatlar, avtoturargoh va internet mavjud. Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda turizm sohasining zamonaviy infratuzilmasini barpo qilish, turizmni rivojlantirishga oid davlat dasturi, xorijiy investorlar ishtirokidagi mehmonxona majmualariga imtiyozlar berish, mamlakatimizda mehmonxona biznesini rivojlantirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘plab sohalari chet el investorlari va hamkor sheriklari bilan xorijda ishlarni muvaffaqiyatli olib bormoqdaki, buning evaziga O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turli mamlakat turistlari va namoyondalari soni o‘sib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Shu tufayli mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, assortimentini oshirish zarurati ham ortib bormoqda. Aynan shular mazkur malakaviy ishining dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |