Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Oshxona jihozlariga qo’yilgan sanitariya gigenik talablar


Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati



Download 75,12 Kb.
bet5/10
Sana06.09.2021
Hajmi75,12 Kb.
#166081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
diplom ishi

Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati: maktabgacha ta`lim muassasasi bolalarini ovqatlantirishda oziq-ovqat tayyorlash samaradorligi va ish sifatini oshirishga oid ma’lumotlarni to’plash hamd a MTT xodimlarining ish jarayonida amaliy yordam berish bilan ahamiyatlidir.

Tadqiqot ishining tuzilishi: Kirish, 2-bob, ilova, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida oshxona jihozlarini qabul qilish va saqlash

I.1. Maktabgacha ta`lim tashkilotining oshxona jihozlari

Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo`lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalariga muvofiq ularning sog’lom ovqatlanishi maktabgacha ta’lim tashkilotining oshxona jihozlarining sanitariya va gigena talablari mos ravishda olib borishi bilan bog’liq sanaladi.4

Oshxona jihozlari quyidagi talablarga : maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigenik talablarga, oziq-ovqatlarni saqlash bo’yicha sanitariya gigenik talablarga javob bera olishi lozim. Oshxona jihozlariga quyidagilar kiradi: ovqatlanish xonasi uchun jihozlar, ovqat tayyorlash xonasi uchun jihozlar, oziq-ovqat saqlash uchun jihozlarga bo’linadi.

Oshxona jixozlarida ovqatlanish xonasi, oshxona mebllari ovqatlanish stol-stullari (MTT quvvatidan kelib chiqan holda) 7-30 tagacha to’plam, idish- tovoqlar uchun javon 1 dona, oshxona asbob-anjomlari: idish-tovoq yuvish xonasi uchun moslama (moyka) tarbiyalanuvchilar sonindan kelib chiqib 150 tagacha yoki 150 tadan oshganda 1 ta to’plam, bak idish-tovoq ivitish uchun 2 dona, idish-tovoqlar to’plami 2 to’plam, chelak 1 dona, kostrulka 1 dona, choygum 1 dona, kontner(non uchun) 1 dona, cho’mich 1 dona, kapkir 1 dona, qoshiq 1 dona, sanchiqi (vilka) 1 dona, ovqat qoldiqlari uchun qopqoqli idish 2 dona bo’lishi lozim.Ovqat tayyorlash xonasida Javon (non uchun) 1 dona, Ish stoli (temir) 6 dona, Idish-tovoq uchun javon 1 dona, ovqat tarqatish stoli 1 dona, elektr plita ( 6 konforali) 1 dona, elektr qozon 1 dona, elektr tovon, titan choy qaynatkich 1 dona,

Sh.Sodikova Maktabgacha pedagogika T. Fan va texnologiya, 2012y

go’sht qiymalagich 2 dona, qasqon (80 tali) 4 dona, kostrulcha ( 40 litr)4 dona,chelak 4 dona, hamir qorish uchun yog’och kurakcha 1 to’plam, pichoq (turli mahsulotlar uchun) 8 dona, yog’tuz va boshqa masaliqlarni saqlash idishi 2 to’plam, qirg’ich 4 dona, chovil 4 dona, kapkir 2 dona,cho’mich 2 dona, elak 2 dona, g’alvir 2 dona, chovgum 2 dona, tova 6 dona, taxtakach 6 dona, o’qlov 2 dona, juva 4 dona, tog’ara to’plam 10 dona, o’lchov krujkasi to’plam 2, tarozi 1 dona bo’lishi kerak.

Oziq-ovqatlarni saqlash uchun jihozlarga sovutgich (muzlatgich) 6 tagacha bo’lsa 2 ta 6tadan oshsa 3ta, maxsulot saqlash uchun idish 8 dona, sut uchun bidon 2 dona, suv uchun bidon 2dona ajratiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilingan bo’lib, mazkur nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.Ushbu nizom talablari davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim muassasalari deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o‘rinlarda oshxona deb ataladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad va vazifalari Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi. Quyidagilar maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish;

-tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;

-oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;

-tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

-taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablarga quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

-tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing korxonalari jalb qilinmagan hollarda bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tomonidan tashkil etish;

-tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish;

-oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi;

-taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

-taomnomaga muvofiq mahsulotlar to‘liq yetkazilishi va sarflanishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

-oshpazlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qo‘yilishi.

-Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari mas’ul hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun oshxonalarda sog‘lom ovqatlantirish tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq ravishda tuzilgan. Bunda:

-tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy taomnomalar asosida o‘n kunlik taxminiy taomnomalar oldindan tuziladi;

-taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi ish kuni uchun soat 16.00 ga qadar hamshira tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi va ombor mudiri yoki omborchi ishtirokida tuziladi;

-taomnoma asosida keyingi kun uchun oziq-ovqat mahsulotlari ombor mudiri yoki omborchi tomonidan hamshira yoki navbatchi tarbiyachi ishtirokida ish kuni yakunlangunga qadar oshxonaga beriladi;

-taomnoma bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o‘rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda ikki nusxada tuziladi;

-joriy kunda ertalab soat 9.00 ga qadar maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan tarbiyalanuvchilar soni taomnomada nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar sonidan 10 nafar va undan ko‘p bo‘lsa, guruh tarbiyachilarining tarbiyalanuvchilar soni to‘g‘risidagi bildirishnomalari asosida taomnomaga o‘zgartirish kiritilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarida belgilangan tartibda mahsulotlar omborga qaytariladi yoki qo‘shimcha ajratiladi;

-taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida to‘g‘ri tuzilganligi hamshira va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi;

-taomnomaning bitta nusxasi hamshiraga, ikkinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi;

kunlik tayyorlanadigan taom turlari va bir tarbiyalanuvchi uchun taom miqdori maxsus ovqat tarqatish joyiga yozib qo‘yiladi;

-tarbiyalanuvchilar uchun taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi.



Kunlik taomnomalar tuzishda bir nafar tarbiyalanuvchiga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida belgilanishi talab etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar uchun taomnoma alohida tuziladi va muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun har o‘n kunlik taomnomalar blankalari ip o‘tkazib bog‘langan holda oldindan raqamlanadi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri va bosh hisobchi tomonidan raqamlanib imzolanadi, muhrlanadi va alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha brakeraj komissiyasi (keyingi o‘rinlarda brakeraj komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirining brakeraj komissiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yil uchun alohida qabul qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo‘lib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, muassasa kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi) vakillari a’zo sifatida kiritiladi. Brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda o‘rganib boradi. O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan, brakeraj daftarida qayd etiladi. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi. Brakeraj komissiyasi a’zolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishining doimiy monitoringi olib boriladi. Brakeraj daftari tikilgan, raqamlangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi shart. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi, daftar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash maqsadida sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari muassasa hamshirasi tomonidan yuritiladi.Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqti, maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilingan vaqti va oxirgi ishlatish muddati haqidagi ma’lumotlar qayd etib boriladi. Daftar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. Daftarning birinchi sahifasida tez buziluvchi mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarining yuritilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri va hamshira bevosita mas’ul hisoblanadi. Oshxonada tayyor bo‘lgan taom tarbiyalanuvchilarga tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin undan maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi. Olingan sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovutgich yoki boshqa sinama sifatiga ta’sir qilmaydigan sharoitda to‘liq bir sutka saqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga ta’minotchi korxonalar tomonidan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin muassasaning ombor mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishda brakeraj komissiyasi a’zolari tomonidan mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi. Omborxonaga keltirilgan va kunlik taomnoma asosida oshxonaga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftariga yozib qo‘yiladi. Daftarning yuritilishi uchun ombor mudiri bevosita mas’ul hisoblanadi.5

Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida omborxonaga keltirilgan va oshxonaga topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari nomma-nom yozib boriladi. Bunda har bir oziq-ovqat mahsuloti uchun alohida varaq yuritiladi. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldig‘i har kuni belgilab boriladi. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri tomonidan, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga nisbatan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi oyma-oy tahlil qilib boriladi hamda choraklik tahlil natijalari chorak yakunlanganidan keyingi oyning 5-kuniga qadar maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlariga topshiriladi. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan muassasalarda tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 10-kuniga qadar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalariga va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 15-kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotlarni chorak

_____________________________
Sh.Sodikova Maktabgacha pedagogika T. Fan va texnologiya, 2012y

yakunlanganidan keyingi oyning 25-kuniga qadar o‘rganib chiqiladi, o‘rganish natijasida aniqlangan kamchilik va muammolarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari ko‘riladi.




Download 75,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish